5 –sinf savol javob


To`qima deb nimaga aytiladi?:-Bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig‘indisi to‘qima deyiladi. 75


Download 90.1 Kb.
bet7/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

74. To`qima deb nimaga aytiladi?:-Bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig‘indisi to‘qima deyiladi.
75.Yaxlit organizm qanday hosil bo`ladi bunga misol keltiring?:-To‘qimalar birlashib organlarni, organlar esa organizmni hosil qiladi. Masalan, zarang daraxti yaxlit organizm, unda ildiz, poya, barg singari organlar mavjud. Barg qoplovchi, o‘tkazuvchi, mexanik va asosiy to‘qimalardan iborat bo`lib asosiy to‘qimaga ustunsimon va bulutsimon hujayralar kiradi.
76. Piyoz po‘sti hujayrasining tuzilishini mikroskopda o‘rganish uchun kerakli jihozlarga nimalar kiradi?:- buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, skalpel, pinset, pipetka, mikroskop, filtr qog‘oz, yod eritmasi, piyoz.
77.Piyoz po‘stidan preparat tayyorlashdagi ishning bajarish tartibi qanday?:- 1. Piyozni skalpel yordamida to‘rtga bo‘ling 2.Tozalab artilgan buyum oynasiga pipetka yordamida bir tomchi suv tomizing. 3. Pinset yordamida kesilgan piyozning yupqa po‘stini ajratib oling. 4. Piyozning yupqa po‘stini buyum oynasidagi bir tomchi suv ustiga tekis qilib joylashtiring va ustiga bir tomchi yod eritmasi tomizing. 5. Qoplag‘ich oyna bilan yopib, ortiqcha suvni filtr qog‘ozga shimdiring. 6. Dastlab mikroskopning kichik obyektivida, keyin katta obyektivida kuzating . 7. Mikroskop ostida ko‘ringan tasvirni daftaringizga chizing va xulosa yozing.
78.Piyoz po`stidan tayyorlangan pereparatni mikroskopning kichik obektivida qaralganda nima ko`rinadi?:- zich joylashgan silindrsimon piyoz hujayralari ko‘rinadi.
79.Piyoz po`stidan tayyorlangan pereparatni mikroskopning katta obyektiviga o‘tkazilib qaralganda nima ko`rinadi?:- hujayra sitoplazmasi, vakuolasi, yadrosini kuzatish mumkin.
80.O`simlik hujayralari tashqi tomondan nima bilan o`raglan?:- sellyuloza qobiq bilan o‘ralgan.
81.O`simlik hujayralaridagi moddalar bir hujayradan ikkinchi hujayraga qanday yo`llar bilan o`tadi?- Hujayra qobig‘idagi teshikchalar orqali suv va mineral moddalar hujayradan hujayraga o‘tkaziladi.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling