5 –sinf savol javob


Parazit bakteriyalar qanday xolda yashaydi?:- tirik organizm hisobiga yashab hayot kechiradi. 123


Download 90.1 Kb.
bet11/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

122.Parazit bakteriyalar qanday xolda yashaydi?:- tirik organizm hisobiga yashab hayot kechiradi.
123.Parazit bakteriyalar odamlarda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?:- sil, vabo, o‘lat, ichburug‘, qoqshol kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.
124.Yuqumli kasalliklarning yoppasiga tarqalishi nima deyiladi?:-epidemiya deyiladi.
125.Epidemiyaning oldini olish uchun qanday qanday choralar ko`riladi?:-karantin e’lon qilinadi, ya’ni odamlarning to‘planishi, bemor oldiga ko‘pchilikning kirib-chiqishi taqiqlanadi. Bemorning idishtovoqlari, sochig‘i alohida tutiladi va bakteriyalardan tozalovchi moddalar yordamida yuviladi.
126. Kasal bo‘lmaslik uchun nimalar qilish zarur?:-gigiyena qoidalariga rioya qilish, ovqatlanishdan oldin doimo qo‘lni sovunlab yuvish zarur.
127.Ayrim o‘simliklar bakteriyalarga qarshi nima ishlab chiqaradi va bunday o`simliklarga misollar keltiring?:-fitonsid modda ajratadi. Masalan, archa, terak o‘zidan ajratgan fitonsid modda bilan havoni zararli bakteriyalardan tozalaydi.
128.Insonlarning bakteriyalarga munosabati qanday?:- foydali bakteriyalardan amaliyotda foydalanadi, zararlilariga qarshi kurashadi.
129. Fransuz olimi Lui Paster qanday tajriba o`tkazgan va bu tajribani izohlab bering?:- Ikkita kolbada go‘sht qaynatib, birinchi idish og‘zini ochiq qoldirdi. Ikkinchi idishga «S» shaklidagi nay uladi. Uch kundan so‘ng birinchi idishdagi qaynatmaning aynib qolganligi, ikkinchi idishdagi qaynatmaning buzilmaganligini aniqladi. Chunki birinchi kolbaga havodagi mikroorganizmlarning ko`zga ko`rinmas uchib yuruvchi sporalari tushgan va sporalar uchun qulay muxit bo`lganligi uchun u yerda ular rivojlangan.Ikkinchi kolbadagi go`shtning aynib qolmasligiga sabab «S» shaklidagi nayda mikroorganizmlarning sporalari o`tirib qolib kolba ichiga kirmagan natijada go`sht aynimagan.
130. Sutdan qatiq tayyorlash jarayoni uchun nimalar kerak va bu ish qanday tartibda amalga oshiriladi?:-. Kerakli jihozlar. sut, qatiq, qalin sochiq, muzlatkich. Ishni bajarish tartibi. 1. Qo‘l kuymaydigan haroratda isitilgan sutni idishga solib, bir oshqoshiq qatiq qo‘shing. 2. Idishni sochiq bilan o‘rab qo‘ying. 3. Qatiq ivigach, muzlatkichga qo‘ying. 4. Tayyor bo‘lgan qatiqni piyolaga solib ichib ko‘ring. Izoh:sutga sut kislotali achish jarayonini ytuzaga keltiruvchi achituvchi bakteriyalar solinadi

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling