5. yer resurslarini iqtisodiy, kadastr, bozor va me’yoriy baholash, tushunchalar va uslublar
Download 107.05 Kb.
|
5. YER RESURSLARINI IQTISODIY, KADASTR, BOZOR VA MEYORIY BAHOLASH, TUSHUNCHALAR VA USLUBLAR
Yerning bozor qiymatini baholash tovarning “tannarxi”, “qiymati”, “narxi”, shuningdek “foiz”, “renta”, “talab va taklif” kabi fundamental iqtisodiy tushunchalar bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish tannarxi mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha resurslar xarajatlarini ifodalaydi. Tovarning qiymati deganda tovarda gavdalangan moddiylashgan mehnat (jonli va jonsiz) tushuniladi. Narx bu – muayyan pul summasi bo‘lib, sotuvchi o‘z tovarini shu summaga sotishga rozi va sotib oluvchi esa shu summaga sotib olishga tayyorligini ko‘rsatadigan tushuncha. Narx ishlab chiqarish va tadbirkorlikning samaradorligini (xarajatlarni qoplash va daromad olish) belgilashda yoki ularning zarar ko‘rib ishlashini (narx ishlab chiqarish xarajatlarini qoplamaydi) aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari tovarning narxi resurslarni qancha va qaysi faoliyat sohasiga va iqtisodiyot tarmog‘iga yo‘naltirishni tartibga soladi.
Narx shakllanishi amaliyotida keng tarqalgan uslublarga: – o‘rtacha xarajatlar plyus foyda; – zarar ko‘rmaslikni va maqsadli foydani ta’minlash; – tovarning nafliligini “his qilish”; – joriy narxlardan foydalanish kabilar kiradi. Narx shakllanishining birinchi uslubi soddalashganroq hisoblanadi, bunda tovarning narxi tovar tannarxi va miqdori tovarning turiga bog‘liq holda hisoblanadigan standart ustama narxga qarab aniqlanadi. Ikkinchi uslubda tovar ishlab chiqaruvchi tovarning narxini muayyan miqdorda foyda olish zaruratidan kelib chiqib belgilaydi. Tovarning nafliligini “his qilish” uslubida asosiy harakatlanuvchi shaxs xaridor hisoblanadi, ya’ni tovarning nafliligiga (foydaligiga) bahoni o‘z xarajatlarini qoplashga intiladigan sotuvchi emas, balki xaridor beradi. Oxirgi holatda esa, ya’ni joriy narxlardan foydalanish deganda tovarning narxi yaqin vaqtlarda sotilgan narxdan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Ingliz iqtisodchisi A.Marshall qiymat nazariyasiga kiritgan yangi yo‘nalishi “muvozanatlashgan” narxni belgilash hisoblanadi, bunda bozor kuchlarining muvozanati narx belgilashi nazarda tutiladi. Unga ko‘ra, talab va taklifning muvozanati talab va taklif miqdorlarining tengligiga yerishilganda amalga oshadi, bunda sotuvchining narxi va xaridorning narxi bir-biriga mos kelishi savdolashish va o‘zaro yaqinlashish, izchil yon bosish natijasida yuz beradi. Yer tabiiy resurs hisoblanadi va narxga ega emas, uning narxi irratsional tushuncha hisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida yer tabiiy resurs sifatida bozor munosabatlariga jalb qilinadi va tovar shakliga kiradi, bu esa yerni baholashni taqozo qiladi. Yer bozori mavjud bo‘lsa, yer narxi bozor uslublari, mavjud bo‘lmaganda esa, me’yoriy uslublar asosida o‘rnatiladi. O‘zbekistonda hozirgi vaqtda yer bozori to‘liq shakllanmaganligi yerning kadastr me’yoriy narxini o‘rnatishni dolzarb qilib qo‘ymoqda. Nazariy nuqtai nazardan yerning narxiga (Ne) uchta komponentning yig‘indisi sifatida qarash mumkin: yerning resurs sifatidagi narxi (Nr), shahar tashkil qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadigan qo‘shimcha qiymat (narx) (Nsh), va bozor kon’yunkturasi natijasidagi qo‘shimcha qiymat (narx) (Nk): Ne = Nr + Nsh + Nk, (19) yer bozori mavjud bo‘lmaganda: Ne= Nr + Nsh , (20) bu yerda: Ne – yer uchastkasining narxi; Nr – yer-resursning narxi; Nsh – shahar tashkil qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadigan qo‘shimcha qiymat (narx); Nk – bozor kon’yunkturasi natijasidagi qo‘shimcha qiymat (narx). Formulaning dastlabki ikkita narxni shakllantiruvchi komponentlari yerning bozor va me’yoriy qiymati uchun umumiy hisoblanadi. SHuning uchun ularni o‘rganish yerga xususiy mulk sharoitida ham davlat mulki sharoitida ham dolzarb hisoblanadi. Yer resurslarining cheklanganligi, aholi sonining ko‘payishi, iqtisodiy o‘sish, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi sharoitida yerning narxi oshib borsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida esa, aksincha jarayon kechishi mumkin. Demak, yer narxini tashkil etuvchi komponentlar dinamik xarakterga ega. Bunda esa, ikkinchi komponent yer uchastkasining birinchi komponentga nisbatan qo‘shimcha qiymatini ifodalaydi, uchinchisi esa, birinchi va ikkinchisiga nisbatan ifodalaydi, demak ularning miqdori ma’lum darajada korrelyasiya bog‘liqligiga ega, ya’ni, Nsh = f1 (Nr) (21) va Nk = f2 (Nr, Nsh) (22) Ushbu bog‘liqliklarni yer bozori mavjud bo‘lmagan holatda tahlil qilish ikki variantdagi xulosaga olib keladi: birinchisi – yerning resurs sifatidagi narxi o‘zgarmas bo‘lib qoladi (Nr = const), shahar tashkil qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadigan qo‘shimcha qiymat esa o‘zgarib boradi (Nsh ≠ const ) (10 – rasm); ikkinchi variant - (21) formulaning birinchi va ikkinchi komponentlarining ikkalasi ham dinamiklikka ega (11 - rasm). (22) formuladan ma’lumki, shahar tashkil qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadigan yer uchastkasining qo‘shimcha qiymati (Nsh), (tashqi va ichki omillar, shuningdek yer uchastkasining joylashgan joyi
Download 107.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling