5-sinf Adabiyot xalq og'zaki ijodi maqol va topishmoqlar «Otalar so'zi»
Download 61.68 Kb.
|
5-SINF ADABIYOT SAVOL-JAVOB TAYYOR (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SA’DIY SHEROZIY (1189 - 1292)
SAYOHATNOMA HAQIDA TUSHUNCHA
1.O'zida sayohat xotiralari va ular bilan bog'liq tafsilotlarni aks ettiradigan sayohatnomalar qanday yo'lda yaratilgan? 2.Sayohatnomalarning dastlabki namunalari qaysi shoirlar ijodida uchraydi? 3.O'zbek adabiyotida sayohatnoma janrining alohida poetik shaklda tartib toptirgan shoir kim? 4.Sayohatnoma yozgan shoirlarni aniqlang. 5.Sayohatnomaning ichki tuzilishiga xos bo'lgan xususiyatni toping. 6.O'zbek adabiyotida mukammal ko'rinish olgan, adabiy an’anaga aylangan «Sayohatnoma» janrining asoschisi deya kimni ko'rsatish mumkin? SA’DIY SHEROZIY (1189 - 1292) 1.Sa'diy Sheroziy nomini butun jahonga tanitgan asarlari qaysi? 2.Sa’diy Sheroziy qaysi asarida bir suhbatda shahaming qimmatbaho kiyimlarga burkangan kazo-kazolari yecholmagan masalani poygakda o'tirgan yirtiq kiyimli darvesh yechib berganini va o'sha darvesh mening o'zim edim deb yozadi? 3.«Qorning to'q esa, arpa noni yaxshi ko'rinmas, Gar och esang, oy qursi kabi xo'b erur va sof» misralari qaysi asardan olingan? 4.Bir podshoh kema safariga chiqadi. Kemadagi bir ajamiy qul kemaga 1-marta chiqqani uchun yig'layverib hammani bezorqilib yuboradi. Shunda tabib u qulning burnini suvga tiqishni maslahat beradi. Burnigacha suvga botgan qul shundan so'ng, bir burchakda indamay ketadi. Buning sababini so'ragan shohga tabib qanday javob beradi? 5.«Bo ston» asari qachon o'zbekchaga o'girilgan? 6.Sa’diyning qaysi asaridagi bir hikoyatdan yomon xotin davosiz dard, hayosiz dushman kabidir degan xulosa chiqadi? 7. «Guliston» asarida qaysi shoh buloq boshiga «Ko'plar ham bu chashma boshiga yetdi, suv ichdi, dunyodan ko'z yumib ketdi. Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go'rga o'zi ketdi, olgani qoldi» degan so'zlarni yozdirgan? 8.«Biyobonda quduq qazolmasang boq, Qabristonga kirib bitta chiroqyoq» misralari qaysi asardan olingan? 9.«Ustiga kitob ortilgan eshak, Na olim va na donodir beshak» misralari qaysi asardan olingan? 10.«Ey sorbon, ohista ron oromi jonam meravad - Ey sorbon, ohista yur, oromijonim ketmoqda» deb boshlanuvchi g'azal muallifi kim? 11.Fransuz Volter, nemis Gyote o‘z asarlarida qaysi shoirning she’rlariga murojaat qilgan? 12.«Bo'ston» asari qachon yaratilgan? 13.«Guliston» asari qachon yozilgan? 14.«Guliston» asarida hunar o'rganmoqning foydasi haqida nima deyiladi? 15.Damashq shahrida bir kishini faranglar qo'lidan tanishi ozod qiladi va Halabga olib borib, xunuk va badfe’l qizini 100 tilla berib unga nikohlaydi. Bunday xotin bilan yashash unga do'zax olovida yonmoqdan ham battarroq tuyuladi. Xotin eriga: «Seni otam o'n tillo berib farang asirligidan qutqazib olmaganmidi?!» deb ta’na qildi. Er dedi: «Ha, men o'sha otang o'n tillo berib farang asirligidan qutqarib olgan, lekin yuz tillo bilan sening qo'lingga tutqazib, jabr-u sitam zanjirini bo'ynimga solgan kishiman». Bu parcha qaysi asrdan olingan? 16.«Fildek zo‘r bo‘lsang-u, sherdek urushqoq, Nazdimda, jangdan sulh ming bor afzalroq» hikmatli so'zi kimniki? 17.«Ta’bi aybjo'ylik bo'lsa agar bas, Tovus oyog'idan boshqasin ko'rmas» satriarining ma'nosini toping. Download 61.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling