11. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Temurning o‘g‘li Shohruxning o‘limini kim hikoya qilib beradi? – Mirsaid Kobuliy.
12. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Alisher Navoiy Yazd cho‘lidagi Taft qishlog‘ida kim bilan ko‘rishadi? – “Zafarnoma” asarining muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan.
13. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Alisher cho‘lda adashib qolganda yo‘lni qanday topadi? – Alisher otasidan Iroq viloyati kunbotish tomonda, Hirot – kunchiqishda, degan gapni eshitgan edi.
14. “Karvon yo‘llarida” asari muallifi kim? – Mirkarim Osim.
Oybek hayoti va ijodi
1. Oybekning to‘liq ismi-sharifi kim? – Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek.
2. Oybek qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrining bo‘zchi oilasida.
3. Oybek ijodini nimada boshlagan? – She’rlar yozish bilan.
4. Oybekning dastlabki to‘plamining nomi nima? – “Tuyg‘ular” to‘plami, 1926-yilda chop qilingan.
5. Oybekning she’riy dostonlari qaysilar? – “Dilbar – davr qizi”, “O‘ch”, “Baxtigul va Sog‘indiq”.
6. Oybekning romanlari qaysilar? – “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, “Quyosh qoraymas” romanlari.
7. Oybekning hikoyalari qaysilar? – “Fanorchi ota”, “Musicha”, “Singan umid”, “Tillatopar”, “Gulnor opa” hikoyalari.
8. Oybekning 30-yillarida yozilgan hikoyasi qaysi? – “Fanorchi ota” hikoyasi. NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
15
“Fanorchi ota”, “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyalari
1. “Fanorchi ota” hikoyasida fanor qayerga ilingan edi? – Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga.
2. “Fanorchi ota” hikoyasida eng qo‘rqmaydigani, eng battoli kim edi? – Qosim cho‘loq.
3. “Fanorchi ota” hikoyasida “Kim endi sindirsa, shuni tutib beramiz otamga” – deydigan obraz qaysi? – Ahmad.
Do'stlaringiz bilan baham: |