5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari


Download 1.39 Mb.
bet5/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari
Jamoa ovqatlanish joylarida, oziq-ovqat korxonalarida ishlovchi xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari juda ham zarur. Ularni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmasligi turli yuqumli kasalliklarni (qorin tifi, dizenteriya, tuberkulyoz, teri-tanosil), shuningdek, turli xil ovqatdan zaharlanishlami keltirib chiqaradi. Shuning uchun jamoa ovqatlanish korxonalari xodimlari ishga qabul qilinishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishlari va sanitar-gigiyenik bilimlami o'qib o'rganishi va imtihon topshirishi kerak. Jamoa ovqatlanish kor­xonalari xodimlari quyidagi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qi­lishlari shart:

  1. Ishga toza kiyimda va yuvingan holda kelishi.

  2. Timoqlar toza olingan bo'lishi va qo'lda taqinchoqlar bo'lmasligi.

  3. Ishga tushish oldidan qo'lni sovunlab toza yuvish, top-toza maxsus oq xalatni, fartukni kiyishi, sochlami bosh kiyim ostiga olishi.

  4. Shamollash alomatlari yoki yiringli yaralari, kuygan, kesilgan joylari bor bo'lsa ishga qo'yilmasligi.

  5. Hojatxonaga kirishdan oldin maxsus kiyimlar yechiladi va chiqgandan so'ng qo'lni sovunda tozalab yuvish.

OSHXONA JIHOZLARI
Taomlar maxsus xona—oshxonada tayyorlanadi. Oshxona tartibli jihozlanishi, unda sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi shart, ya'ni:

  1. xona jihozlarining saranjomligi va ozodaligmi ta'minlash;

  2. toza idishlarni shkafda yoki yopiq tokchada saqlash;

  3. chiqindilarni yig'ishtirib maxsus usti yopiq idishga
    solish va o'z vaqtida chiqarib tashlash kerak.

Idishlarni issiq suvga biroz iste'mol sodasi, gorchitsa va boshqa yuvish vositalari solib» tegishli moslamalar yordamida yuviladi. Bu vositalar idishlarni yaxshi tozalaydi.Og'zi tor idishlarning ichi maxsus cho'tkada yuviladi. Ruxlangan choynaklarning ichini esa iste'mol sodasi bilan qaynatib, so'ng yuviladi.





Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling