5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet14/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Yangi dars bayoni.
Tuxum mayin hushbo`y va mazali, to`yimli ovqat mahsuloti. Uning o`rtacha kimyoviy tartibi quyidagicha: 73.6 % suv, 12.8 % oqsil, 11.8 % yog`, 1.0 % uglevod, 0.8% mineral moddalarni tashkil qiladi. Bulardan tashqari tovuq tuxumida hayot uchun muhim hisoblangan almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalarning barcha kompleksi bor.
Tuxum juda to'yimli mahsulot bo'lib, uning tarkibida oqsil, mi­neral moddalardan kalsiy, fosfor, vitaminlar ko'p bo'ladi. Asosan sotuvga tovuq tuxumi chiqariladi. Tovuq tuxumining og'irligi 45-55 g oralig'ida bo'ladi.
Tuxum po'sti ichiga havo va mikroorganizmlar o'tishining natijasida tez buziladi. Yangi tuxum po'stlari xira bo'ladi. Eski tuxum po'stlari esa silliqlanib yaltirab qoladi. Po'st osti pardasi juda pishiq bo'ladi va tuxum oqligini saqlab turadi. Oqsil tuxumning asosiy qismi bo'lib yuqori to'yimli bo'ladi, organizmda to'liq va yengil hazm bo'ladi. Tuxumdan taom va mahsulotlar tayyorlashda uning sifati va saqlanish muddati muhim ahamiyatga ega. Yangi tuxumlar qaynatib va qovurib iste'mol qilish uchun, tortlarga krem va xamirini tayyorlash uchun hamda pishiriqlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Sovuqxonada ko'proq saqlangan tuxumlar esa xamir tayyorlashda, xamir mahsulotlari sirtiga surtishga ishlatiladi. Tuxumni ishlatishdan avval, albatta, sirti iliq suvda yuviladi.


Tuxumni qaynatib, qovurib taomlar, salatlar tayyorlash mumkin:
Tuxumni qaynatib pishirish usullari
Tuxumni uch xil usulda qaynatish mumkin:

  1. Tuxumni qaynoq suvga solib 3-5 daqiqa ilitiladi va bu tuxum xomligicha (yutiladi) iste'mol qilinadi.

  2. Tuxumni suvga solib 7-8 daqiqa davomida qaynatib «xaltacha» usulida pishiriladi, bunda tuxumning oqi pishib, sarig'i esa suyuq holda qoladi va u organizmda oson hazm bo`ladi. So'ngra tuxumni po'stlog'i oson ko'chishi uchun sovuq suvda sovutiladi.

  3. Tuxumni suvga solib 10-12 daqiqa qaynatsak, qattiq bo'lib pishadi va bu tuxumni salatlar, taomlar tayyorlashda ishlatiladi.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling