50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 0.85 Mb.
bet20/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

IV. Mustahkamlash.
1. Navoiy nima uchun “Farhod va Shirin” ni “shavq dostoni” deb ataydi?
2. Navoiyning mazkur asari qaysi jihatlari bilan xamsachilikdagi yangilik hisoblanar ekan?
V. Uyga vazifa. Matn mazmunini o’rganish.
VI. Baholar tahlili

O’TIBDO’___________H.Qosimov




Sana2.10.2019 9-sinf Adabiyot


Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “ Farhod va Shirin “ dostoni

Darsning maqsadi:


1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy.
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.


II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
Farhod yigit yoshiga yetdi. Lekin tug‘ma ishq ta’sirida doimo g‘amgin, alam va dardlar bilan ko‘milgan edi. Buning sababini o‘zi ham tushuntirib berolmas edi. Otasi uning g‘amlarini aritmoq uchun turli tomoshalar, bazmlar, ziyofatlar uyushtirdi. Foydasi bo‘lmadi. Shunda xoqon Farhodning ko‘nglini olish uchun yilning to‘rt fasliga moslab to‘rt oliy qasr qurdirish fikriga keldi. Farhodning atobegi, ya’ni tarbiyachi — ustozi Mulkoro bu ishga ma’mur etib tayinlandi. Xitoyning mashhur me’mori Boniy, naqqoshi Moniy hamda tosh yo‘nuvchi Qoran qurilishga jalb etildilar. Farhod qurilish bo‘layotgan yerga kelib ustalarning ishlarini ko‘rdi. O‘z hunarlarini mislsiz san’at darajasiga yetkizgan, toshni ham saryog‘dek kesayotgan uch ustod ishidan hayratga tushdi. U shunchaki kuzatuvchi bo‘lib qolmasdan ularning hunarlarini o‘rganishga kirishdi. Oxiri bu kasblarni ustozlari darajasida o‘zlashtirdi, hatto o‘zib ham ketdi.
...Biravkim zor yig‘lar, yig‘lab ul zor,
Topib ko‘ngli el ozoridin ozor.

Chiqorib so‘zlig‘ so‘z boshidin dud,


Sovug‘ oh aylab, ohin otasholud.

Farhod mamlakat xazinasidagi sirli sandiqni ko‘rib qoladi va otasini majburlab sandiqni ochiradi. Uning ichidan bir vaqtlar Iskandari Rumiy to‘rt yuz olimga yasattirgan sirli ko‘zgu chiqdi. Oynaning orqasidagi tilsimda yozilishicha, ko‘zgu tilsimini ochmoqchi bo‘lgan odam xatarli safarga otlanib, Yunonistondagi bir toqqa borishi kerak. Ungacha uch manzil bo‘lib, birinchisida ajdahoni, ikkinchisida Ahraman devni, uchinchi manzilda ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni yengishi kerak. To‘rtinchi manzil — o‘sha tog‘dagi g‘or ichidan donishmand Suqrot topiladi. Farhod bu to‘siqlarni mardona yengib, Jamshid jomini, Sulaymon uzugini, Iskandar boyligini qo‘lga kiritadi. Suqrot uning, otasi va atobegi Mulkoroning taqdiri haqida bashoratlar beradi, ularga nasihatlar qiladi va jon taslim etadi.


Yunonistondan qaytishgach, Farhod sandiqdagi oynaga qaraydi va unda qandaydir bir yurt, tog‘ kesish bilan mashg‘ul odamlar, o‘zining ham ariq qazayotganini hamda Shirinni ko‘radi. Qizni ko‘radi-yu, hushdan ketadi.
Sevgilisini izlab yo‘lga chiqqan Farhod uning Arman yurtidan ekanligini safarda topgan do‘sti Shopurdan eshitadi. U yerga borishgach, metindek toshlardan iborat tog‘ni kesish mashaqqatiga mahkum odamlarni ko‘rishadi. Ular tog‘ni kesib, uning narigi yog‘idan suv olib o‘tishlari kerak edi. Afsuski, uch yil zahmat cheksalar-da, ishda siljish bo‘lmagan. Bu qurilishni malika Mehinbonu jiyani Shirinning istagiga ko‘ra bajartirayotgan edi. Navoiy ishlayotganlar tilidan Shirinning vasfi va toshkesarlar mashshaqatlarini quyidagicha bayon etadi:
Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat uzra moh ul ermish.

Yuzi gul, kirpigi derlar tikandur,


Ne bor andoqqi hargiz bor ekandur

Mehinbonu ko‘p aylab ehtiromin,


Yasabdur jon uyi ichra maqomin.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling