5-sinf Adabiyot xalq og'zaki ijodi maqol va topishmoqlar «Otalar so'zi»


Download 61.68 Kb.
bet15/20
Sana07.01.2023
Hajmi61.68 Kb.
#1083618
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
5-SINF ADABIYOT SAVOL-JAVOB TAYYOR (2)

ALISHER NAVOIY (1441 - 1501)
1.Alisher Navoiy tarixchi olim Sharafiddin AliYazdiy bilan uchrashganda necha yoshda edi?
2.Alisher Navoiy necha yoshida Lutfiy nazariga tushgan?
3.«Hayrat ul-abror»ning nechanchi maqolati to'g'rilik haqida?
4.«Hayrat ul-abror» dostoni necha maqolatdan iborat?
5.«Hayrat ul-abror»da Navoiy to'g'rilik yo'lining necha xil turini ko'rsatadi?
6.«Hayrat ul-abror»da Navoiy qanday toifali odamlarning ishini to'la ma’qullaydi?
7.«Hayrat ul-abror»da Navoiy kimlarni «yomon emas» dey­di?
8.«Hayrat ul-abror»da Navoiy egrilik va to'g'rilikning isboti uchun kimlarning ishini misol qilib keltiradi?
9.To'qson yoshli Mavlono Lutfiy yosh Alisherning qaysi she’rini eshitib hayratga tushib, qoyil qolgan?
10.«Sher bilan durroj» hikoyasidagi durroj so'zining ma’nosi nima?
11.Navoiy qo’li egrining qo'lini xalq kesib to'g'ri qilishi haqida qaysi maqolatida bayon etadi?
12.Qaysi maqolat «Harkim o'ziga to'g'rilikni odat qilgan bo'lsa charxning teskari aylangani biian uning nima ishi bor?! O'qning uchishi to'g'ri bo'lgandan so'ng yerning egriligining unga nima ziyoni bor?!» degan purma’no fikriar bilan boshlanadi?
13.«Sham o'z to'g'riligi bilan xursand; boshdan oyoq kuysa ham, и nurga aylanadi. Yashin egrilikni odat qilgan bo'lib, hamma yoqni yoritsa-da, yerning ostiga kiradi». Ushbu fikriar qaysi maqolatdan olingan?
14.«Sher bilan durroj» hikoyasida sherning bolasi har safar tug’ilganida qanday tarzda halok bo'lardi?
15.Sher nima uchun durroj biian do'st tutinishga majbur bo'ladi?


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483 - 1530)
1.Boburning bizgacha yetib kelgan she’rlarining hajmi qancha?
2.Boburning bizgacha nechta devoni yetib kelgan?
3.«Beqaydmenu xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen» misralaridagi «beqayd» so'zining ma’nosini toping.
4. «Beqaydmenu xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen» misralaridagi «laim» so'zining ma’nosini toping.
5.«O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi» misralaridagi «Hind» so'zining ma’nosini toping.
6.«Xush ulki, ko'zum tushtisening ko'zungga, Bevosita holimni desam o'zungga. Bermay so zuma javob achchig‘lanasen, Qilding meni muhtoj chuchuk so'zungga» misralarining janri va muallifini toping.
7.«Yo qahr-u g'azab birla meni tufroq qil! Yo bahri inoyatingga mustag'roq qil! Yo rab, sendadur yuzum qaro gar oq qil, Har nav’ sening rizong erur andoq qil!» misralarining janri va muallifini toping.
8.«Sen gulse n-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu’lasen, иl shulag'a men kuldurmen. Nisbat yo'qtur, deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale senga quldurmen» misralarining janri va muallifini toping.
9.«Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu’lasen, ul shu’lag'a men kuldurmen.Nisbat yo'qtur, deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale senga quldurmen» misralaridagi «ijtinob» so'zining ma’nosini toping.
10.«Ko'pdin berikim yor-u diyorim yo'qtur, Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo'qtur. Keldim bu sori o'z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo'qtur» misralarining muallifi va janrini toping.
11.«Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur, Ko'zdin uchadur uyqu chu oqshom bo'ladur. Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek, Borg'on sori bu ortadur, ul kam bo'ladur» misralarining muallifi va janrini toping.
12.Bobur necha yoshida Farg'ona hokimligini qo'lga oladi?
13.Bobur Samarqandni zabt etganda necha yoshda edi?
14.Boburning bizgacha yetib kelgan merosida nechta she’rlari bor va ularning nechtasi ruboiy janrida?
15.Boburning «Hajringda bu tun ko'ngulda qayg'u erdi» deb boshlanuvchi ruboiysi kim yoki nima haqida? 16.Boburning qaysi ruboiysida Vatandan yiroq bo'lganlik, unga intilib yeta olmaslik fojeasi hazil-mutoyiba bilan beriladi?
17.Ruboiylaridan birida kecha qorong'i, yo'l balchiq bo'lganligi sababli уor vasliga yeta olmagan oshiq, kechaning qorong'iligiga sabab o'zining «oh» va «tutun»i bo'lsa, yo'lning balchiqligiga sabab esa shu qadar ko'p ko'z yoshi to'kib, balchiq qilib yuborganligida deya betakror o'xshatish va timsol yaratgan shoir kirn?
18. «Hijron qafasida jon qushi dam qiladur, G'urbat bu aziz umrni kam qiladur. Ne nav bitay firoq-u g'urbat sharhin, Kim ko'z yoshi nomaning yuzin nam qiladur» misralarining muallifi va jan­rini toping.
19.«Dushmanki, bu dahr zabardast qilur, Naxvat mayidin bir necha kип mast qilur. G'am yemaki, yetkursa boshini ko'kka, Oxir yana yer kibi oni past qilur» misralarining muallifi va janrini toping.
20.«Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz! Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz! Chun gardishi charx bu durur, Tangri uchun, Bir-biri necha kип g'animat tutungiz!» misralarining muallifi va janrini toping.
21.« Kim bor anga ilm tolibi - ilm kerak. О'rgangani ilm tolibi ilm kerak! Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo'q, Men bormen ilm tolibi - ilm kerak!» misralarining muallifi va janrini toping.
22.«Har yerda gul bo'lsa - tikon bo'lsa, ne tong?! Har qandaki may durdidan bo'lsa, ne tong?! She’rimda agar hazil, agar jid, kechurung, Yaxshi borida agar yomon bo'lsa, ne tong?!» mis­ralarining muallifi va janrini toping.
23.«By yor, sening vaslingga yetmak mushkil, Farxunda hadisingni eshitmak mushkil. Ishqingni dog'i bir taraf etmak mush­kil, Boshni olibon bir sari ketmak mushkil» misralarining muallifi va janrini toping.

Download 61.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling