5. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari


Download 25.62 Kb.
bet3/6
Sana22.06.2023
Hajmi25.62 Kb.
#1647129
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oz TBlarining opretsiyalari

3.1.Faktoring operatsiyalari

Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.


Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi bo‘limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud.
Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi), faktor – vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi.
Uchinchisi, tovar sotib oluvchi.
Mijoz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘ini talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor – vositachi” bilan faktoring operatsiyasi bo‘yicha shartnoma tuzadi. Faktor – vositachi imzolangan faktoring shartnomasi asosida, ma'lum komission to‘lov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor – vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag‘larni to‘lash bilan bog‘liq to‘lov hujjatlarni komission to‘lov asosida “sotib oladi”.
Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi bo‘yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‘lagan summani to‘lay olmasa, ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ta'kidlash mumkin:
– sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi;
– tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlashning zarurligi;
– banklarning moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojining mavjudligi.

Download 25.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling