5-semestr 1-Mavzu: turmush madaniyati va turmush tarzi. Sharqda turmush madaniyati haqidagi qarashlarning tadrijiy rivojlanishi. Reja
Turmush tarzi va turmush madaniyati tushunchalarining o’zaro aloqadorligi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2. Turmush tarzi va turmush madaniyati tushunchalarining o’zaro aloqadorligi. Turmush madaniyati va turmush tarzi kishilar hayotining kundalik amal qilish jarayonidir. Kishilar o„rtasidagi munosabatlar, turli an‟ana va urf-odatlar, mehnatga hamda jamiyatga, yashash qoidalariga munosabat turmushda o„z ifodasini topadi. Jamiyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida turmush madaniyati rivojlanib, o„zgarib boradi. Turmush kishilar hayotining asosiy sohalaridan biridir. Kishilar o„rtasidagi munosabatlar, turli an‟ana va urf-odatlar, mehnatga hamda jamiyatga, yashash qoidalariga munosabat turmushda o„z ifodasini topadi. Turmush madaniyati va turmush tarzi aynan bir xil tushunchalar emas. Avvalo “turmush madaniyati” tushunchasining mohiyatini pedagogik talqin etish zarur. Falsafiy-ilmiy manbalarda “turmush madaniyati tushunchasiga quyidagicha ta‟rif berilgan: “Turmush madaniyati – insoniyatning buyuk qadriyati. Insonning ijtimoiy va biologik ehtiyojlari, shaxs sifatida rivojlanishning muhim omilidir”. Adabiyotlar tahlili shuni ko„rsatadiki, mutaxassislar tomonidan “turmush madaniyati” tushunchasi borasida aniq bir to„xtamga kelinmagan. “Turmush madaniyati” keng qamrovli, murakkab va g„oyatda keng tushunchadir. U kishilarning hayot faoliyatlari ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohadagi faoliyatlarining barchasini, eng muhimi, ularning amaliyligini, ma‟lum bir ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, falsafiy, tibbiy va biologik qadriyatlar va ehtiyojlarning real hayotda aks etganligini o„z ichiga oladi. Turmush madaniyati negizida kishilarning ehtiyojlari, ularning maqsadlari va qadriyatlari tizimi yotadi, lekin ehtiyojlar har doim ham anglangan va “to„g„ri, yaxshi, ijobiy” ehtiyojlar bo„lavermaydi. Anglangan, shaxs va jamiyat manfaatlariga mos keladigan ehtiyojlargina turmush madaniyatini tashkil etishi mumkin. Turmush madaniyati – jamoat hayotining barcha sohalarida inson hayotiy faoliyatining aniq shakllari yig„indisidir. Ma‟lumki, faylasuflar, etnograflar, tarixchilar, sotsiologlar, psixologlar va pedagoglar tomonidan turmush madaniyati muammosining falsafiy jihatlari, ijtimoiy munosabatlardagi o„rni, jamiyatga tarbiyaviy ta‟siri, aholi o„rtasida, ayniqsa yoshlardagi turmush madaniyatini yuksaltirish masalalariga bag„ishlangan qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Turmush madaniyati tarixan tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma‟naviy omillar bilan belgilanadigan kundalik hayot bo„lib, shu asosda rivojlangan munosabatlar, an‟analar va urf- odatlardan iboratdir. Tabiiy ravishda turmush tarzi insonning jamiyat muhitidagi hayotini, mehnat qilish, dam olishini o„z ichiga oladi. Uning tarkibiy qismlariga nafaqat ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarish faoliyati, balki ishlab chiqarishdan tashqari vaqtdagi ijtimoiy-madaniy faoliyati ham kiradi. Tibbiy va fiziologik faollik ham uning bir turidir. Tibbiy va fiziologik faoliyatning bosh maqsadi jismoniy va ma‟naviy sog„lom bo„lishga yo„naltirilgan. Turmushda odam turli xil salbiy taassurotlar, salbiy ta‟sirlar, nojo„ya holatlar va sharoitlarga tushib qolishi mumkin. Bularning oldini olish uchun aholining o„z salomatligiga bo„lgan adekvat va mutanosib munosabatlarini tarbiyalash va keng aholi qatlamlari, shu jumladan, yoshlar o„rtasida tibbiy bilimlarni targ„ib qilish taqozo etiladi. Turmush madaniyatida har bir xalqning uzoq asrlar davomida yaratgan ma‟naviy va moddiy boyliklari, yon-atrof, muhit va kelajak haqidagi tasavvurlari, milliy-etnik belgilari, mentaliteti, urf-odatlari, an‟analari hamda yashash usuli to„la aks etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda turmush madaniyati xalq, millat, etnosning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan hayot kechirish usullarining majmuidir. Turmush madaniyati inson hayoti va insoniyat mavjudligining, borligining asosiy belgisi sifatida qadim kishilik jamiyati bilan birga mavjudlik kasb etgan. Turmush madaniyatiga ega bo„lish har bir xalq, har bir millat, har bir inson, har bir shaxsning ongi, uning tafakkuri va dunyoqarashi, yashash tarzi bilan uzviy va bevosita bog„liq psixologik-axloqiy va ijtimoiy-tarixiy zarur xususiyat hisoblanadi. Turmush madaniyati kishilarning individual va ruhiy hayotiy faoliyati ko„rinishi bo„lib, u ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy-siyosiy faoliyat, muloqot dunyoqarashi, xulq-atvor, mehnat, maishiy dam olish kabi omillar ta‟sirida shakllanadi. Turmush madaniyati kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tizimida tutgan o„rni, ijtimoiy kuchlarning yetukligi, moddiy ishlab chiqarish vositalari taraqqiyoti, shuningdek, ularning tub ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirishga tatbiq etish, turmush madaniyati subyektining yutuqlarga erishish va ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadigan hayotiy faoliyatning aniq tarixiy jarayonidir. Turmush madaniyati: - tabiat, jamiyat va insonning o„zini-o„zi yaratuvchanlik qobiliyati; - moddiy va ma‟naviy ehtiyojlarni qondirish usuli; - kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyat sohasida va davlatni boshqarishda ishtirok etish shakli; - nazariy, empirik va qadriyatlarga – yo„nalish darajasidagi bilish faoliyati; - jamiyat va uning ijtimoiy tizimlari (xalq, sinf, oila, mahalla va boshqalar) doirasida amal qiladigan kishilar o„rtasidagi muloqotlarni o„z ichiga oladigan kommunikativ faoliyati hamdir. Bundan tashqari, turmush madaniyati insonning jismoniy va ma‟naviy rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyat hamdir. Sotsiolog olimlarning fikriga ko„ra, turmush madaniyati muayyan tarixiy ijtimoiy munosabatlarga mos keluvchi inson hayot faoliyatining individual yoki jamoaviy turi. Jamiyat hayotida shaxs turli sohalarga oid fikrlarga ega bo„ladi. Turmush madaniyati iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, tabiiy va boshqa sharoitlarga bog„liq holda shakllanadi hamda jamiyatning moddiy va ma‟naviy hayoti unsurlaridan tashkil topgan yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo„ladi. Turmush madaniyati muayyan ijtimoiy qurilmani tavsiflaydi va bu jamiyatda individ qanday yashayotganini, u inson o„z “men”i rivojlanishi va takomillashishi uchun nima qilayotganini, uning ehtiyojlari, manfaatlari va ijodiy imkoniyatlari amalga oshayotganini ko„rsatadi. Turmush madaniyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mafkura va madaniyat, atrof-muhitning insonga ta‟siri natijasida shakllanadi hamda jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol ta‟sir etadi. Birgalikdagi faoliyat usullari, ijtimoiy jamoaviy munosabatlar va kishilar o„rtasidagi aloqa, muloqot va xulq-atvorlarning ustuvor shakli, muloqotning maqsad va vazifalari, faoliyatning manfaatlari turmush madaniyatining xarakterini belgilaydi. U yoki bu millat, elat va e‟tiqodga (dinga) taalluqlilik turmush madaniyatiga o„ziga xoslik bag„ishlaydi. E‟tiqod va ishonch nuqtai nazaridan buddaviylar, xristianlar, musulmonlar va boshqalarning turmush madaniyati bir-biridan farqlanadi. Turmush madaniyati shahar, qishloq, yoshlar, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, talabalar turmush madaniyati kabilarga ajratiladi. So„nggi yillarda jamiyat rivoji, uning zamonaviy holati, globalizatsiya sharoiti, jamiyat hayotiga bo„lgan turli tahdidlar, ilmiy-texnik va texnologik taraqqiyot, ijtimoiy transformatsiya jarayonlarining ilmiy-nazariy anglanishi natijasida turmush madaniyati tushunchasi yangicha mazmunga ega bo„lib “sog„lomlik” tushunchasi bilan birgalikda ishlatila boshlandi. “Sog„lomlik” tushunchasi sog„liq, salomatlik ma‟nosida bo„lib, aqlning sog„lomligi, o„zining sog„lomligiga nisbatan ham keng qo„llaniladi. Bu tushunchalar insonning turmush madaniyati, uning ma‟naviy, mafkuraviy, psixologik, emotsional, tibbiy va ruhiy holati bilan bog„liq holda qo„llanila boshlandi va “turmush madaniyati” tushunchasi paydo bo„ldi. “Turmush madaniyati” va “salomatlik” tushunchalarining o„zaro bog„liqligi “turmush madaniyati” tushunchasini keltirib chiqaradi. Tibbiyot ensiklopediyasida keltirilgan ta‟rifga ko„ra: turmush madaniyati – kishilar hayotiy faoliyatining aniq turi haqidagi tasavvurlarni muvofiqlashtiruvchi muhim ijtimoiy kategoriyalardan biri. Turmush madaniyati ma‟lum jamiyatning tavsifi hamda unda kechayotgan ko„plab ijtimoiy jarayonlar mohiyatini yoritib beradi. Turmush madaniyati va aholi salomatligini saqlash o„rtasida o„zaro aloqadorlik mavjud. Shu bois, “turmush madaniyati” tushunchasi turmush madaniyati va aholi salomatligini saqlashga yo„naltirilgan faoliyat o„rtasidagi o„zaro aloqadorlikning mujassam ifodasi sifatida qo„llaniladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling