50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
Download 0.85 Mb.
|
9-синф адабиет конспект янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
- I. Tashkiliy qism
- «Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon, Qildi sahrog‘a tarovat o‘zgacha paydo bahor».
- «Gulshan ichra bazm etib jomi tarab no‘sh aylali Kim, g‘animatdur necha kun, ey qadi ra’no, bahor».
O’TIBDO’__________________________________H.Qosimov
Sana________________9-sinf adabiyot 39-dars DARS MAVZUSI: MUHAMMAD RIZO OGAHIY HAYOTI VA IJODI Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish 2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning siyosiy bilimlarini oshirish . 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish. Darsning usuli: an’anaviy. Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) Ogahiyning asosiy she’riy merosi ona tilida yozilgan bo‘lib, «Ta’viz ul-oshiqin» devonida to‘plangan. «Ta’viz ul-oshiqin» — «Oshiqlar tumori» degani. Devon ma’rifatparvar shoh va shoir Feruz — Muhammad Rahimxon Soniy (ikkinchi)ning taklifi va talabi bilan tuzilgan. Bu devon XIX asr o‘zbek she’riyatining benazir namunasi hisoblanadi. «Ta’viz ul-oshiqin»da shoirning yigirmadan ortiq janrdagi sal kam yigirma ming misrali lirik merosi jamlangan. Ularning 1300 misradan ortig‘i fors tilida bitilgan bo‘lib, bu Ogahiyning zullisonaynlik an’anasini munosib davom ettirganligining yorqin dalilidir. Ogahiy devonidan turli: ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-didaktik, tabiat tasviri va boshqa mavzudagi she’rlar joy olgan. Lekin ularning aksariyati ishqiy mavzudadir. Shoir ijodida tabiat tasviriga bag‘ishlangan bir qator g‘azallar bor. Qish va bahor tasviri chizilgan bu she’rlarda Ogahiyning peyzaj ustasi, o‘tkir nigoh egasi ekanligi namoyon bo‘ladi. Fasl tarovati, go‘zalligini berishda shoir tashbih, tashhis (jonlantirish), sifatlash kabi badiiy tasvir vositalarini qo‘llaydi. «O‘yla yetkurdi jahong‘a ziynat-u oro bahor» g‘azalida o‘qiymiz: «Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon, Qildi sahrog‘a tarovat o‘zgacha paydo bahor». Suvni «obi hayvon» — tiriklik suviga o‘xshatish qadimdan bor. Lekin uni suzuk deb sifatlash adabiyotda yangilik edi. Tashxis (jonlantirish) san’atini mohirona qo‘llagan shoir tog‘lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go‘zalga o‘xshatadi. Bahor ana shu suzuk suvi bilan sahroga o‘zgacha tarovat bag‘ishlagan. Keyingi misralarda bahoriy yel rayhonlarga Masihdek «toza jon» ato qilgani, gul yuzi ochilib, qumri-yu bulbullarning unga vola-yu shaydo bo‘lganlari, lola soqiysi qo‘lidan ishrat ahliga qadah tutilgani kabi tasvirlar orqali bahor ko‘tarinki zavq, hayojonli shavq bilan vasf qilinadi. Bu go‘zalliklarni madh etgan shoir uni g‘animat bilib, qadrlashga chorlaydi: «Gulshan ichra bazm etib jomi tarab no‘sh aylali Kim, g‘animatdur necha kun, ey qadi ra’no, bahor». Shuningdek, «Baland aylab quyoshg‘a poya navro‘z», «Bahor ayyomi bo‘lmish o‘ylakim bog‘i Eram sahro» g‘azallarida ham bu ko‘rkam faslning beqiyos nazokatlari kuylanadi. «Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsin» g‘azalida bu she’r yaratilgandan buyon barchaning diliga jo bo‘lgan ohorli yangi yil tilaklari izhor etilgan: Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun, Hamisha tole’ing feruz bo‘lsun. Bo‘lub ayyomi navro‘zing muborak, Zamiring inbisotanduz bo‘lsun. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling