50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 0.85 Mb.
bet93/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa. 231-238-betlarni o’qib kelish.
VI. Baholar tahlili.

O’TIBDO’_____________N.Qodirov


Sana14.02.2020.yil 9-sinf adabiyot


Dars mavzusi: Halima Xudoyberdiyeva hayoti va she’rlari
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni
Halima Xudoyberdiyeva 1947- yil 17- mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ildi. Otasi — Ummatqul Xudoyberdi o‘g‘li bog‘bon edi. Onasi — Sharofat Xonnazar qizi bo‘lajak shoira endi ikki yoshga to‘lganida vafot etadi. So‘ng unga xolasi — qishlog‘ining faol ayollaridan bo‘lgan Qarshigul Xonnazar qizi onalik qiladi. Otasi ham, onasi ham go‘zallikning, ezgulikning, badiiy so‘zning qadrini biladigan kishilar edi. „Mening anchagina asarlarim, jumladan, „Bir o‘rim soch tarixi“, „Sayram baxshi aytimlari“, „Hindiqushdan nola keldi“ she’rla-rim, „Ilinj“ dostonim aynan onayizorim ta’sirida bitilandir“, — deb eslaydi shoira. Bo‘lajak shoira bolaligida barcha yoshlarga xos „chiniqish maktabi“ni o‘tadi: maktabda o‘qidi, g‘o‘za yaganasi va chopig‘iga chiqdi, pilla qurti boqdi, paxta terdi, jamoat ishlarida faol qatnashdi...
Tabiat ato etgan iste’dod intiluvchan, urinchoq va tirishqoq qishloq qizini poytaxtga olib keldi. Halima Toshkent davlat universiteti (ho-zirgi O‘zMU)nig talabasi bo‘ldi. 1972- yili dorulfununning jurnalistika fakultetini bitirdi. Davr bilan yelkadosh bo‘lishni istagan yosh shoira Toshkentda olgan bilimlari bilan qanoatlanmay, 1975—1977- yillarda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida saboq oldi.
O‘quvchilik yillaridayoq she’rlar yoza boshlagan va o‘ziga xos iste’dodi, ifoda tarzining bo‘lakcha tarovati bilan Halima Xudoyberdiyeva Sharof Rashidovday ulkan arbob va ijodkorning e’tiboriga tushdi. Sh. Rashidov Sirdaryo viloyatining o‘sha paytdagi rahbarlariga yosh shoira qizni nazardan qochirmaslikni tayinladi. Sh. Rashidov keyinchalik ham iste’dodli shoirani qo‘llab turdi.Halimaning dastlabki she’riy majmuasi — „Ilk muhabbat“ hali talaba chog‘ida — 1969- yili chop etildi. Birinchi kitobcha o‘zbek she’riyatiga tamomila o‘ziga xos shoira kirib kelayotganidan dalolat berdi. Yosh Halima ijodga ko‘ngil ermagi emas, hayot-mamot masalasi deb qarardi. U bir she’rida: „Shunchaki yozmoqlik shoirga o‘lim“, — deb yozadi.
Shoiraning „Oq olmalar“, „Chaman“ kitoblari ketma-ket chop etildi. „Suyanch tog‘larim“, „Bobo quyosh“, „Issiq qor“, „Sadoqat“, „Muqaddas ayol“, „Yuragimning og‘riq nuqtalari“ singari she’riyto‘plamlari birin-ketin nashr etildi.Shoiraning she’rlari qator chet tillariga tarjima qilingan. Uning ruschaga o‘girilgan she’rlari „Gordost“ (1976), „Beloye yabloko“ (1979), „Reshimost“ (1985) nomlarida Moskva va Toshkentda bosil-di. Halima Xudoyberdiyevaning „Bu kunlarga yetganlar bor“ va „Turkiston onasi“ she’riy kitoblari xalqimiz mustaqillikka erishgandan keyin chop etilgan. Shoira qirg‘iz, tojik, rus, yapon, tatar shoirlari va dramaturglarining bir qancha asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Halima Xudoyberdiyeva 1990- yili „Muqaddas ayol“ to‘plami uchun Respublika davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling