5-t-ot-s-20-guruh talabasi usanov aliqulning O’zbekiston tarixi fanidan


Download 0.56 Mb.
bet6/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1408879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AVESTO KURS ISHI TAYYOR

YALOVBARDOR
Shuning uchun Zardusht ruhida allaqanday sokinlik paydo bo’la boshladi. Buni sezgan Puru shasp kunlardan bir kun o’g’liga “senga nima bo’lyapti” ma’nosida nigoh tashladi.
- Men haqiqat yo’liga kirgan bandaman. Haqni izlamoqdaman. Bu yo’ldan meni hech kim va hech narsa qaytara olmaydi!- xitob qildi Zardusht. Bu nogahoniy fikrdan hangu mang bo’lib qolgan ota “churq” etmadi. O’sha kuniyoq Zardusht “yolg’onchilik, palidlik va zulmat qoplagan” muhitni tark etib, Sablon tog’iga chiqib ketadi. U 20 yil g’orda meva, giyoh ildizlari, parranda go’shtini tanovul qilib yashadi: o’n yil yakka tangri Ahuramazdoni kashf etish uchun tafakkur ummoniga g’arq bo’ldi, o’n yil Yazdonni madh etuvchi surud-gimnlar yaratdi. Ayrim tadqiqot chilar “Avesto” tarkibiga kirgan “bir million she’r” (Pliniy) xuddi shu davrda ijod qilingan, degan xulosaga kelishgan.
Yigirma yillik riyozatdan so’ng kunlardan bir kun chashma bo’yida o’tirganida hotifdan quyidagi mazmunda vahiy keladi: “Ey, Spitamon farzandi. Men hamma mo’tabarlardan seni mo’tabbaroq qilib yaratdim va seni o’zimga mehribon qildim. Xalq huzuriga boradigan vaqt yetdi. Tur, uzlat manzilini tark et, zamon ahlini rostlik, yaxshilik va haqiqat sari da’vat etish vaqti keldi!” Ana shu vaqtda Zardusht 39 yoshda edi. U vahiy tufayli tafakkur osmonini tark etib, tog’dan tushib, yagona Tangri kashshofi, uning payg’ambari sifatida chorvadorlar va hunarmandlar, savdogaru ziyolilar orasida ko’pxudolilikning zarari, yakka xudolikning afzalligi xususida va’zlar aytdi, da’vatlar qildi, nutq so’zladi. Ko’pxudolikning kasofatini anglab yetgan lar, xususan, hunarmandlar (chunki ular jondor qurbonlik qilish odatidan zada bo’lishgandi) unga ko’plab ergasha boshlashdi. Bundan tashqari irqiy mojaro va qirg’inlardan bezor bo’lgan chorva dorlar ham unga qo’shilishdi. Bu yo’lda unga ammavachchasi Madiyunmoh hamroh bo’ldi va yaqindan ko’maklashdi. Zardusht eski din va udumlarning jamiyat hamda hayot taraqqiyotiga to’g’anoq bo’layotganini, ko’p udumlar inson erki, yaratuvchilik qudratini kishanlab qo’yganini aniq dalillar bilan isbotlab berar, Yazdonni pok nomidan rostlik, yaxshilik, xushbaxtlik, ma’ri fatu saodat yo’lini ravshanroq ko’rsatishga intilardi, tangri nuri va mehri ularni haq yo’liga hidoyat etishini uqtirardi. “Sizlar hozir sajda qilayotgan xudolar xarsang tosh bo’lagi, har xil butalar, yog’ochlardan boshqa narsa emas. Yagona Tangri Ahuramzado esa, sizlarga teran aql va farosat bergan”- derdi so’zining oxirida Zardusht.
Kundan-kunga Zardushtning obro’si oshib, eski e’tiqodga muxoliflikda yurgan butun-butun guruhlar unga ergasha boshladi. Bu yangi oqim butun Xorazm bo’ylab yoyila boshladi. Shahru qishloqlarda yangi din tarafdorlari targ’ibot va tashviqot ishlari bilan jiddiy shug’ullandilar. Spitama urug’i va unga qo’shni qavmlar to’la mazdoparastlikka o’tdi. Zardusht shu yerdan turib butun jarayonni boshqarib borardi. Tez orada bu xabar Turon hokimi Arjaspga yetib boradi. Ommaviy tus olayotgan bu harakat oqibatidan xavfsiragan hokim Zardushtni tutib, dorga osish haqida farmon chiqaradi. Buning ustiga “zulm, sehru joduni kasb qilib olgan devsifat” ko’pxu dolik tarafdorlari ham Zardushtga qarshi kuch to’playotgan edil
Hayoti xavf ostida qolgan Zardusht qahraton qishda 300 tarafdorlari bilan ko’p sarsonliklardan so’ng Balxga boradi, u yerdan Seistonga o’tib, shimoliy Eronga yo’l oladi. Bir necha yil Tabrizu Yazd va boshqa viloyatlarga yurib, o’z g’oyalarining mukammal shakllantirilishi va keng xalq ommasi orasida yoyilishiga erishadi. Qo’hna rivoyatlarga ko’ra, Zardusht va uning ulamolari oq libos kiyib yurishar ekan. Kunlardan bir kun u 30 kohin bilan Eron shohi Gushtasp qabuliga boribdi. Shoh payg’ambarlik da’vo qilayotgan zardushtdan o’z aqidalarini aniq tushuntir4ib berishni so’rabdi. Zardusht har ikki olamning yaratuvchisi Yazdoni pokni ta’riflab nutq so’zlabdi, o’zining tangri yuborgan elchiligini uqtiribdi. Shunda shoh “Qani o’sha dinning ramzi?” deb so’rabdi. Zardusht qo’ynidan bir jom chiqarib havoga otib, ushlab olgan ekan, jomdan nur taralibdi. Bexosdan shoh boshchiligidagi barcha a’yonlar boshlarini sajdaga egishibdi.
Shunday bo’lsa ham Gushstasp Zardusht va uning hamrohlarini yana imtihon qilmoqchi bo’libdi. U donishmand vaziri Jomaspni chorlab debdi:
-O’ttizta sara donishmandlarni yig’ib, mana bu payg’ambarlik da’vo qilayotganlarning sheriklari bilan bahslashib, obdon sinanglar-chi, nima karomat ko’rsatar ekan. Shunday qilib, tun bo’yi donishmandlar ilohiyot, tabiat va koinot, 6turli qavmlar va elatlarning e’tiqodi masalalari bo’yicha bahslashishibdi. Eronliklar zardusht boshchiligidagi turonliklarning ilmiy qudratiga tan berishib, birinchi bo’lib Jomasp hakim yangi dinni qabul qilibdi. Shundan so’ng Gushstasp va uning saroy ahli yagona tangri Yazdoni pokni tan olishibdi; shoh farmoni bilan butun Eron mamlakati hududida mazdoparastlik e’tiqodi joriy etilibdi.
Xuddi mana shu davrda dastlabki qismlari – daftarlari turonzaminda yaratilgan “Avesto” zar dusht va kohinlar tomonidan to’la tartib etiladi, muqaddas obida sifatida bir necha nusxada ko’chirilib, xalq orasida tarqatiladi. Yigirma bir nask (qism)dan iborat “Avesto”ning bizga qadar besh kitobigina yetib kelgan, xolos.
Zardushtning shimoliy eronda panoh topgani va u aso slogan yangi din eron zaminda joriy etilga nini eshitgan arjasp g’azablanadi. Turonshoh zardushtni hibsga olib, jo’natish haqida Gushstasp ga talabnoma yuboradi. Rad javobini olgach, u Rogirso boshchiligidagi 300 ming lashkar bilan eronga hujum uyushtiradi. Tengsiz jangda Gushstaspning ukasi jahonpahlavon zarir, shoh o’g’il laridan Ardasher, Hurmuzd, Navzar, Shidasp, Badxusravlar o’ldiriladi, shahzoda isfandiyor asir olinib, zindonga tashlanadi. Arjasp Balx, seiston, nimro’z shaharlarini g’orat qilib, hadsiz o’lja laru asirlar bilan Xorazmga qaytadi. Seiston jangida Zardusht ham bevosita ishtirok etadi.
Oradan ko’p o’tmay, Arjasp ikkinchi marotaba Gushstaspga qarshi lashkar tortib, zardusht bilan shohni qo’lga tushirishga qasd qildi. Dastlab u Seistonga hamla qilib, shohning otasi, munkayib qolgan Luhraspni qo’lga tushiradi va qatl etadi. Ammo zindondan qutilgan temirtirnoq Isfan diyor katta lashkar bilan jangga kirib, arjasp qo’shinini toru mor etadi, o’zini o’ldiradi. Natijada Turon zaminda ham yangi mazdoparastlik dini joriy etiladi. Ma’lumki, Gushstasp yangi dinni qabul qilgach, zardusht maslahati va nazorati ostida shaharu qishloqlarda ibodatxonalar qurish haqida farmon chiqaradi. Nohiyalardagi ibodatxonalar “otashgog’”, markaziy shaharlardagisi esa “Otashkada” deb ataladi. Ana shunday otashkadalardan biri Balxda quriladi. Zardusht uning ochilish marosimida ishtirok etadi va ibodat paytida ko’pxudolik tarafdori, arjaspning lashkarbo shilaridan bo’lmish Bratarvaxsh tomonidan chavaqlab o’ldiriladi. Bu mudhish suiqasd eramizdan oldingi 554-yilning saratonida sodir bo’lgandi. O’shanda Zardusht 77 yoshda edi. Zardusht din peshvosi bo’lish bilan birga katta oila boshlig’I ham edi. Uning Istavatr, Uruvatr, Xurchitra nomli o’g’illari, Frini, Trini va Puruchisto nomli qizlari bo’lgan. Eng muhimi zardusht johiliyat, zulm, qabohat, tabiatparastlik, butparastlik, molparastlik, ashyoparastlikka qarshi kurashib, nisbatan dunyoviy, insoniy, ma’rifiy g’oyalarni o’zida mujassam etgan yakka Tangrini kashf etdi; yangi e’tiqod zaminida yaxshi xulq, yaxshi hatti-harakat va yaxshi amal bilan bog’liq ijodiy mehnat g’oyasi yotardikim, bu bashariyatning barcha zamonlardagi eng oily niyatidir. Shuningdek, Zardusht zamonida sharob tayyorlash va sharobxo’rlik, ko’pxotinlilik qat’iyan man’ etilgan edi.
II. bob. “Avesto”da xudolar

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling