5 –sinf savol javob


Sellyuloza qobiqning o`simlik hujayrasi uchun axamyati qanday?:- o‘simlikka mustahkamlik beradi va tayanch vazifasini bajaradi. 61


Download 90.1 Kb.
bet6/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

60.Sellyuloza qobiqning o`simlik hujayrasi uchun axamyati qanday?:- o‘simlikka mustahkamlik beradi va tayanch vazifasini bajaradi.
61.Plastidalarning necha xil turi mavjud ?:- ularning uch xil turi mavjud.
62.Xloroplast nima?:- faqat o‘simlik hujayrasiga xos organoid bo‘lib yashil rangli plastida xlorofillarga ega ushbu plastida yosh poya va barglarda uchraydi.
63.Xromoplast nima?:- faqat o‘simlik hujayrasiga xos organoid bo‘lib xar –hil rangli plastid ushbu plastida pigmentlar miqdoriga ko‘ra sariq, qizil, ko‘k bo‘lishi mumkin, gul va mevada uchraydi.
64.Leykoplast nima?:- faqat o‘simlik hujayrasiga xos organoid bo‘lib rangsiz yoki oq rangdagi plastida ushbu plastida ildiz va urug‘larda bo‘ladi.
65.Plastidalar bir-biriga aylanishi mumkinmi ushbu jarayonga misollar keltiring?:-plastidalar bir biriga aylanishi mumkin. Masalan, pomidor dastlab yashil rangda (xloroplast), asta-sekin oqaradi (leykoplast), keyin sarg‘ayib qizaradi (xromoplast). 66.O‘simlik hujayralariga xos belgilardan yana biri nima?:- hujayra shirasiga ega vakuolaning bo‘lishidir.
67.O`simlik hujayrasidagi vakuola bilan hayvon hujayrasidagi vakuolaning qanday farqi bor?:-Vakuola hayvon hujayrasida hazm qiluvchi vakuola, qisqaruvchi vakuola ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, lekin o‘simlikdagi vakuola singari kattalasha olmaydi.
68.O‘simlikning yosh hujayrasidagi vakuola bilan qari hujayrasidagi vakuolaning qanday farqi bor?:- O‘simlikning yosh hujayrasiga nisbatan qari hujayrasida vakuola yirik bo‘lishi bilan farqlanadi.
69. O`simlik hujayrasidagi vakuola tarkibida nimalar mavjud?:-70–95% suv va unda erigan mineral tuzlar, organik kislotalar, uglevodlar uchraydi.
70. O`simlik mevasining ta`mi nimaga bog`liq?:-Vakuolaning tarkibidagi hujayra shirasiga bog`liq bo`lib unga ko‘ra mevaning ta’mi har xil bo‘ladi. Agar hujayra shirasi tarkibida organik kislotalar ko‘p bo‘lsa, meva nordon, uglevod ko‘p bo‘lsa, meva shirin bo‘ladi.
71.Faqat hayvon hujayralari uchun xos belgilar qaysilar?:- hujayra qobig‘i yupqa bo‘ladi; qisqaruvchi, hazm qiluvchi vakuolasi mavjud bo`lib hayvonlardagi vakuolalar mayda bo‘ladi. Hayvon hujayralarida o‘simlik hujayralari kabi qo‘shimcha sellyuloza qobiq bo‘lmaydi.
72.Hujayralar qanday qilib to`qimani hosil qiladi?:-hujayralar maxsus o‘simtalar yordamida birikib sellyuloza qobiq xloroplast yirik vakuola yadro sitoplazma sitoplazmatik membrana to‘qima hosil qiladi.
73.Hayvonlardagi vakuolalar qanday vazifalarni bajaradi?:-Qisqaruvchi vakuolalar hujayradan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboradi, hazm qiluvchi vakuolalar esa hujayraga kirgan oziq moddalarni parchalab, hazm qiladi.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling