5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
Onkologiyada shoshilinch holatlarning sabablari:
Obstruktiv buzilishlar Metabolik va gormonal buzilishlar O’smaga qarshi terapiya asoratlari Yuqori kovak vena sindromi 179 Yuqori kovak vena sindromi bosh, bo’yin va qo’llardan venoz oqim buzilishi natijasida rivojlanadi. 90% dan ortiq hollarda yomon sifatli o’sma bu sindromning sababi bo’ladi. Bunaqa o’smalarning 85% o’pka saratoniga to’g’ri keladi, asosan bular o’pkaning kichik hujayrali saratoni yoki yassi hujayrali o’pka saratonidir. Kamroq sabab bo’lib limfomalar, limfogranulematoz va boshqa o’smalarning ko’ks oralig’iga metastazlari, xususan moyak va sut bezi saratoni o’smalari hisoblanadi. Boshqa sabablarga yaxshi sifatli o’smalar, aorta anevrizmasi, qalqonsimon bez kattalashishi, yuqori kovak vena trombozi, gistoplazmoz yoki nur terapiya oqibatidagi fibroz mediastenit kiradi. Yuqori kovak vena sindromining asosiy belgilari - bo’yin shishi, yuz shishi (ayniqsa qovoqlar shishi), yo’tal, hansirash. Shuningdek ovoz bo’g’iqlashishi, til kattalashishi, bosh og’rigi, burun bitishi, burundan qon ketishi, qon tuflash, disfagiya, ko’krak qafasida og’riq, hushidan ketish, uyquchanlik bo’lishi mumkin. Oldinga egilganda va yotganda simptomlar kuchayadi. Fizikal tekshiruvlarda bo’yin venalarining, ko’krakning teri osti venalari kollaterallarining shishi, sianoz, yuz shishi, ko’krak qafasi shishi va qo’llar shishi aniqlanadi. Og’ir kechganda ekzoftal'm, til shishi, halqum shishi, es-hushi buzilishlari paydo bo’ladi. Yuqori kovak venani toq venani quyiladigan joyidan yuqori joyidagi obstruksiyasida simptomatika kam ifodalangan bo’ladi. Simptomatikaning tezda rivojlanishi yomon sifatli o’smalar uchun xarakterli, yaxshi sifatli o’smalar sabab bo’lganda klinik ko’rinish asta-sekin rivojlanadi (venoz katetrga bog’liq yuqori kovak vena trombozidan tashqari). Bu diagnoz klinik hisoblanadi. Eng ahamiyatli rentgenologik belgi bu - ko’ks oralig’i odatda o’ngga suriladi. Plevral suyuqlik ko’proq o’ng tomonda bemorlarning to’rtdan birida kuzatiladi. Ko’pincha ko’krak rentgengrammasida hech qanaqa o’zgarishlar topilmaydi. KT - ko’ks oralig’i a'zolarini ko’rish uchun eng ishonchli metod hisoblanadi. Markaziy venalarning bo’lmasligi yoki kuchsizlanishi va venoz 180 kollaterallar tutamining rivojlanganligi diagnostik ahamiyatiga ega. MRT KT ga nisbatan hech qanday ustunlikka ega emas. Yetarlicha malaka bo’lsa, qon ketish qavfi bo’lmasa invaziv metodlardan ham foydalansa bo’ladi - bronxoskopiya, teri orqali aspiratsion biopsiya, mediastinoskopiya. Zarur bo’lsa torakotomiya amalga oshiriladi. Agar onkologik kasallik diagnozi aniqlangan bo’lsa ko’krak qafasi KT sidan keyin birdaniga davolashga kirishiladi. Boshqa bemorlarni sindromning yaxshi sifatli ekanligini inkor qilish maqsadida, shuningdek gistologik aniqlashtirish uchun obdon tekshiruv o’tkazish kerak. Biopsiya nur terapiya va glyukokortikoidlar buyurilishidan oldin qilinadi, chunki ayrim o’smalar, xususan limfomalar va limfogranulematoz davolashga sezuvchandir. Kechiktirilgan biopsiya diagnozni aniqlashtirishni imkonini bermaydi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling