5-t-ot-s-20-guruh talabasi usanov aliqulning O’zbekiston tarixi fanidan
Download 0.56 Mb.
|
AVESTO KURS ISHI TAYYOR
2.1. Axrumazda va boshqa xudolar
Ahura Mazda - asl Avestodagi shakli “Ahura Mazdax”. Haqiqat va ezgulik olamining yaratuvchisi. Uning nomlari “Xurmazd”, “Urzmad”,”Ahura Mazda”, ”Hurmuz”, ”Ahura Mazd “ kabi va “Avesto“ matnlarida bu nom uch holatda ishlatilgan: “Ahura”, “Mazda” “Ahura – Mazda” va bu nom “Avesto”da Ahura buyuklik va haqqoniyat timsoli. U xudolar va odamlar orasida faqat ezgulik, adolat, mardlik va poklik himoyachisi. Ahuramazdaning 6 nafar eng yaqin yordamchilari : 1)Vohu Manax -- chorva mollari va ezgu fikr xudosi 2) Asha Vahihsta -- olov va yuksak haqiqat homiysi 3) Xshatra Varya -- ma’dan va hokimiyat, qudrat homiysi 4)Sienta Armati -- yer va diyonat homiysi 5) Xarvatat -- suv va salomatlik (Anahita -- hosildorlik va suv ilohi ) 6) Ameretat -- o’simlik va mangulik homiysi Ahura- Mazda bu yordamchilarini muqaddas ruh yordamida yaratgan . Ular ham Ahura-Mazda kabi abadiylar. Ashah (Asha)—to’g’rilik ma’niosini anglatib, Amshosipandlardan biri Ardabihisht “Avesto”da “Ashah- Vahiyshta “ nomining juz’idir. “Ashah” gohlarning hindiy, avru-Poiy va forsiy nusxalarida rostlik , haqiqat, hakam, olam tartibi, yaratilishning abadiy qonuni, mukammal nazm va tartib , murakkab mazdoiy kabi ma’nolarni anglatadi. “Ashah” ba’zida mazdaparastlarning o’rnida qo’llaniladi. “Ashim Vuhun” o’nida qo’llaniladi. Ehtimol o’zbek vafors tillarida “shoh “ so’zining o’zagi ham “ashah” dir.(tar) Amurdod—“Avesto”da “Amirmitota” pahlaviyda “Amurdod” ,forsiyda ““Amurdod”yoki “Murdod” . Ma’nosi –“umrboqiylik “, “abadiyat” . Gohlari Ahura- Mazdaning ilohalridan, “Yangi Avesto”da esa Amshoasipandlardan biri deyiladi. Ama – kuch –qudrat va bahodirlik ilohi. U aksariyat hollarda iloh Bahromning nomi bilan baqamti qo’llaniladi va “mahluqlar sarasi , yaxshisi “ yoxud “”zabardast” sifatlari bilan ziynatlanadi. “Bahrom yasht”da iloh Bahrom novvos va ot jasadning oldida namoyon bo’ladi. Shunda iloh Ama novvos shohida va ot peshonasida ko’zga tashlanadi. Surush- “Avesto”da “sravsha”, “sru” o’zagidan. Ma’nosi – tinglamoq, tinglash, itoatkorlik, ya’ni ilohiy amrlarni tinglamoq va ilohiy farmonlar va ahmonlarga itoat etmoq. U Mazdaparastlik dinidagi eng buyuk ilohlardan biri bo’lib, itoatkorlik, parhezkorlik va halollik ramzidir. Bu ilohning maqomini iloh Mehr bilan barobar bilishadi va gohida amshosipandlar safiga zikr etiladi. Odamlarning yaxshi-yomon amallarini ishalarini sarhisob qilish iloh Surush zimmasidadir. “Surush yasht hoduxt” “Yangi Avesto”ning o’n birinchi yashti “Avesto”ning yo’qolib ketgan yigirmanchi “Hoduxt nask” ning bir parchasi hisoblanadi.”Tun borishi Surush yasht” (57-yasna)o’limdan so’ng uch kecha davomida va undan butun yil davomida har tun iyqudan so’ng o’qiladi. “Kichik Avesto” dagi “Surush boj” olqishi va “Surush dravna” (3,8- yasna)duosi ham bu buyuk ilohning qudrat va azamati , bemisl fidokorligi , odamparvarligidan dalolat berdi. Oyning o’n yettinchi kunida ham bu shon – shavkatli iloh nomi bilan yuritiladi. Rashn- “Avesto”da “rashnu”. Ma’nosi – parhezkorlik yoxud porloqlik. Hakamlik ilohi bo’lib, mazdaparastlik dinida ham muhim o’rin tutadi. Rashn oxirat kuni Mehr va Surush ilohala ridan keyin uchinchi maqomda turadi va odamlarning yaxshi-yomon amallariga hakamlik qiladi. U Ahura-Mazda va Sipandormazning o’g’loni, ilohi Ashaning ,Surush, Mehr va ma’buda Din ning birodari. Iloh Rashn Mehr va Bahrom ilohalri bo’ladilar va ularga muzaffariyat baxsh etadi.Bu ilohning nomiga ko’p o’rinlarda “rost”yoki “barchadan rost , to’g’ri, haq” sifatlari ilova qilib aytiladi. Iloh Arshtot bilan yaqin hamkorlikda bo’ladi. “Avesto”ning o’n ikkinchi yashti , oyning o’n sakkizinchi kuni iloh Rashn nomi builan yuritiladi. Zardusht - “Avesto”da birinchi payg’ambar nomi bilan bog’liq bo’lib kelayotgan , halol mehnat , yaratuvchnlik , birinchi she’riyat ixlosiva bir ta’birga ko’ra “Sariq tuya sohibi”ma’nosini bildi radi. Boshqalarda esa “Zarrin yorug’lik egasi”deyiladi. Zardusht mazdaparast dinining asoschisi. Rayumand - “Avesto”da “ra’yvant”. Ma’nosi- shukuhmandlik, qudrat va farog’at sohibi. Ahura Mazda , ba’zi ilohlar va odamlarning sifati. Ba’zibir hollarda esa “farrihmand” so’ziga qo’shil- gan holda keladi. Nishonpurda “Riyvand” degan to’g’ bor. Undagi “Ozaru Burzayn Mihr “ otashkasadasi g’oyat mashhur. Farrihmand —“Avesto”da ”Xarvinavant”. Ma’nosi farradan xabardor yoki farra sohibi. Qadimgi fors tilida “farnah” , pahlaviyda “xavarrah” yoki “xavarag”, monaviy bitiklarida “farrih” yo “xavarrih”yo “xurrih”. Bu shunday ilohiy farog’at va muhabbatdirki undan ogoh bo’lgan zot yo’lboshchi, hukmdor bo’ladi, shahriyorlik maqomiga erishadi, adolat sohibiga aylanadi. Avestoshunos Mehrdod Bahor yozadi: “Farr- saodat, shukuh va porloq ma’nosini anglatadi. Ko’plab adabiyotlarda “farrax” (farah) barakat , saodat , iqbol so’zlari bilan bir qatorda qo’lla nadi. Farrih- qayhoniy va ilohiy qudrat. Farrih yorug’lik ravshanlik bahsh etuvchi. Uning samo viy va ilohiyligi shundaki, odamlarning yaxshiligi,solih amallari tufayli qudrat , boylik , muvaf faqiyat suratida odamlarga ta’sir ko’rsatadi va shaklga kiradi. Bundan shunday xulosa qilish mumkin-ki yaxshilik samoviy va insoniy qudratning asosidir. M ehr - “Avesto”da “miysra” , pahlaviyda ”miytr” yoxud “miyhr”. “Yangi Avesto”da farog’at va yorug’lik ilohi. U qadimgi Hind va Eron dinlarida eng buyuk ilohalardan biri sanalgan. “Avesto” ning uchinchi yashti “Mehr yasht” g’oyatda baland va go’zal qasidalardan hisoblanadi. “Avesto” da ko’pincha Mehr ismi “Vuuvruvgavyatiy”-“keng yaylovlar sohibi” yoxud” “keng yaylov” sifati bilan keladi. Iloh Mehrning haykali Sankt Peturburg , Vatikan, Rum va o’nlab qalisolar , muzey va ilm-hunar marakzlarida mavjud. “Mehr ro’z”- oyning oltinchi kuni; “Mehr ozor”- Mehrga ozor beruvchi, qasamxur; Mehr duruj – “Avesto”da “Miysru duruj” – Mehrni anglatuv chi; Mehrqush – yer yuziga g’oyatda qattiq qahraton keltirib, uch yil mobaynida yomg’ir, shamol va qor ta’sirida yer yuzida jamiyki yaxshiliklarni nest- nobud ayladi va hokazo. Irisi- mazdaparastlik dini ilohlaridan biri. Biroq bu ilohning faoliyati xususida hech narsa Qat’iy ma’lum emas. Shunga qaramay , uning nomi ilohlar Asha , Chista va boshqalar safida tilga olinishiga ko’ra, iloh Irisi ularning hamkorligida ekanligiga shubha yo’q. Rasastat- mazdaparastlik dini ilohlaridan biri.Bu lavfzning ma’nosini “adolatlilik”, "juvonmard lik” ma’nolarida tilga olinadi. Bu ilohning nomiga “ezgu “sifati qo’shilib, boshqa bir iloha Irisi bilan birgalikda qo’llaniladi.”Avesto”da bu haqida ko’p gapirilmaydi, biroq uning do’stlari Asha va Chista ekanidan bilish mumkinki, iloha Rasastat ham ahuraviy e’tiqod tarafdorlaridan biridir. Vayshaptasa -“Dinkard”da kelishicha , oyning yigirma birinchi kunidan yigirma beshinchi kunigacha bo’lgan qismning nomi , shuningdek ushbu kunlarni himoya qiluvchi iloh. Bahrom - “Avesto”da “Virisrang’na”, pahlaviyda “Varahron”,ma’nosi – Virisrani urguvchi yoxud o’ldirguchi iloh. Urush va g’oliblik ilohi. Mazdaparastlik dinida muhim ilohlardan biri. Maqomi miynu olamida iloh Surush bilan barobardir.Muborizlar muzaffar bo’lmoq uchun Bahromni yordamga chorlaydilar. Iloh ularni qo’llaydi.”Bahrom yasht” ning ibtidosida Ahura –Mazda Zardushtning savollariga javob berar ekan, Bahromni miynu ilohlari orasida eng oliysi deb ta’riflaydi. Zantum - “zantuv”, ya’ni nohiya va hududni o’z panohiga olgan iloh. U ham Fradot Fshu kabi iloh Rapisviyning hamkorligidadir. Daxyum - “Avesto” da “dahyum”.Ma’nosi- elat, o’lka, kishvar.Bu iloh ham Uzoyariyning hamkorligida bo’lib, elat va o’lkalarni o’z panohida saqlaydi. Dadar (Diy) - yaratuvchi , xudovand Ahura Mazdaning sifati. Oyning sakkizinchisi, o’n beshinchisi, yigirma uchinchi kunlari. Ularni bir-biridan farqlash maqsadida “diy Ozar”, “diy Mehr”yoxud “diy din” deydilar. Fradot Fshu – “mayda chorpolarniparvarish etuvchi”ma’nosini anglatadi. Bu iloh ham Rapisviyning hamkorligidadir. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling