5. yer resurslarini iqtisodiy, kadastr, bozor va me’yoriy baholash, tushunchalar va uslublar
Download 107.05 Kb.
|
5. YER RESURSLARINI IQTISODIY, KADASTR, BOZOR VA MEYORIY BAHOLASH, TUSHUNCHALAR VA USLUBLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududni to’liq baholash hosildorlik Solishtirma mehnat xarajatlari Solishtirma mablag’ sarfi
- Bir birlik yer maydoniga mahsulot Yer xususiyatlari Tuproq bonitet balli Yer maydonlarini yaxshilash
- Yerning kadastr qiymati Xo’jalik yuritish hududuni baholash 9 – rasm. Yerni baholash turlari va ularning ko‘rsatkichlari
- Yerni kadastr baholashning
Yerni bahoash turlari
Iqtisodiy Kadastr Hududiy Baholash ko’rsatkichlari Baholash ko’rsatkichlari Baholash ko’rsatkichlari Xo’jalik reserslarini baholash Tabiiy reserslarni baholash Hududni to’liq baholash hosildorlik Solishtirma mehnat xarajatlari Solishtirma mablag’ sarfi Yerdan foydalanish daromadi Ob’ektning balans qiymati Bank foizi Mineral o’g’itlar sarfi Bir birlik yer maydoniga mahsulot Yer xususiyatlari Tuproq bonitet balli Yer maydonlarini yaxshilash Boshqa ko’rsatkichlar Bir birlik yer maydoniga quvvatlar Yer uchastkasining joylashuvi Kadastr qiymati Yerning kadastr qiymati Xo’jalik yuritish hududuni baholash 9 – rasm. Yerni baholash turlari va ularning ko‘rsatkichlari Ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlar uchun ham baholashning mazkur turi yerlardan intensiv foydalanishni ifodalab, bir birlik maydonga to‘g‘ri keladigan o‘quvchi joyi soni, tibbiyot muassasalariga keladigan bemorlar soni, ob’ektlar joylashuvi va qurilishi zichligi (kishi/m2) kabi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi mumkin. Yuqoridagi holatlarning barchasida yerni iqtisodiy baholash yer uchastkasining joylashuvi, yerning sifati, uni yaxshilash, yer uchastkasi joylashgan hudud infratuzilmalarining rivojlanish darajasi kabi ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq emas. Yerni kadastr baholashning maqsadi biron sub’ektning mulki bo‘lgan yer maydonini ko‘chmas mulk ob’ekti sifatidagi qiymati yoki yer maydonini ijaraga olish huquqi qiymatini aniqlashdan iborat. Yerning kadastr qiymatini baholash, odatda, daromad usuli orqali amalga oshiriladi, bunda yer egasi yer maydonidan foydalanishdan ko‘radigan daromad miqdori (ne’matlar yoki xizmatlar) hisobga olinadi. Umumiy holatda, yer maydonining qiymati (Qyer may.) (Qco‘m) ga ekvivalent (teng) bo‘lib, uni bankka qo‘yib, tegishli yillik bank foiz stavkasi (S%) ga ko‘ra olinadigan daromadga (Dyer may) ga teng bo‘ladi: Qyer may = Qco‘m = (Dyer may.: S%)*100 (18) Yerni kadastr baholash muammosi mamlakatda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni amalga oshirilishi, yerlardan foydalanganlik uchun to‘lovlarning joriy etilishi (yer solig‘i va yer ijarasi to‘lovi), ko‘chmas mulk bozorining, shuningdek yer bozorining va yer maydonlariga ijara huquqlari bozorining rivojlanishi, noqishloq xo‘jaligi yerlarining xususiylashtirilishi boshlanishi bilan yanada dolzarblik kasb etdi. Yerning kadastr bahosi yer maydonidan foydalanish samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, uning qiymatiga qator omillar ta’sir qiladi. Ushbu omillarning eng asosiylari yerning joylashuvi va yerning sifat darajasidir. Shu o‘rinda yerlarni kadastr baholash davlat tadbiri sifatida ikkita nisbatan mustaqil ish turiga ajraladi: 1) yerlarning sifatini baholash (tuproq bonitirovkasi va yer bonitirovkasi) 2) yerlarning kadastr qiymatini belgilash. Baholashning birinchi bosqichi tuproqning bonitirovkasi (qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishidagi yerlar uchun) yoki yer bonitirovkasi (qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan yerlar uchun) bo‘lib, ikkinchi bosqich – yerning kadastr qiymatini belgilash. Tuproq (yoki yerlar) bonitirovkasida yerning sifati uning bir qator xossalariga ko‘ra baholanadi, buning uchun maxsus uslubiyatlar, shuningdek yerning sifat holatini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotda qo‘llaniladi. Yer sifatini ifodalovchi ko‘plab ko‘rsatkichlar asosida tuproqning bitta integrallashgan ko‘rsatkichi – tuproq boniteti bali (TBB) yoxud yer boniteti bali (EBB) belgilanadi. Tuproq (yer) bonitirovkasi kadastr baholash singari nisbiy, qiyosiy mohiyatga ega, chunki o‘rganilayotgan aniq yer maydonini baholash yerning belgilab qo‘yilgan eng yomon yoki eng yaxshi sifat ko‘rsatkichi (etalon)ga qiyoslab amalga oshiriladi. Modomiki, yerni kadastr qiymat baholash kadastr sifat bahosi asosida amalga oshirilar ekan, so‘ngi baholashga ishonchlilik va zamonga moslik nuqtai nazaridan ma’lum bir talablar qo‘yiladi. Qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan yoki noqishloq xo‘jaligi yerlarini kadastr baholash o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ushbu yerlardan foydalanish maqsadi, mazkur jarayonlarda yerning roliga bog‘liq bo‘ladi. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi, ishlab chiqarishda samaradorlikka erishishning eng asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi. Sanoat ishlab chiqarishida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi rolini o‘ynamaydi, uning samaradorligi, avvalo, ishlab chiqarishning boshqa vositalari, va bilvosita yer, orqali amalga oshadi. Ijtimoiy sohada yerdan faqat amaliyotlar bajariladigan makon sifatida foydalaniladi, bu faoliyat ijtimoiy samaradorlikka, shu jumladan yerdan foydalanish natijasida ham, ega. Yerdan ushbu va boshqa holatlarda turli maqsadlarda foydalanilishi ishlab chiqarish samaradorligining turi va xarakterini e’tiborga olgan holda yerni kadastr qiymat baholashning har xil uslubiyatlarini qo‘llashni talab etadi. Download 107.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling