5-sinflar uchun Nazokatli bo`lish fazilati


Download 83.84 Kb.
bet9/10
Sana16.10.2023
Hajmi83.84 Kb.
#1704912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Matnlar to`plami-6

Yaxshilik va yomonlik

Qizil tanli keksa cholning uyi oldida ikki bo'ribosar it urishishar edi. Chol nabirasi bilan birga ularni tomosha qilib o'tirishardi. Itlardan biri oq, ikkinchisi esa qora edi. O'n ikki yoshli bolakay esini taniganidan beri shu ikki it bir-biri bilan olishishardi. Bola fikrlay oladigan yoshga yetganda, uning xayolida uyni qo'riqlashga bitta it yetarli-ku, nega bizda ikkita it bor. Nega ularning rangi biri oq, biri qora, degan savollar paydo bo'la boshlabdi.


Bir kuni bolakay bobosidan bu savollarga javob berishni so'radi. Bobosi unga:

  • Bu itlar menga ikki narsani ifodalaydi.

- Nimani ifodalaydi?
- Yaxshilik va yomonlikni. Yaxshilik bilan yomonlik shu itlar kabi ichimizda doimo kurashib turishadi. Ularni ko'rib men shuni o'ylayman. Shu sababli ham yonimdan ayirmayman.
Bola shu yerda bolalarcha fikrlab, kurash bor joyda g'olib ham bo'lishi kerak, degan o'yda bobosidan ularning qaysi biri g'olib chiqishini ham so'radi.
Bobo nabirasiga jilmayib: “Qaysi birini ko'proq boqsam, o'sha g'olib chiqadi”, -deb javob qaytaribdi.

Har narsaning boshi ilm
Ilm ko‘ngil ko‘zini ochadi, nodonlik va qorong‘ulikni yo‘qotadi, ulug‘ darajaga yetkazadi. Ilm olimlarning ziynati, odamlarning hurmati bo‘lib, bitmas-tuganmas davlatdir.
Ilmi ko‘p odamlarga ko‘ra ilmim oz deb uyalmang, balki bilish, o‘rganishga iltifot qilmasligingizdan, hafsalasizligingizdan uyaling. Mana bunisi aybdir.
Har vaqt ilm-hunarga muhabbat qo‘ying, o‘rgatilgan narsalarni yodingizdan chiqarmang, ilm -hunar o‘rganishga chin ixlos bilan kirishing, yoshligingizni bekorga o‘tkazmang.
Ilm-hunar o‘rganish ish bo‘lsa ham, yomon niyat bilan o‘rganilsa, go‘zalligi yo‘qoladi. Ilm o‘qib katta mansab egasi bo‘laman, molu-mulkim ko‘payadi degan niyat bilan ilmga kirishmang, bu niyatni ко’nglingizdan chiqaring, ilm o‘rganishdan maqsad mansab egallash, boylik orttirish emas, balki olim bo‘lib, jamiyatga manfaat etkazishdir. Buni esingizdan sira chiqarmang.
O‘qib olim bo‘lganingizda ilmingiz bilan maqtanib, boshqalarni ko‘zga ilmay mutakabbir bo‘lib yurmang, olim odam kamtar, muloyim, tavozeli bo‘ladi, ilmi bilan sira ham maqtanmaydi. Kecha-kunduz fikri-zikri xalqqa foyda yetkazish bo‘ladi.

Download 83.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling