5. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari


Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari


Download 25.62 Kb.
bet2/6
Sana22.06.2023
Hajmi25.62 Kb.
#1647129
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oz TBlarining opretsiyalari

2. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
Tijorat banklarining aktiv opertsiyalari – bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag‘larini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta'minlash bilan bog‘liq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarni shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma'lum darajada risk, ya'ni qarzdorning defolti (to‘lovga qobiliyatsizlik) bilan bog‘liq bo‘ladi.
ijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra:
-ssuda operatsiyalari (kreditlash);
-hisob – kitob operatsiyalari;
-kassa operatsiyalari;
-investitsiya va fond operatsiyalari;
-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat.
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan mulkiy shaklidan qat'iy nazar barcha xo‘jalik sub'ektlariga tegishli kerditlarni beradi. Ma'lumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan ko‘p davrga – uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.
Hisob – kitob operatsiyalarida banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan turli maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali
o‘tkazadi, shuningdek, ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvarag‘ini debetlash orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya operatsiyalarida banklar ho‘jalik yurituvchi sub'ektlar va davlatning qimmatli qog‘ozlariga moliyaviy mablag‘larni joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun ma'lum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qog‘ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.

Banklarning valyuta operatsiyalari bevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi – sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o‘zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin.


Banklar yirik va yuqori darajadagi to‘lov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlar berishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar ma'lum darajadagi foydani olishni rejalashtiradi.


Yuqorida qayd eilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin.


1.Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, boshqa kredit tashkilotlarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar. Erkin zahirlar yuqori likvidli mablag‘lar hisoblanib, bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi.


2.Berilgan kreditlar va depozit ko‘rinishida boshqa moliya muassasalariga, shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag‘lar.3.Investitsiyalar – bu bankning qimmatli qog‘ozlarga va nomoddiy aktivlarga, shuningdek pay ko‘rinishida xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltirilgan resurslari.


4.Bankning o‘ziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.
Tijorat banklarining daromadi bankning 2 va 3 guruhiga kiruvchi aktiv operatsiyalari hisobidan tashkil topib, bank aktivlarining risk darajasi qancha yuqori bo‘lsa, ushbu operatsiyalardan kelayotgan daromadlar miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha.

Demak, banklarning aktiv operatsiyalari daromad keltirish darajasiga qarab:


1. Daromad keltiradigan (kredit va investitsiyalar) aktivlar;
2. Daromad keltirmaydigan (erkin zaxiralar, moddiy)
aktivlarga bo‘linadi.
Aktivlar Markaziy bankning 2000 yil 26 apreldagi 420 – sonli yo‘riqnomasiga asosan riskka tortilgan darajasiga qarab to‘rtta guruxga bo‘linadi.
1. Birinchi guruxga – riskdan ozod bo‘lgan aktivlar – 0;
2. Ikkinchi guruxga –minimal risk darajasiga ega aktivlar –20;
3. Uchinchi guruxga – o‘rta risk darajasiga ega aktivlar – 50;
4. To‘rtinchi guruxga – yuqori riskli aktivlar – 100.

Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yyil 9 sentyabrda tasdiqlangan 242 – sonli “Tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ssudalar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zaxirani shakllantirish va undan foydalanish” tartibiga asosan bank kreditlari yaxshi kreditlar, standart kreditlar, substandart kreditlar, shubhali kreditlar va umidsiz kreditlar sifatida tasniflanadi.


Bank kreditlarini tasniflashdan asosiy maqsad ularni to‘liq qaytarishini ta'minlash bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bank kreditlari “Yaxshi” deb tasniflanganda ularda qaytarilmasligi alomatlari bo‘lmaydi, shu bois ushbu kreditlar bo‘yicha tegishli zaxiralar ajratilmaydi. Foizlar muddati o‘tgan ssudalar "Yaxshi" deb tasniflanishi mumkin emas.

Kreditlar “Standart” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha qaytarilmagan kredit summasining 10 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart.


“Substandart” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 25 foiziga teng bo‘lgan zaxiralarni shakllantirishi lozim.


“Shubhali” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarz to‘lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart.


Bank tomonidan berilgan kreditlar kamida 180 kunga kechiktirilganda bular “umidsiz” deb tasniflanadi. Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 100 foizi miqdorida zaxiralar yaratishi kerak.


Bank aktivlari likvidli, ya'ni tez naqd mablag‘ga aylantirish imkoniyati bo‘lishi kerak. Bank aktivlari likvidlilik nuqtai nazaridan quyidagilarga bo‘linadi:


1. Yuqori likvidli aktivlar – bevosita pul ko‘rinishidagi mablag‘lar bo‘lib, ushbu aktivlar istalgan paytda bank maburiyatini bajarishga yo‘naltirilishi mumkin;
2. Qisqa muddatli likvidli aktivlar – qisqa muddatli kreditlar va ikkilamchi bozorga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar;
3. Qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar – o‘rta va uzoq muddatli kreditlar, ikkilamchi bozorga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar, pay ulushlari va boshqalar;
4. Past likvidli aktivlar – bankning asosiy vositalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, banklarning aktiv operatsiyalari ularning foydasini shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, ma'lum darajadagi risklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Banklar aktiv operatsiyalarni bajarishda asosiy e'tiborni mavjud risklarning darajasini pasaytirish orqali balansning likvidligini ta'minlashga qaratadi.

3. Tijorat banklarining noa'nanaviy operatsiyalari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa'nanaviy operatsiyalarni bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga faktoring, kredit – ijara (lizing), kontokorrent
(overdraft), forfeyting, trast kabi operatsiyalarni kiritish mumkin.

Download 25.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling