5. yer resurslarini iqtisodiy, kadastr, bozor va me’yoriy baholash, tushunchalar va uslublar


Download 107.05 Kb.
bet1/5
Sana07.11.2023
Hajmi107.05 Kb.
#1753354
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5. YER RESURSLARINI IQTISODIY, KADASTR, BOZOR VA MEYORIY BAHOLASH, TUSHUNCHALAR VA USLUBLAR


5. YER RESURSLARINI IQTISODIY, KADASTR, BOZOR VA ME’YORIY BAHOLASH, TUSHUNCHALAR VA USLUBLAR
Yerni baholashning maqsadidan kelib chiqib, yerni iqtisodiy baholash, yerni kadastr baholash, yerning bozor va me’yoriy bahosi va hududlarni baholash kabi turlari farqlanadi. Sanab o‘tilgan baholash turlarining har biri o‘zining metodologik xususiyatlari va uni amalga oshirish metodlariga ega. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, yer munosabatlarining tubdan isloh etilishi, yerdan foydalanish munosabatlariga bozor iqtisodiyoti tamoyillarini joriy etilishi yerlarni baholash masalasining dolzarbligini yanada orttirdi. Shu bilan birgalikda, amaliyotda u yoki bu vazifalarni hal etishda yerni baholash turlari xato qo‘llanilishi holatlari ham uchramoqda. Bu esa, yerni baholashning turlari, ularning maqsad va vazifalari yetarli darajada anglashilmaganligidan dalolat beradi, bu holat davlat, mintaqaviy va mahalliy darajada yerni baholash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda. Yerni baholashning mavjud turlarini ko‘rib chiqamiz (9 – rasm).
Yerni iqtisodiy baholashning maqsadi - yerdan tabiiy resurs sifatida foydalanish intensivligi darajasini ko‘rsatish bo‘lib, bunda yerdan foydalanish muayyan samara olish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida baholashning bu turi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish samaradorligini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Bunda yerdan foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi (hosildorlik – s/ga, yerga solingan mineral o‘g‘itlarning miqdori – kg/ga), mahsulotni ishlab chiqarishda mehnat sarfi (kishi – soat/ga, kishi – soat/s), mahsulot tannarxi (so‘m/s), yalpi sof va differensial daromad (so‘m/ga). Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar tizimi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish intensivligini aks ettiradi, uning asosida qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga baho beriladi, ularning faoliyati qiyosiy baholanadi. Sanoat, transport, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari yerlarini iqtisodiy baholash ham korxonalar va tashkilotlar tomonidan yerdan foydalanish intensivligi iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Baholash mezonlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar qabul qilingan:
– bir birlik yer maydoniga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish (so‘m/ga, kVt/ga, tonn/ga, litr/ga va b.);
– 1 metr kv. da xizmat ko‘rsatiladigan haridorlar miqdori – (kishi/m2);
– 1 metr kv. da ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori – (so‘m/m2) va boshqalar.


Download 107.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling