Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman.
Omon Matjon
AVVALGILARG‘A O‘XSHAMAS
(Alisher Navoiy g‘azaliga Omon Matjon muxammasi)
Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Kotib-u davr-u raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas.
Ne uchar yulduzlar o‘tdi chalg‘itib elni juda,
Necha avlod yo‘li-yu umidin aylab behuda,
Davr mezoni bilan tortay bu kun o‘zimni-da,
Ne sitamkim qilsa rahm, maxfiy erdi zimnida,
Emdi qilsa ne sitam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
Bul jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim,
Voh, quyosh savdosig‘a shamlar nechuk bo‘ldi hakim,
Ishq, bu - o‘z umrim, anga nechun qasamlar ichmakim,
Demangiz Shirin-u Layli oncha bor ishq ichrakim,
Xublikda ul sanam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
Qay kishikim bir ulug‘ ishga etibdi jon nisor,
Shiddati past-u baland kelganda ham qilmaydi or,
Ey falak, hech kimni etma besamar yo‘llarda xor,
Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o‘zga yor,
O‘lmishamkim, bu alam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa. 231-233-betlarni yod olib kelish.
VI. Baholar tahlili.
O’TIBDO’___________N.Qodirov
O’TIBDO’________________________________________H.Qosimov
Sana:12.02.2020 9-sinf Adabiyot
Dars mavzusi: “Eng so’nggi xazina” she’ri.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |