5. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
Forfeyting operatsiyalari
Download 25.62 Kb.
|
Oz TBlarining opretsiyalari
3.4.Forfeyting operatsiyalari
Forfeyting operatsiyalari asosan yirik banklar va kompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatga, juda katta miqdordagi moliyaviy mablag‘larni to‘lashda qo‘llaniladigan operatsiyalar hisoblanadi. Forfeyting operatsiyasida, faktoring operatsiyasidagi kabi uch tomon ishtirok etadi. Birinchisi, mol yetkazib beruvchi, ikkinchisi, mol sotib oluvchi va uchinchisi, vositachi – bank yoki moliyaviy muassasa. Forfeyting operatsiyalarining faktoring operatsiyalaridan asosiy farqi sifatida ushbu operatsiyalar uzoq muddatga (6 oydan 5 – 6 yilgacha) va yirik summalarga tuzilishini ta'kidlash mumkin. Forfeyting iqtisodiy termeni odatda majburiyatni sotib olish ma'nosida qo‘llaniladi, uni so‘ndirish tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida kelgusida yuz beradi. “a forfait” so‘zi frantsuzchadan vujudga kelgan bo‘lib, “huquqdan voz kechish” ma'nosini anglatadi. Forfeytingda pul mablag‘ini olishga talabgor bo‘lgan sotuvchi o‘tkaziladigan veksel inodassamentiga68 “to‘lovni qaytarish shartisiz” so‘zini qayd etish orqali to‘lov regressidan69 o‘zini himoya qiladi. Forfeyting vekslini sotuvchi asosan yirik eksporterlar hisoblanib, ular vekselni to‘lov hujjati sifatida aktseptlab sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning summasini diskont asosida zudlik bilan to‘lash hisobiga barcha risk va majburiyatlar bilan birgalikda forfetterga (ya'ni vekseldagi summani to‘lab beruvchi va o‘zida qayd etib boruvchi bankka) o‘tkazadi. Agar importer birinchi darajali to‘lov qobiliyatiga va yuqori moliyaviy mavqiyega ega bo‘lmasa, har qanday forfetterlangan qarz summa aval70 shaklida kafolatlangan yoki chaqirib olinmaydigan bank kafolatiga ega bo‘lishi lozim. Vekselni forfeterlash paytida undagi summa forfet krediti berilayotgan to‘liq muddatga diskont asosida forfetter tomonidan avans tarzida ushlab qolinadi. Eksporter forfet krediti bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘ziga olmaydi, faqatgina u jo‘natayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tuzilayotgan hujjatlarning qonuniyligi hamda haqoniyligini ta'minlashga mas'ul hisoblanadi. 68 Indossament – vekselni boshqa shaxsga o‘tkazish huquqini beruvchi orqa tarafidagi yozuv. 69 Regress – oldin to‘langan summani qaytarishni talab etish. 70 Aval – veksel bo‘yicha to‘lanmay qolgan summani to‘lab berish haqida majburiyatni olish. 71 Forfeyting operatsiyalariga misol sifatida AQShning Boing samolyotini ishlab chiqaradigan kompaniya bilan yirik avikompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro oldi – sotdilarni keltirish mumkin. Chunki, boyeng samolyotlarining bahosi juda yuqori bo‘lishi aviakompaniyalarga ushbu mablag‘larni birdan to‘lash imkoniyatini bermaydi, biroq o‘z navbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishli to‘lovni ololmagan samolyotsozlik kompaniyasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta'minlashda muammolar vujudga keladi. Aynan shu muammo banklarning ishtirokida forfeyting operatsiyalari orqali hal etiladi. Bundan bank samolyotni sotib olgan aviakompaniyaning boyeng kompaniyasi oldidagi majburiyatlarini sotib oladi (savdo trattasi, o‘tkazma yoki oddiy veksel shaklida) va to‘lovni bir yo‘la amalga oshiradi, kelgusida esa bank va aviakompaniya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga bo‘yicha asosiy summa tegishli jadval asosida, qo‘shimcha foiz to‘lovlari bilan birgalikda undirib boriladi. 3.5. Trast operatsiyalari Xalqaro bank amaliyotida trast operatsiyalari banklar mijozlarning topshirqlariga asosan ularning mulkini boshqarish yoki ishonchli vakil sifatida ularning nomidan xizmatlarni bajaruvchi shaxs. Tijorat banklarida trast – bo‘limlari trast operatsiyalari doirasida quyidagi uch yo‘nalishdagi ishlarni bajaradi: – mijozlarning vasiyatlariga binoan ularning meroslarini boshqarash; – ishonchli vakil sifatida xizmatlarni bajarish va otaliqqa olish; – agentlik (vositachilik) xizmati. Mijozlarning vasiyatlariga binoan ularning meroslarini boshqarish. Meroslarni boshqarishda ularning asosiy vazifalari sud qarorini olish, meros bilan bog‘liq mol – mulklarni butligi va xafsizligini ta'minlash, ma'muriy xarajatlarni amalga oshirish, qarzlarni to‘lash yoki undirish, mol – mulk bilan bog‘liq soliqlarni to‘lash va vasiyatchining merosxo‘rlariga tegishli xizmatlarni ko‘rsatish va yordam berish. Masalan, amaliyotda bunday holat mulkdorning farzandlari voyaga yetmaganda erta olamdan ko‘z yumushi natijasida vujudga kelishi mumkin. Mijozning ishonchli vakili sifatida ishlarni bajarish yoki shartnoma asosida vaqtinchalik mol – mulkini boshqarish. Bu shakldagi operatsiyalar mijoz uzoq muddatga safarga yoki jismoniy zaifligi oqibatida o‘ziga tegishli mol – mulk (uy – joy, mashina, uy hayvonlari va boshqalar)ni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan holatda yuz beradi. Agentlik (vositachilik) xizmati. 1. qimmatli qog‘ozlarni saqlashga qabul qilish; 2. qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni undirish; 3. qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar haqida benefitsarga ma'lumot berib turish; 4. muddati tugagan qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish; 5. qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish; 6. benefitsarning hisobvaraqlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish; 7. sug‘urta polislarini rasmiylashtirish; 8. seyflarni ijaraga berish. Yakunlovchi fikr sifatida ta'kidlash mumkinki, har qanday iqtisodiyotda banklarning noa'ananaviy operatsiyalarini rivojlanishiga qator omillar ta'sir qiladi. Xususan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining barqarorligi, real inflyatsiya darajasining xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan me'yorlarini ta'minlanishi, bank tizimiga aholi va mijozlar ishonchining mustahkamligi kabilar shular jumlasidandir. Download 25.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling