50-guruh tinglovchisi berdishukurova Oygulning


Download 335 Kb.
bet5/6
Sana22.06.2023
Hajmi335 Kb.
#1648649
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Berdishukurova Oygul tarbiyachi kasbi

O‘zini-o‘zi baholash – o‘qituvchining amalga oshirgan faoliyatini devergent tahlil qilishi, uni konvergent fikrlar asosida, to‘g‘ri xulosalar chiqarishga olib keladi, ya’ni o‘zining pedagogik faoliyatini ob’yktiv baholash
imkonini beradi.
O‘qituvchining o‘z pedagogik faoliyatini to‘g‘ri baholashi, uni kasbiy-shaxsiy faoliyatda muvoffaqiyatlar tomon yetaklaydi.
O‘qituvchining o‘z kasbiy-shaxsiy faoliyatini noto‘g‘ri, ya’ni past yoki yuqori baholashi, uni loqaydlikka, tanazzuiga olib keladi.
Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi, pedagogningham o‘zini-o‘zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zini-o‘zi samarali baholash omillari:
1)o‘zini tushunish va o‘zi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish;
2)shaxs sifatida o‘z qadr-qimmatini, o‘zining kasbiy-shaxsiy faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini to‘g‘ri aniqlash;
3)o‘zining o‘qituvchilik faoliyatini tahlil qilish asosida o‘ziga bergan bahosining, unga nisbatan tashqaridan berilayotgan baholarga mos kelishi o‘ta muhim ahamiyatga ega;
O‘zini-o‘zi to‘g‘ri baholashi o‘qituvchini yangi muvoffaqiyatli marralar sari yetaklaydi, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan, xato kamchiliklardan asraydi.
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchining o‘zni-o‘zi ob’yktiv baholashi, kasbiy-shaxsiy faoliyatida mufoffaqiyatlarga erishishi, nufuzi va ijtimoiy mavqei oshib borishining asosiy omili hisoblanadi.


Kompetensiya” tushunchasi lotincha competere degan so‘zdan olingan bo‘lib, “loyiq”, “mos kelmoq”ma’nosini beradi.


Kompetensiya”(ing “competence”-”qobiliyat”)- so‘zidan olingan bo‘lib, faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma, malaka, mahorat va iqtidorni nomoyon etaolish kabi ma’nolarni anglatadi.
Kompetentlik deganda, aniq vaziyatda kompetensiyani namoyon qilaolish qobiliyati tushuniladi.
Pragmatizm -“yunoncha-ish, harakat’ amaliyotga insonga nima ko‘proq foyda bersa, o‘shanga ko‘proq ahamiyat berish zarur, degan g‘oyani ilgari surish)
Ehtiyoj bu- organizm faoliyati, inson shaxsiyati, ijtimoiy faoliyati va umuman jamiyat uchun kerak bo‘lgan biror narsaning zarurligi yoki yetishmasligini, har qanday faollikning ichki undovchisi.
Faoliyat – bu insonning belgilangan maqsad yo‘nalishida boshqarilib turadigan ichki va tashqi faolligi bo‘lib, mazkur faollik orqali tabiatga va boshqa insonlarga ta’sir ko‘rsatiladi.
Faollik – bu insonlarda “o‘z kuchi bilan javob qilish” qobiliyatini bildiradi. Insonlarni muayyan tarzda va muayyan yo‘nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai hisoblanadi.
Rivojlanish – bu insonning ruhiyati va organizmidagi sifatiy o‘zgarishlaridir. Bu o‘zgarishlar ijtimoiy muhit, uy-joy sharoitlari, uni qurshab turgan kishilarning ta’siri natijasida yuz beradi.

Download 335 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling