50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
IV. Mustahkamlash. Savol va javob
Download 0.85 Mb.
|
9-синф адабиет конспект янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHAMMAD RIZO OGAHIY TASHXIS
- Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
- I. Tashkiliy qism
IV. Mustahkamlash. Savol va javob.
V. Uyga vazifa. G’azal yod olish. VI. Baholar tahlili. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________H.Qosimov Sana________________9-sinf adabiyot 42-dars DARS MAVZUSI: MUHAMMAD RIZO OGAHIY TASHXIS Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish 2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning siyosiy bilimlarini oshirish . 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish. Darsning usuli: an’anaviy. Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) TASHXIS Mumtoz she’riyatimizda keng qo‘llangan badiiy tasvir vositalardan biri tashxisdir. «Tashxis» arabcha so‘z bo‘lib, «shaxs» o‘zagidan hosil bo‘lgan (ta — old qo‘shimcha). O‘zbek tiliga tarjima qilsak, «shaxslantirish» degan ma’noni anglatadi. Demakki, tashxis faqat insongagina xos bo‘lgan jismoniy va ruhiy holatlarni tabiat manzaralari, jonzotlar, borliqdagi narsa-buyumlar hamda hayotdagi tushunchalarga ko‘chirish san’atidir. Tashxis orqali shoir tasvirlanayotgan manzara yoki tushunchani o‘quvchi tasavvurida qayta jonlantirib, she’rdagi timsollar jozibasini oshiradi, ularning hissiy ta’sirni kuchaytiradi. Ogahiy she’riyatini tahlillash davomida Siz shoirning tashxis san’atidan unumli foydalanib, o‘ziga xos timsol va tasvirlar yaratganligiga guvoh bo‘ldingiz. Quyidagi baytda tabiatdagi o‘zgarishlarni insonlar hayotidagi voqeliklar orqali tasvirlaydi: «Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli, Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z». Ma’nosi: dunyo kampiri shodlik chaqalog‘ini tug‘arkan, navro‘z unga doyalik qildi. Biz yashayotgan dunyo juda qadim bo‘lganligi uchun kampirga o‘xshatilyapti. Ko‘klamning kelishi barchaga shodlik, quvonch keltiradi. Ana shu shodlik chaqalog‘ini navro‘z doyaligida dunyo kampiri tug‘moqda. Shu baytning o‘zida uchta tashxis bor: shodlik (tushuncha) tug‘ilmoqda; dahr (borliq) zoli tug‘moqda; navro‘z (tabiat) doyalik qilmoqda: «Noz-u ado-u g‘amzasi qasdim qilurlar dam-badam, Vah muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustina!?» Ma’nosi: Ma’shuqaning nozi,adosi (so‘zlari) va g‘amzasi navbatma-navbat menga qasd qiladilarki, bir odamning ustiga shunchalar ham ofat bo‘ladimi? Baytdan ko‘rinadiki, insonning o‘zidagi holat, xislat va fazilatlar ham tashxis uchun asos bo‘lishi mumkin ekan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling