5 –sinf savol javob


Barcha tirik organizmlarga xos xususiyatlarga nimalar kiradi?:- oziqlanadi, nafas oladi, ko‘payadi, o‘sadi va rivojlanadi. 83


Download 90.1 Kb.
bet8/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

82. Barcha tirik organizmlarga xos xususiyatlarga nimalar kiradi?:- oziqlanadi, nafas oladi, ko‘payadi, o‘sadi va rivojlanadi. 83.Barcha tirik organizmlar biri biridan nimalari bilan farqlanadi?:- prokariot va eukariot hujayradan tuzilganligi, hujayrasining katta-kichikligi, avtotrof va geterotrof oziqlanishi va boshqa belgilariga ko‘ra farqlanadi.
84.Tirik organizmlar xilma-xil bo‘lib, ular qanday dunyolarga ajratiladi?:- bakteriyalar dunyosi, zambu rug‘lar dunyosi, o‘simliklar dunyosi va hayvonot dunyosiga bo‘linadi.
85.Bakteriyalar dunyosiga ta`rif bering?;- asosan, geterotrof oziqlanuvchi prokariot organizmlardan iborat bo`lib ularni faqat mikroskop yordamida o‘rganish mumkin. Ular doimiy ravishda atrofimizda mavjud, lekin juda kichik bo‘lganligi sababli ko‘zimizga ko‘rinmaydi.
86.Bakteriyalarga misollar keltiring?;- sil tayoqchasi, achituvchi va chirituvchi bakteriyalar kiradi.
87.Zamburug‘lar dunyosiga ta`rif bering?:- erkin harakat qila olmaydigan eukariot organizmlar, geterotrof usulda oziqlanadi. Ingichka ipchalar – gifalar yordamida tuproqqa birikadi.
88.Zamburug‘lardagi spora qayerda yetiladi?:- maxsus boshoqchasida yoki qalpoqchasida yetiladi.
89. Zamburug`lar qanday xillari bor?:- mikroskopda ko‘rinadigan achitqi zamburug‘idan tortib, yirik qo‘ziqorinlargacha bo‘lgan organizmlarni o‘z ichiga oladi.
90.O‘simlik dunyosi nima deyiladi?:- flora deyiladi.
91.O‘simliklar qanday organizmlar?:-erkin harakatlana olmaydigan avtotrof usulda oziqlanadigan, eukariot organizmlar.
92. O`simliklarning ko‘pchilik vakillari nima xisobiga fotosintez qiladi?:-yashil xlorofill pigmenti hisobiga fotosintez qiladi. 93.Fotosintez nima?:- o‘simliklarning oziqlanish turi bo‘lib, bunda o‘simlik CO2 gazini yutib, atmosferaga O2 gazini ajratadi hamda organik moddalar ham hosil bo‘ladi.
94.Hayvonot dunyosi nmima deyiladi?:- fauna deyiladi.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling