50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Axborot bilan ishlash kompetensiyasi


Download 0.85 Mb.
bet95/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.


II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni
DORILOMON KUNLAR KeLDI...
Onaginam!
Dorilomon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Qayon boqsang, shaylanishar va sozlashar tor.
Olcha gulin ko‘zlaringga surtasan behol:
„Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor“.
So‘lg‘in-so‘lg‘in lablaringdan ucharkan shu so‘z,
Otaginam xayolimda rostlay boshlar qad.
Dorilomon kunlarga qayt, ona, yumib ko‘z,
O‘ksik dilda boshlanmasin desang qiyomat.
Bu tabiat suyumlidir ham ko‘zlari ko‘r,
Goh sharobdan, goh og‘udan qilar bizni mast.
Belginangga tirgak bo‘lay, onajonim, tur,
Dorilomon quyoshga boq, unga qasdma-qasd.
Yuzing ardoqli quyoshday issiq va mahvash.
Ko‘zlaringda umid yonar tikilgan oni.
Qorli kunlar bilan ketsin dilingdagi g‘ash.
Qizg‘ish lolarang qoplaydir bu kun dunyoni.
Bu dunyoning qir-darasin xosiyati mo‘l,
Yerni yalangoyoq bossang, yayraydi taning.
Yashamoq — bir tansiq taom, unga ursang qo‘l,
Borgan sari ochiladir ishtahang saning.
Bog‘lardagi yetilgusi har mevali shox,
Rizqdir bizga, rizqqa doim dil ilinjlikdir.
O‘g‘lonlaring kelar ana ochishib quchoq,
O‘g‘lonlaring meva qadar bir shirinlikdir.
Onaginam!
O‘zing tortma davralardan el chorlaganda,
„Tiriklikning bayrami“, — deb sozlaganda tor.
O‘zing so‘lg‘in lablar bilan pichirlaganday:
„Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor“.
1970- yil.

BEGIM, SIZNI TABIAT…
Begim, sizni tabiat raso qilib yaratgan,
Kimlarnidir o‘ychan-u, sizni kulib yaratgan.
Nogahon berib qo‘yib bu husnni, kamolni
O‘zi ham rashk, hasadga to‘lib-to‘lib yaratgan.
Qiya tushgan nigohni armonga yo‘ymagaysiz,
Qiz qalbiga sevmoqni osonga yo‘ymagaysiz.
Qiynamangiz, u o‘zi o‘rtanguchi bir bag‘ir,
Bu bag‘irni kenglikda osmonga yo‘ymagaysiz.
Siz xuddiki Farhodsiz, Shirin qaydadir, begim,
Orzularim dilda-yu, nolam naydadir, begim.
Siz desam, bar tutqazmay sochilgan o‘ylarimday,
Bu tong qaro sochlarim mayda-maydadir, begim.
Sizni men o‘zimga ham loyiq ko‘rmam, rosti gap,
O‘zgaga bermoq esa tushimga kirmas uxlab.
O‘zga bilan ketsangiz, ravon yo‘llar qolmasin,
Begim, ikkilanmasdan yer yuzin tashlang mixlab.
Mixning, tig‘ning zahrini sezmay yonib boraman,
Ishq zardobli sharobdir, qonib-qonib boraman.
Hech kim bilan sirlashmay, hech kimsaga tutmay may,
O‘z qonim bilan o‘zim alvonlanib boraman.
Hayratlarda qotgaysiz meni ko‘rganda ul dam,
Yoningizdagi sovuq suluvdan sovursiz ham,
Sizni obdon muzlatgach, o‘zim qaytarman chunki
Bungacha yo‘q sadoqat, bundan so‘ng ham bo‘lar kam.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling