5-t-ot-s-20-guruh talabasi usanov aliqulning O’zbekiston tarixi fanidan


“Avesto”da shaxs nomlari va tibbiyot ilmi hamda oila haqida


Download 0.56 Mb.
bet9/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1408879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AVESTO KURS ISHI TAYYOR

2.2. . “Avesto”da shaxs nomlari va tibbiyot ilmi hamda oila haqida.
Ko’hna Sharq insoniyat tibbiy qarashlarining ham qadimiy o’chog’i hisoblanadi . Turkiy va forsiy tillarda so’zlashuvchi xalqlarning og’zaki ijodi hamda “Avesto“ dagi dalillar buni aniq tasdiqlaydi. Yodgorliklarning barcha qismlarida, xususan, “Vendidod “ da tabiblar tayyorlash, ularning burch hamda vazifalari, tabobat amaliyoti, kasallar tasnifi, ularning paydo bo’lishi sababi va omillari, bemorlarni davolash usullari, muolajada eng ommaviy–faol usullar, dorivor o’simliklar, ularning tasnifi, noyob dorivor giyohlar haqida ancha qimmatli malumotlar mavjud. Bundan tashqari, uy–joy , atrof- muhit, tabiatni muhofaza qilish, toza tutish, shaxsiy gigienaning turli jihatlari haqida hamon o’z qimmatini yo’qotmagan maslahatlar, tavsiyalar ko’p.
“Vendidod“da quyidagi kasalliklarning nomi sanab o’tiladi va ularning paydo bo’lish manbalari haqida fikr yuritiladi; qo’qqisdan paydo bo’ladigan dard, isitma, bezgak , bosh miya og’rig’i, ojan, ajhu, ilon chaqqan, duruk, hafaqon, ko’z tegish, ruhiyat markazi, pusidagi va gandidagi. Bularning ko’pchiligi tozalikka rioya qilmaslik, beparvolik natijasida paydo bo’lsa, “Po’sidagi“ (gangrena ) hamda gandidagi (o’sma ) kasalliklarini “Ahriman yer yuzida inson urug’ini quritish niyatida ataylab paydo qilgan“ deyiladi. Shundan so’ng bunday dardga yo’liqqan bemorlarni davolash usullari, bunda tabib mas'uliyati alohida uqtirilgan. Eramizdan oldingi VII asrning oxirida ajdodlarimiz tabobat sohasida quyidagi davolash usullarini qo’llashgan: Otashkadalar huzurida maxsus darmongoh (poliklinika), sihatgoh (kasalxona)lar tashkil qilinib, bu soha davlat tasarrufiga olinib, sarfu xarajatlar vaqf mulki hisobidan qoplanadigan, nazorat bolgan, shubhasiz , davolash yo’llari takomilllashib borgan : “Ayrim tabiblar bemorlarni Osha–yaxshi ruh ilohiy kuchni davlat etish ko’magida davolashsa, bazilari o’z ilmi kuchi bilan muolaja qiladi, boshqa bir guruh tabiblar tig’ bilan kasalni tuzatishga usta, yana bir toifalar har xil dardlarni turli–tuman giyohlardan tayyorlangan malhamlar vositasida davolaydilar, bir guruh tabiblar esa bemorni har xil sharbatlar vositasida oyoqqa turg’izadilar. Eng yaxshi tabiblar barjuvandi mansharda– duo o’qish usulida davolaydilar“, deyiladi. Ular davolash jarayonida quyidagi duolarni o’qishlari lozim, deb 20 misradan o’sha duoning mukammal bayoni berilgan. E'tiborli tomoni shundaki, tabib o’qiydigan har bir duo “Ey yomon ko’z, qayerdan kelgan bo’lsang, bu bandadan chiqib, o’sha yerga daf bo’l!“ degan xitob bilan, kasalni haydash ohangi bilan tugaydi. Demak, qadimgi ajdodlarimiz “kinna kirish“ , “ko’z tegish“ kabi xalq irimlariga ishongan va u doim mavjud bo’lgan .
Kitobda tabib madaniyati, ahloqi, uning kasbiga fidoyiligi, tabib mehnatini qadrlash masalalari bayoniga ham alohida sahifalar ajratilgan. Jumladan, tabib ma'[naviy ruhiy jihatdan pok bo’lmog’i, e'tiqodi mustahkam, turmush tarzi ham, libosiyu asboblari maxsus suyuqlikda tozalangan, o’zi bir necha amaliy tajribalardan, sinovdan o’tgan bo’lishi shart, “Vendidod“da o’qiymiz:“Zardusht so’radi:Tabiblikni boshlamoqchi bo’lgan mazdoparast o’z malakasini va hunarini dastlab mazdoparastlarda sinab ko’rsinmi yoki devparastlardami? Ahuramazdo javob berdi:“Tabiblik kasbini egallagan mazdoparast yaxshisi o’z saliqasi va chapdastligini devparastlarda sinab ko’rgani ma'qul. Agar uch daf'agacha devparast jarroh tig’idan omon qolmasa, unday odam bu kasbdan voz kechmog’i lozim. Uni odamlar muolajasiga yaqinlashtirmaslik kerak. U uch gal ham devparastni pichoq bilan muvaffaqiyatli davolay olsa, u taqdirda tabibligini davom ettirishi, mazdoparastlarni ham tig’ bilan davolashi mumkin“. O’z navbatida tabiblik hunari, jamoa, xalq tamonidan eng noyob kasb sifatida e'zozlangan, ularning mehnati, xizmati kerakligicha qadrlangan, natural haq to’lash yo’li bilan taqdirlangan. Murakkab, ya'ni ko’p kasallikka chalingan bemorlarni bir yo’la bir necha tabib bamaslahat davolashga kirishsa, bunda jarroh bilan duoxon muolajasiga alohida e'tibor berilgan, ularning yutug’i e'zozlangan. Masalan, har bir muvaffaqiyatli chiqqan jarrohlik bemorning moddiy imkoniyati, jamoada tutgan mavqei , egalagan vazifasiga ko’ra qo’y, echki, eshak, sigir, biya va tuya in'om etish yo’li bilan taqdirlangan. Umuman, jarrohlik deb, insu jins, jodugarlar “nafasi tegishi“ tufayli vujudga kelgan kasallikni davolaydigan eng qulay usul sifatida e'zozlangan. Ajdodlarimiz hatto homilani ham jarrohlik yo’li bilan olish usulini qo’llashgan. Homilani tushurish yoki nobud qilish qattiq qoralangan, uning sababchisi, hatto o’lim jazosiga mahkum etilgan.
Bemorlarni davolashda ajdodlarimiz xalq tabobatidan ham muvaffaqiyatli foydalanishgan. Sharqshunos Bahromiyning taqidlashicha, “Avesto”da mingdan ziyod dorivor o’simliklar giyohlar ro’yxati keltirilgan, ulardan dori olish va tayyorlash yo’llari ko’rsatilgan. Dorilar ko’pincha shira, barg, gul, meva, don, buta va giyoh ildizi, shirasidan, za'faron, koski, kunjut, ko'knori, xazarasipand, zira, piyoz, sedana, qatron, nayshakar, turp, xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi savsan, zirk, bargizo’t, do’lana kabi giyoh va o’simliklardan tayyorlangan. “Oq Hum barcha dorivor giyohlarning podshohi hisoblangan“. Jarohlikda sharobga Hum hamda nasha shirasi qo’shib, behush qilishda foydalanilgan. “Sen Amudaryo o’rtasida unib chiqqan, Semurg’ uya qurgan joyda yashasangu undan inson salomatligi uchun naf tegmasa, u ikki pullik qimmatga ega emas. Agar u daraxt bemorlar dardiga asqotadigan bo’lsa, uni barchaning tabibi“ deb atash lozim. Bunday o’simlik “hammaning ko’makdoshi“ degan nom olishga arziydi.
“Avesto”dagi tibbiy dalillar ota – bobolarimizning tabobatga doir qarashlari rim , yunon va arab tabobatlaridan ko’hna va uzoq tarixga ega ekanligani ko’rsatadi. Undagi tibbiy ma’lumot ko’proq, “Vendidod“ning turli boblarida uchraydi.
“Avesto”da inson organizmi, mushak, suyak, teri, miya, asab, badan, yungi, tomir va qonga (asab va miya – yerga, badan tuki daraxtga o’xshatilgan), badandagi tomirlar qora qonli tomirlar, qizil qonli tomirlar va oq, ya’ni qonsiz tomirlar (asabga) bo’lingan.
Badanning quvvati esa jon, vijdon, ravon (tan), idrok va azaliy (qadimiy) ruh kabi besh qismga bo’lingan. “Jigar qon manbai bo’lib, o’ng tomonda joylashgan“ deyiladi.
“Avesto”da yer, suv, zamin, xona, badan, kiyim – kechak, oziq – ovqatlarni toza tutish va saqlashga alohida e'tibor berilgan. Unda go’ristonlarni shahar va qishloqlardan yiroqda, balandlikda joylashtirish, uni o’rab qo’yish, murdashuylarni maxsus tozalikka rioya qilishi uqtirilgan. “Odam yoki it murdasi tekkan yerda bir yilgacha ziroat ekish mumkin emas“ deyiladi. “Vendidod“da murda tekkan libos, yerlarni qatron qilish, o’likni dafngacha asrash, uning liboslarini maxsus joylarda asrash, uni barahna (yalang’och) qo’yish va boshqa omillar xususida foydali maslahatlar mavjud. Bir hayvon yoki parranda o’ligini o’z vaqtida xalq nazaridan olib, yerni chuqur kavlab qo’yib qo’yish yo’li bilan xalq orasida mikrob yoki kasal tarqalishining oldini olgan odam “jannatiy kishi“ hisoblangan. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, zardushtiylik ramzi bo’lmish quyosh, nur, otash turli dardlarni daf etuvchi vosita deb ham tushinilgan. Shuning uchun Yashtlarda ayrim kasalliklarni, g’am – anduhni bartaraf etishni so’rab quyoshga murojaat, iltijolar mavjud. Inson yoki hayvon o’ligi tushgan soy, ariq, hovuz, quduqlarni bir necha marta qatron qilish (suvga to’ldirib bo’shatish, yomg’ir suvi bilan yuvish, to’ldirib bo’shatish) ta’kidlanadi. “Ahura Mazda javob berdi: O’t-o’lanlar hamda mevali daraxtlar ekilgan, suvlari hamisha ravon bo’lgan zamin eng yaxshi yerdir. Ayol va farzandlari sarson va sargardon yuradigan (g’izo topolmaydigan) yer eng yomon zamindir”. Atrof-muhitni, ko’cha-kuyni, butazorlar-u o’tloqlarni, yerni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzgan shaxslar “400 qamchi urush jazosiga” giriftor qilingan. Inson yashayotgan xonadagi obrezxonada yuvinish va cho’milish qat’iy man etilgan. Deyarli barcha kasaliklarni davollashda parhez asosiy omillardan biri hisoblangan.Homillador ayollar parheziga alohida e’tibor berilgan. “Avesto”dagi muhit tozaligini saqlash va kasaliklarning oldini olish vositalarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

  1. Axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, qum bilan ko’mib tashlash. Shu yo’l bilan mikroblar o’ldirilgan yoki kamaytirilgan.
    2) Otash, issiqlik va sovuqlik ta’siri bilan yo’qotish, ”Avesto”da otash poklovchi va ofatni ketkazuvchi vosita hisoblanadi. U bilan, hatto, kiyim-kechaklarni zararsizlantirish mumkin.

  2. Kimyoviy yo’l: kul, sirka, sharob, turli giyohlar (isfand – isriq, mixak, sadaf, piyoz, aloye, sandal) tutatish yo’li bilan. Bularning ko’pi hozir ham mikroblarni o’ldiruvchidir. ”Vandidod”ning 5-bobida shamol, hayvon, paranda, pashsha orqali turli kasalliklar tarqalshi qayd etilgan.

  3. “Vandidod”ning 5 va 1 – boblarida doimiy badan tarbiya bilan shug’ullanish, kunda yuz- qo’lni bir necha marta yuvish, sochni toza tutish, tirnoqlarni tez-tez olib turish tavsiya etiladi. Inson me’yori bilan doim to’q yurishi, ko’proq go’sht iste’mol qilishi ta’kidlangan. “Avesto”da issiqlik, sovuq havo, ochlik, bo’kib ovqat yeyish, ruhiy iztirob, buzilgan taom yeyish, tozalikga rioya etmaslik, Ahriman yuborgan qurt, pashsha va boshqa hashoratlar, yomon havo kasalliklarning asosiy manbai, ular 9999 kasallikni paydo qilishgan, deyilgan.8

  4. Xullas, “Avesto”da ajdodlarimizning qadimgi tibbiy va tozalik haqidagi qarashlari mujassamlangan.

  5. Ayniqsa, uy-ro’zg’or ozodaligi, atrof-muhit pokizaligi, tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi fkrlar hamon dolzarbdir. Bundan tashqari birinchi tabib va uning faoliyati bilan bog’liq samoviy mif ham batafsil bayon etilgan.”Bundaxshin”dagi dalillarga qaraganda, “Avesto”da yuz-qo’lni, sochni bir kunda bir necha marotaba yuvishga da’vat etilgan. Soch va tirnoqlarni o’z vaqtida tozalab olib turish, ularni odamlar nazari va qadami tushmaydigan, parranda , it va mushuk kavlab olmaydigan darajadagi chuqurlikka ko’mib qo’yish, tushgan tishni ehtiyotlash haqidagi mulohazalar hamon xalqimiz turmush tarzida saqlanib kelmoqda. ”Bundaxshin”dagi tibbiyotga, atrof- muhitni muhofaza qilish, oila va shaxsiy gigeyenaga doir qator mulohazalar yuqoridagi dalillarni yanada to’ldiradi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling