5-t-ot-s-20-guruh talabasi usanov aliqulning O’zbekiston tarixi fanidan
Download 0.56 Mb.
|
AVESTO KURS ISHI TAYYOR
АVESTODA SHAXS NOMLARI
Jomosp - Jomosp Huvgva – mazdaparastlar dinini birinchi bo’lib qabul qilgan shaxs. Zardushtiylarga doir rivoyatlarning xabar berishicha, u Zardushtning kuyovi (Zardushtning kenja qizi Puruchastaning eri)dir.Jomosp bir qator pahlaviy manbalarda , shuningdek, “Shohnoma”da Gushtaspning masalhatchisi va vaziri bo’lgan. Pahlaviy manbalarda Jomosp “o’lkaning ikkinchi qudratli kishisi”ma’nosini anglatuvchi “biydhush” sifati bilan ta’riflanadi. Bu hozirgi tushuncha mizda “buyuk vazir”, “sadri a’zam” ma’nolarini ifodalaydi. Pahlaviy tilidagi “Jomospnomak” (Jomospnoma) kitobi 5000 so’zdan iborat bo’lib, Jomospning Gushtasp savollariga javobdan iborat. Bu uning javoblari uning teran andishasi va hayotiy hikmatlaridan darak berib turadi. Vayvanghon - Jam Vayvanghon - “Avesto”da “Yima” “Vayvahvant”o’g’li. Pahlaviy tilida “Yam-Ak” yoki ”Jamak” “Vayvanghon” o’g’li. Sanskirt tilida “Yamah””Vaysuvat” o’g’li. Juda qadimiy sharq asotirlaridagi yorqin siymolardan biri. “Avesto”dagi ma’lumotlarga qaraganda Jamning otasi Vayvanghon zamin insonlari orasida birinchi bo’lib havm giyohini sirqiaratib , undan suvni oladi. Buning evaziga farzandi Jam dunyoga keladi. Pahlaviyda – “hvaraman”. Ma’nosi - yaxshi suruvlar sohibi. “Vandidod”ning ikkinchi fargardi(Jam dostoni) eng qadimiy mu’tabar manbalardan bo’lib, yarim iloh , yarim odam bo’lgan bu shaxsiyat haqida hikoya qiladi.7 Otbiyn-Otbiyn –“Avesto”da “Osvaya”, sanskirtda “Optya”. Faridunning otasi.insonlar orasida ikkinchi bo’lib , havm giyohidan ichimlik olgan kishi. Faridun - “Avesto”da “Sraituna”, “Osvayanning o’g’li”. Pahlaviyda “Fridun”.eng qadimiy asotiriy qahramonlardan biri. U “Avesto”dan tashqari bir qator Islomdan keyingi arabiy, forsiy va turkiy adabiyotlarda keng ko’llamda ishtirok etadi. Faridun uch og’izli, uch kalla, olti ko’zli Aji dahoni mahf etib unga band soladi. U Aji dahoning ikki xotini(Jamshidning yoxud qizlari)ni ham tortib oladi. Jamshidga mansub bo’lgan shohlik nishonini – Vorig’an qushi tanasidan ajralib , Faridunga o’tadi va uning nurlari tufayli eng saodatli insonlardan biriga aylanadi.”Vandidod”da Varina nomli yurt Faridunning yurti deyiladi. Som-Garshasp- “Avesto”da “Garshaspa”. Ma’nosi – log’ar ot sohibi.qadimiy sharq asotirlarining porloq chehralaridan biri. Garshasp adabiyotga dahldor zotlardan bo’lib, Sushyont yorlaridandir.Sushyont – “Avesto”da ma’nosi – foydali yoxud foyda keltiruvchi.ko’pincha “qutqaruvchi”,“halos qiluvchi”ma’nolar- ida qo’llaniladi. Uruvahshah- Atrat(Sariyta)ning o’g’li, Garshaspning birodari. Som xonadonidan. U “adolatli hakam “sifatida tilga olinadi. “Rom yasht” (28-band) , “Zamyad yasht”(41-banda)da shunday hikoya qilinadi: “Zarrin tojli Hyatasp Uruvaxashni o’ldiradi.Garshasp birodarining qasosini olib Hyataspni nobud qiladi. Uruvaxashaya va Garshasp otlari Sariyatning havm giyohidan olgan ichimlik tufayli vujudga keltirdi”. Purushaspa- ma’nosi qari ot sohibi. Pahlaviy va forsiyda bu nom “Burshasp” tarzida yoziladi. Mas’udiy o’zining “Murujuzzuhab”kitobida uni “Purashasf” shaklida istifoda etadi.U zamin Farzandaklari ichidan to’rtinchi bo’lib, havm giyohidan ichimlik olishga musharraf bo’ldi.bu voqeadan so’ng uning xonadonida mazdaparstlik dininig eng ulug’ vakili Zardusht dunyoga keldi. Kavay- gohlarda Zardusht dini dushmanlari peshvosining nomi yoxud unvoni. U yomonlik va badkirdorlik ramzi. Lekin , ba’zi o’rinlarda “kavay” Gushtaspning unvoni bo’lib keladi. Gushtasp - Zardushtga do’st kuchlarning rahbari. Karap - karapan- gohida mazdaparastlik dininig dushmanlari, devparastlar peshvolari guruhining unvoni.”Yangi Avesto”da akariyat hollarda bu nomniko’plik shaklda uchratamiz. U devlar, jodular, parilar, ashmug’lar va zolimlar bilan bir sarfda tilga olinadi.Karb Zardusht dinining kattol dushmani.” Kalpa” mazhabiy rasm- rusumlarini ijro etuvchilarga nisbatan qo’llaniladi. Ashmug - “Avesto”da “asha muga”, pahlaviyda “ashmug’”, “ashmuk”, “ashrmuk”, ”ahlmuk”. Lug’atlarda “ashmug”, “ashani- mag’lub etuvchi” tarzida tarjima qilinadi. Mazdaparastlar dini ning adbiyotida “dinsiz”, “dinidan qaytgan”, “muhlid” , “taqvosiz” ,”kazzob ruhoniy” ma’nola rini anglatadi. Kirsoniy-mazdaparstlik dini dushmanlari rahnomalaridan. Kirsoniy o’z mulkida mazdaparstlik dinini targ’ib etuvchi va tashviq etuvchilarga yo’l qo’ymas edi. Iloh Havm uni shahriyolikdan mahrum etadi. Afrosiyob-“Avesto”da “Frangarasyan”. Ma’nosi - “dahshat soluvchi” yoxud “qo’rquv soluvchi “odam . Pahlaviy tilida “Frasiyob”, “Frasiyov” yoxud “Frasiyof”. Mashhur Turon shohi , Pushangning o’g’li. U juda kuchli shaxs. Kayumard - bu zot ilk fikrlovchi odamdir . U ho’kiz odam bo’lib, uning jasadi odamlar va hayvon , o’simliklarni yaratilishiga sabab bo’ldi. “Avesto” ta’limotiga ko’ra, yaxshilk qiluvchi odam pokizalik urug’ini ekadi, bu yaxshilik urug’lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz, do’zaxiy odamlardir. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling