50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 0.85 Mb.
bet17/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.


II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III.Yangi mavzu bayoni.

Farhod onadan ishq bilan tug‘ildi. Uning ismi ham, Qur’oni Karimda: “Al-asmou tanzilu min-as-samo”, ya’ni “Ismlar osmondan tushadi”, deyilganidek, ishq osmonidan tushgan. Unga nom qo‘yish mana bunday qalamga olinadi:


Jamolidin ko‘rungach farri shohiy1,
Bu fardin yorudi mah to ba mohi2.
Qo‘yib yuz himmat-u iqbolu davlat,
Hamul far soyasidin topdi ziynat3.
Bu javharlarg‘a4 chun isnod topdi5,
Murakkab aylagach6, “Farhod” topdi.
Bu farni hodiyi7 baxt etgach irshod8,
Ravon shahzoda otin qo‘ydi “Farhod”.
Harir-u hulla ichra bog‘labon chust9,
Murassa’10 mahd11 ichinda tongdilar12 rust13.
Bu nav’ ermas, ato qo‘ymodi otin
Ki, ko‘rgach ishq aning pokiza zotin,
Anga farzona14 Farhod ism qo‘ydi,
Hurufi15 ma’xazin16 besh qism qo‘ydi:
Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard17.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o‘ldi murattab1.
Tangri taolo tug‘ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq Farhodga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato etgan edi. U ta’limning dastl abki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalikdagi fazilatlarini shunday ta’rif etadi:
Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.
Ne so‘znikim, o‘qub ko‘ngliga yozib,
Dema ko‘ngliki, jon lavhiga2 qozib.
O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori,
Qolib yodida safha-safha bori.
Ko‘rub chun ishq-u oshiqlik maqolin,
Topib oshufta mahzun ko‘ngli holin.
Aning sharhini takror aylabon ko‘p,
O‘qurda nolayi zor aylabon ko‘p.
Bo‘lub oshiq g‘ami sharhida g‘amnok,
Yaqo chokin o‘qub, aylab yaqo chok.
Kim etsa darddin oz-oz rivoyat,
Qilib ul dard anga ko‘p-ko‘p siroyat3.
Kishi ko‘nglin bilib, afgor yig‘lab,
Ne ko‘zda ashk ko‘rgach, zor yig‘lab.
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini4 kasb etmagan ilm.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling