5-semestr 1-Mavzu: turmush madaniyati va turmush tarzi. Sharqda turmush madaniyati haqidagi qarashlarning tadrijiy rivojlanishi. Reja
“Avesto”da turmush madaniyatiga oid fikrlar.Sog’lom turmush tarzini
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2.“Avesto”da turmush madaniyatiga oid fikrlar.Sog’lom turmush tarzini
shakllantirish masalalari. Turon zamin (Xorazm, Baqtriya, Sug„diyona, Farg„ona)da bundan taxminan 3000 yil avval shakllangan va qaror topgan zardushtiylik dinining asosiy kitobi hisoblangan “Avesto” (Abisto)da yaxshilik, insonparvarlik, axloq-odob, yurish-turish, saranjom-sarishtalik, poklik, soflik va tozalik, o„simlik va daraxt ko„kartirish beqiyos darajada ulug„lanadi. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o„lkada buyuk davlat, buyuk ma‟naviyat, buyuk madaniyat bo„lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi. “Avesto” umuman koinot va zamin, inson va hayot, o„lim va abadiyat singari butun insoniyatga mushtarak jumboqlar, gunohlar va saboqlar haqida hikoya qiladi. “Avesto”da dunyoning yaratilishi, insonning xalq bo„lib kamol topishi, ezgulik uchun yovuz kuchlar bilan kurashishi, erkinlik, ijodkorlik va bunyodkorlik yo„lidagi orzulari o„z ifodasini topgan. “Avesto” faqat odamni emas, balki bir hovuch tuproq, bir qultum suv, bir nafaslik havoning ham muqaddas ekanligi haqidagi kitob. “Avesto” yerning daryolaru-bog„lar, cho„lu-sahrolar, otu-tuyalar uyumi, molu-itlar, o„simligu- giyohlar, shahar va manzilgohlarning bunyod etish tarixiga doir asar. "Avesto" nasroniyni haqiqiy nasroniy, musulmonni haqiqiy musulmon etib tarbiyalaydigan kitob. U ko„rning ko„zini, qarning qulog„ini ochadi, zanglagan ko„ngillarni iymon suvi ila yuvadi, umidsiz bandalarga abadiyat chirog„ini tutqazadi. Qisqasi, hayot va oxirat ma‟nosini odamlarga tushuntiradi. Zardushtiylarda tabiat muhofazasi va muhit tozaligini saqlash, turli kasalliklarning oldini olish maqsadida sanitariya-gigiyena qoidalari amalga oshirilgan, ahlatlarni bekitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh bilan ko„mib tashlash; olov, issiqlik va sovuqlik yo„li bilan kiyim-kechaklar va oziq-ovqatlarni zararsizlantirish, sirka, sharob, turli giyohlar tutatishni tavsiya kilgan. Hozir ham o„zbeklarda isiriq, hindlarda sandal tutatish mikroblarni zararsizlantirish vositasi sifatida ishlatiladi. Barcha ifloslik va kasallik, chang va zang, xiyonat va isqirtlik, chirk va churuk, so„ligan va qurigan narsalarga qarshi kurashilgan. Bu jarayonda suvga bo„lgan munosabat alohida ajralib turadi. Toza suv bilan bog„liq ko„l, quduq va buloqlarga har qanday nopok narsalar yaqinlashmasligi kerak. Olovga ham xuddi shunday ayricha munosabat bo„lgan. Olovga toza, quruq o„tin tashlash bilan birga axlatlarni yoqish man etilgan. Iloji boricha chiqindi chiqarmaslik va narsalarning buzilib, yomon hid taratishining oldini olish uchun ularni avval alohida ajratilgan joylarda saklagan va yoqib yuborilgan. Xalqimiz o„rtasida "Avesto" chorlagan va yo„llagan axloq va odob mezonlari, yashash tartibi, qoidasi va intizomi arablar istilosigacha davom etib keldi. Arablar istilosidan keyin ham ularning ayrimlari va eng muhimlari saklanib qoldi. Arablar o„zlari bilan islom dini, arab yozuvi, fani, madaniyati va turmush madaniyatini olib keldilar. Sharqshunos olimlarning fikriga ko„ra islom dinining muqaddas kitobi hisoblangan Qur‟oni karimda ham '"Avesto" targ„ib etgan, shakllantirishga da‟vat qilgan turmush madaniyatining ayrim aqidalari asos qilib olingan. Bir so„z bilan aytganda, islom dini zardushtiylikning ayrim odatlarini, targ„ib qoidalarini saqlab qoldi va rivojlantirdi. Har ikkala dinda ham insonparvarlik, yaxshilik, muruvvat ko„rsatish, o„zini pok va sof tutish, mehnat qilish, o„zganing haqiga ko„z olaytirmaslik, xayrixohlik, gunoh ishga qo„l urmaslik ulug„lanadi va aksincha hollarda esa do„zax jazosi mavjudligi bilan yaratilgan banda ogohlantiriladi. "Avesto"da kasalliklarning oldini olishga katga e‟tibor berilgan. "Kasallik senga tegmasdan burun uni yulib ol" deyiladi unda. "Avesto" gigiyenik qoidalarga qat‟iy rioya qilishni tavsiya etadi. Uyni, oshxonani, uxlash uchun zarur jihozlarni toza tutish, uy hayvonlarini tozalikda saqlash lozim deb uqtiradi. "Avesto" inson o„z tanasi tozaligini saqlashni, chirishning har qanday turlaridan uzoqda bo„lishni tavsiya qiladi. Turmush madaniyatini shakllantirish, inson salomatligini saqlash va mustahkamlash borasida “Avesto”da berilgan maslahatlar orasida axlatlar, odamning o„z tanasi chiqindilari, murdalardan yiroqroq bo„lish haqidagi ko„rsatmalar bor. Inson chiqarayotgan nafasning zararli ekanligi haqidagi fikr ham qiziqarli va bahstalabdir. Chunki, hali kislorod va karbonat angidrid rasman kashf qilinmasidan, bu haqda tabobat o„z nuqtai nazarini bayon qilmasidan bir necha ming yillar oldin o„rtaga tashlangan bu fikr fan nazarida ham qimmatlidir. “Avesto”da inson kasallanishining bosh sabablaridan biri sifatida ovqatlanish tartibining buzilishi ko„rsatiladi. Ya‟ni vaqtida ovqatlanmaslik, ko„p och yurish yoki haddan tashqari ko„p ovqat iste‟mol qilishdan turli xastaliklar – oshqozon-ichak, yurak-asab, qon-tomir kasalliklari paydo bo„ladi, deyiladi. Me‟yorida ovqatlanib, sog„lom turmush kechiradigan va muayyan maqsad bilan harakat qilayotgan kishi tanasida qon aylanish yaxshilanadi, natijada tana sog„lig„i mustahkamlanadi. “Sog„lom tanda - sog„lom fikr” deganlaridek, mehnatsevar va sog„lom kishida nosoz, buzg„unchi fikrlar ham bo„lmaydi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling