51 Ilmiy Maqolaning asosiy qolipi nimalardan iborat?
Download 51.9 Kb.
|
51-66
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining ilmiyligi.
- Fundamental ilmiy-tadqiqot loyihalari quyidagi talablarga javob berishi lozim
Muallif boʻyicha qidiruv. Scopus berilganlar bazasi yordamida ma’lum bir muallifning ishlari roʻyxati va iqtiboslik indeksi bilan tanishish mumkin. Buning uchun muallif boʻyicha qidirish funksiyasidan foydalanish
55) Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash bosqichlari. haxsiy kompyuterning har bir foydalanuvchisida turli hujjat va matnlarni tayyorlash zaruriyati tug’iladi. Shaxsiy kompyuterlarning bu ishga jalb qilinishi foydalanuvchi uchun ko’pgina qulayliklar yaratadi va hujjatlarning sifatini oshiradi. Foydalanuvchi hujjatni kiritib, xohlagancha uni ekranda o’zgartirib, maketini hosil qiladi. Printer bu maketning chiroyli, sifatli nusxasini kog’ozga ko’chirib beradi. Bu qulayliklarni matn tahrirlagichlari deb ataluvchi maxsus dasturlar beradi. Bu dasturlar imkoniyatlariga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi: Matn tahrirlagichlari Hujjat tahrirlagichlari Matbuot sistemalari Matn tahrirlagichlari dastur matnlarini kiritish, o’zgartirish, ko’chirish, nusxasini kog’ozga ko’chirish kabi imkoniyatlarga ega. Ular programmalash sistemalari tarkibida bo’ladi. Bunga Turbo C, Turbo Pascal kabilar misol bo’la oladi. Hujjat tahrirlagichlari hujjatlarni tahrirlash, turli shriftlardan foydalanish, satrlar orasidagi intervalni o’rnatish, saxifalash, formulalarni yozish, jadval, diagrammalarni tashkil qilish va hokazo imkoniyatlarga ega. Bu tahrirlagichlarga Leksikon Chiwriter, WD, Tex, Microsoft Word va hokazolar misol bo’la oladi. Matbuot sistemalari asosida jurnallar, kitoblar, turli prospektlarning yuqori sifatli maketlarini tayyorlash mumkin. Ayniqsa, matbuot sistemalari nashriyotchilar mehnatini mashaqqatli, zararli jarayonlaridan xalos qilish bilan birga nashriyot mahsulotlari sifatini oshiradi. Kichik hajmdagi nashr materiallari uchun Aldus Page Maker sistemasidan, katta materiallar (kitob va jurnallar) uchun Corol Ventura sistemalaridan foydalanish qulayroq. Biz respublikamizda keng tarqalgan ruscha va lotincha matnlar bilan ishlaydigan, o’rganishi murakkab bo’lmagan Word tahrirlagichi bilan ishlaymiz. Ushbu dasturlar turli matn va hujjatlarni tayorlashda keng foydalaniladi va quyidagi umumiy imkoniyatlarga ega: 1) Matnni kiritish va tahrirlash 2) Matnni sahifalash, printerlarda chop etish 3) Abzats va matnni formatlash 4) Matn qismlarini ko’chirish, belgilangan qismni formatlash, o’chirish yoki shriftini o’zgartirish 5) Bir paytnng o’zida bir nechta matnlar bilan ishlash 6) So’zlarni qidirish va almashtirish 7) Matn mundarijasini tuzish 8) Jadvallarni shakllantirish 9) Matn imlosini tekshirish 10) Chop etish natijasini ekranda ko’rish 11) Matnni xotiraga yozib qo’yish Excel – bugungi kunda eng ommaviylashgan elektron jadvalli programmadir. Undan ishbilarmon va olimlar, buxgalterlar va jurnalistlar foydalanadilar. Uning yordamida turli ro’yxatlar, kataloglar va jadvallar yuritiladi, moliyaviy va statistik hisobotlar tuziladi, jamoat fikrini surash natijalari va savdo korxonasi holati haqida ma’lumotlar hisob-kitob qilinadi, ilmiy tadqiqotlar natijalari qayta ishlanadi, hisobotlar yuritiladi. Excel jadval ustunlari va satrlari bo’yicha yig’indini hisoblaydi, foizlarni, o’rta arifmetiklarni hisoblaydi, unda turli standart funksiyalar - moliyaviy, matematik, mantiqiy va statistik funksiyalardan foydalanish mumkin. Jadvallarni shakllantirish turlicha bo’lishi mumkin, ma’lumotlarni formatlash imkoniyatlari eng yaxshi tekst – protsessorlaridagi kabidir. Shriftlarni o’zgartirish, alohida satr, ustun yoki kataklarni alohida rang bilan ajratish, jadval ma’lumotlari bo’yicha grafiklar va diagrammalar tuzish, jadvalga rasmlar qo’shish mumkin. Programmaning keyingi versiyalari juda keng imkoniyatlarga ega. Excel jadval ma’lumotlari ustida bajara oladigan matematik, mantiqiy, buxgalteriya va statistik funksiyalarning o’zi ikki yuzdan ortiq. Elektron jadvallar hisobot va schyotlarni bosmadan chiqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, grafik va diagrammalar tuzish tizimlari bilan ta’minlangan. Zamonaviy axborot tеxnologiyalarining eng rivojlanib borayotgan sohalaridan biri - bu kompyutеr grafikasi vositalaridir. Kompyutеr grafikasi nafaqat iqtisodiyot masalalarini hal qilishda, balki xalq xo`jaligining boshqa sohalarida ham kеng qo`llanilmoqda. «Kompyutеr grafikasi» tushunchasi adabiyotlarda juda kеng talqin qilinadi. 56) Ilmiy materiallarni rasmiylashtirish talablari. 57) Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad nima?Bitiruv-malakaviy ishining tuzilishini о’z vaqtida mukammal ishlab chiqish talabaga ilmiy-tadqiqot ishining maqsad va vazifalarini tо’g’ri ifodalash, tadqiqot ob’ektiga, predmeti hamda qо’yilgan maqsadga erishish usullarini tо’g’ri tanlash, shuningdek, bitiruv-malakaviy ishini tayyorlash bosqichlarini aniq ajratish imkonini beradi. Bunda talabaning tuzgan rejasining uslubiy asoslanishi, rejaga kiritilgan masalalarning dolzarbligi va о’rganilish darajasi, rejada qо’yilgan masalalarning ilmiy jihatdan ochib berilishi, yangiligi kabi kо’rsatkichlarga e’tibor beriladi. Bitiruv-malakaviy ishini yozishda talabalar bitiruv-malakaviy ishi yuzasidan materiallarni tо’plash va bibliografiyani tuzish uchun axborot resurs markazlaridan foydalanishlari shart. Bitiruv malakaviy ishining ilmiyligi. Bunda talabaning bitiruv malakaviy ishini iqtiboslar bilan asoslanilganligi, foydalanilgan adabiyotlarning ahamiyati, arxiv va huquqiy hujjatlardan foydalanilganligi, tarixiy atamalar va sanalarning о’z о’rnida tо’g’ri ishlatilganligi, ilovalarning mavjudligi, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanganligi kabi kо’rsatkichlarga e’tibor beriladi. 58) Bitiruv malakaviy ish rahbarining vazifasi nimalardan iborat ? Malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish. Malakaviy ishlarga rahbarlar ushbu oliy o'quv yurtining professor va dotsentlari yoki ilmiy xodimlari boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxasislari safidan tayinlanadi. Malakaviy ish rahbari: - topshiriq beradi; - malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi; asosiy adabiyotlar, ma'lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu boyicha boshqa manbalarni tavsiya etadi; talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar otkazadi; malakaviy ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi; Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan, kafedra malakaviy ishga rahbarlik qilishga ajratilgan vaqt byudjeti hisobidan ishning ayrim bo'limlari boyicha konsultantlarni taklif etishi mumkin.Malakaviy ishning bolimlari boyicha konsultantlar etib, oliy o'quv yurtlarining professorlari va dotsentlari, ilmiy xodimlari hamda boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari tayinlanishi mumkin. Konsultantlar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradilar.Mutaxassis chiqaruvchi kafedra malakaviy ishga quyiladigan majburiy talablar xajmini belgilagan holda malakaviy ishni bajarish boyicha metodik qollanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni ta'minlaydi. Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidanbajariladi. Malakaviy ishning xar bir bolimi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma'ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari, kurs ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko`rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin. 59) Bitiruv malakaviy ishni rasmiylashtirishga qo`yiladigan umumiy talablar. Bitiruv malakaviy ishining rasmiylashtirilishi. Tushuntirish xatı davlat tili, rus tili va ingliz tillarida yozilishi mumkin. Tushuntirish xati jadval va rasmlar bilan 50-60 betdan iborat bulishi lozim.Tushuntirish xatining mazmuni 2 bolimdan (texnik hamda pedagogik) iborat boladi. Bolimlar kichik qismlarga bolishi mumkin. Har bir bolim va qismlar yangi sahifadan boshlanishi tavsiya etiladi. Bolimlar arab raqamida belgilanadi. Shuningdek, bolim tartib raqami bilan ifodalanadi va nuqtalar bilan ajratilgan bob bolim raqamlaridan tashkil topadi Barcha raqam va jadvallarning tartib raqami va nomerlari korsatilishi lozim. Ular matnda yozilish ketma-ketligi boyicha belgilanadi. Oldin bolim raqami, sungra bolimdagi rasm yoki jadvalning tartib raqami ko`rsatiladi, masalan: Rasm 1.2 (Rasm nomi), Jadval 2.1 (Jadval nomi). Har bir rasm yoki jadvalga matn tushuntirish beriladi. 60) Bitiruv malakaviy ishning bajarilishi qanday amalga oshiriladi? Bitiruv-malakaviy ishining bajarilishi uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: - Bitiruv-malakaviy ishi uchun mavzuni tо’g’ri tanlay bilish; - tanlangan mavzu bо’yicha talabaning shaxsiy kuzatishlari natijasida tо’plangan barcha ilmiy, amaliy, daliliy ma’lumotlarni mustahkamlash va tartibga solish; - u yoki bu holatlarning о’zi tо’plagan doimiy ma’lumotlar asosida ilmiy va amaliy ahamiyati hamda qiymatini asoslab berish, xulosalar chiqarish; - tanlangan muammo yuzasidan tadqiqot о’tkazish zarurligini asoslash; - uning yozilish metodologiya va usullarini tanlash; - mavzuga doir axborot, daliliy materiallar yig’ish va ularni bir tizimga tushirish hamda qayta ishlash; - tadqiqotni mantiqan chuqur о’ylangan rejasiga mos о’tkazilgan tahliliy tadqiqot natijalarini asoslab bayon etish; - kuzatilgan maqsad asosida ilmiy xulosalar chiqarish. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Bunda bitiruv malakaviy ishining metodik ishlanmalari va xulosalaridan о’rta maxsus ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiya fanlarini о’qitishning samaradorligini oshirishda foydalanish mumkin. Tayyorlangan taqdimot slaydlarining ilmiyligi va mukammalligiga e’tibor beriladi. Oliy ta’lim ta’lim tomonidan tasdiqlangan “Bitiruv-malakaviy ishi tо’g’risida”gi Nizomda kо’rsatilgan ilmiy-tadqiqot ishi asosida olib boriladi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va mazmuni. Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammoning tomonlari aks ettiriladi, tadqiqot predmeti malakaviy ishda kо’rib chiqiladigan muammolar, ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi. Bitiruv malakaviy ishda iloji boricha oxirgi 5 yilda nashr etilgan adabiyotlar, ilmiy ishlardan hamda Internet yangiliklardan foydalanish tavsiya etiladi. BMIni rasmiylashtirish ilmiy tadqiqotlarni rasmiylashtirish uchun qabul qilingan standartlariga mos kelishi kerak. BMI tugallangan tadqiqot sifatida DAK majlisida himoyaga tavsiya etiladi. Tugallangan BMI deb talablarga (standartlarga) mos holda xatolarsiz va dog`larsiz, so`zlar tushirib qoldirilmagan, umumqabul qilingan so`zlardan tashqari so`zlarning, so`z birikmalari va jumlalarning asossiz qisqartmalarisiz bajarilgan ish tushuniladi. BMI mazmuni va rasmiylashtirilishiga ko`ra muayyan talablarga javob berishi lozim. Ish savodxonlik bilan yozilishi va batartib rasmiylashtirilishi kerak. 61) Xorijda ta’lim olishga nomzodlar qanday hujjatlarni taqdim qiladilar? Jamg'arma vasiylik kengashi qaroriga ko'ra boshqa xarajatlar.Xorijda ta'lim olishga nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:tegishli namunadagi ma'lumotnoma-ob'ektivka (anketa);ta'lim olish shakli va yo'nalishi ko'rsatilgan holda belgilangan namunadagi komissiya raisi nomiga ariza;belgilangan namunadagi 2 ta fotosurat;oliy ta'lim muassasasini tugatganligini, shuningdek, ilmiy darajasini (fan nomzodi, PhD va fan doktori.), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi;mehnat daftarchasi nusxasi (mehnat staji bo'lganda);pasport nusxasi;belgilangan namunadagi tibbiy ma'lumotnoma;chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar);sudlanmaganligi to'g'risidagi ma'lumotnoma.Magistratura yoki doktorantura dasturi bo'yicha Xorijda ta'lim olgan stipendiatga, oliy ta'lim yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida egallagan mutaxassisligi bo'yicha 5 yildan kam bo'lmagan muddatda uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi. 62) Ta'lim loyihalarining tasnifi haqida ma’lumot bering. Davlat buyurtmasi bo’yicha amalga oshiriladigan loyihalar yo’nalishlari, tematikalari va moliyalashtirish hajmlari Buyurtmachi tomonidan shakllantiriladi va ilmiy-tadqiqot loyihalarini belgilangan tartibda tanlovdan tashqari (alternativ loyiha takliflari mavjud bo’lmaganda) yoki tanlov asosida (alternativ loyiha takliflari ichidan) saralab olish uchun asos bo’ladi.Buyurtmachi davlat buyurtmasini bajarish bo’yicha ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablar asosida e’lon qiladi.E’lonlar Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga arizalarni shakllantirish, ro’yxatdan o’tkazish va topshirish tartibi, muddati va talablari ko’rsatilgan holda joylashtiriladi.Fundamental ilmiy-tadqiqot loyihalari quyidagi talablarga javob berishi lozim: tabiat, jamiyat, inson, ong va sun’iy ravishda yaratilgan obyektlarning tuzilishi, faoliyati va rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochishga qaratilgan yangi bilimlarni egallash;ilm-fanning muayyan sohasidagi tadqiqotlar natijalarini nazariyalar, tushunchalar, metodologiyalar, usullar, tavsiyalar shaklida qo’llash maqsadida tadqiq etish;ilm-fan nazariyasi va metodologiyasini boyitishga, kelgusida bajariladigan amaliy tadqiqotlar hamda ularni amaliy qo’llashga qaratilgan innovatsiya ishlari uchun asos sifatida xizmat qilish.Fundamental loyihalarni amalga oshirishning eng ko’p muddati besh yilgacha bo’lishi mumkin.Fundamental loyihalar tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega bo’lishi shart. 63) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan qanday davlat xizmatlari ko‘rsatiladi? Агентлик ўзига юкланган вазифаларга мувофиқ қуйидаги функсияларни амалга оширади: 1) интеллектуал мулк соҳасида ягона давлат сиёсатини амалга оширишни таъминлаш, ихтиролар, фойдали моделлар, саноат намуналари, товар белгилари ва бошқа интеллектуал мулк объектларини ҳуқуқий ҳимоя қилиш соҳасида: интеллектуал мулк соҳасида норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари ва таклифларини ишлаб чиқади ҳамда Адлия вазирлигига Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳамда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси регламентларида белгиланган муддатларда кейинчалик келишиш (виза қўйилиши) учун киритади; ихтиролар, фойдали моделлар, саноат намуналари, селексия ютуқлари, товар белгилари, хизмат кўрсатиш белгилари, товар келиб чиққан жой номлари, електрон ҳисоблаш машиналари (кейинги ўринларда ЕҲМ деб аталади), 3 маълумотлар базалари ва интеграл микросхемалар топологияси учун муҳофаза ҳужжатларини бериш юзасидан талабномаларни кўриб чиқишга қабул қилади; ихтиролар, фойдали моделлар, саноат намуналари, товар белгилари, хизмат кўрсатиш белгилари, товар келиб чиққан жой номларини давлат експертизасидан ўтказади, талабнома топширилган объектларнинг устуворлигини белгилайди, селексия ютуқлари, ЕҲМ учун дастурлар, маълумотлар базалари ва интеграл микросхемалар топологияларининг расмий експертизасини ўтказади; ихтиролар, фойдали моделлар, саноат намуналарини давлат рўйхатидан ўтказишни, селексия ютуқлари, товар белгилари, хизмат кўрсатиш белгилари, товар келиб чиққан жой номларини рўйхатдан ўтказишни, ЕҲМ учун дастурларни, маълумотлар базаларини расмий рўйхатдан ўтказишни ҳамда интеграл микросхемалар топологияларини рўйхатдан ўтказишни амалга оширади, муҳофаза ҳужжатларини беради, Ўзбекистон Республикасида ҳаммага маълум товар белгилари Рўйхати ва тегишли рейестрларини юритади; ихтиро, фойдали модел, саноат намунаси, товар белгиси, хизмат кўрсатиш белгиси, товар келиб чиққан жой номлари, ЕҲМ учун дастурлар, маълумотлар базалари ва интеграл микросхемалар топологияларига топширилган талабномаларнинг ўрнатилган талабларга мувофиқлигини текшириш натижалари бўйича муҳофаза ҳужжатларини бериш ёки беришни рад етиш тўғрисида қарор қабул қилади; кўрсатилган селексия ютуқларининг патентга лаёқатлилик шартларига мувофиқлигини белгилаш натижалари бўйича Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Қишлоқ хўжалиги екинлари навларини синаш маркази ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Агросаноат мажмуи устидан назорат қилиш инспексияси хулосалари асосида муҳофаза ҳужжатларини бериш ёки беришни рад етиш тўғрисида қарор қабул қилади; муҳофаза ва бошқа зарур ҳужжатларнинг ягона шаклларини белгилайди; депозитарийда сақланаётган интеллектуал мулк объектларининг очиқлиги ва улардан еркин фойдаланишни таъминловчи депозитарий функсиясини бажаради, шу жумладан депозитарийга зарур бўлган нусхани депозитарий билан шартнома асосида олиш учун мурожаат қилган ҳар қандай шахсга имконият яратади; интеллектуал мулк объектларидан фойдаланишга ҳуқуқлар бериш тўғрисидаги лицензия шартномаларини, шунингдек уларни тўлиқ ёки қисман бериш тўғрисидаги шартномаларни рўйхатдан ўтказади ва тегишли рейестрларни юритади; интеллектуал мулкнинг расмий рўйхатдан ўтказилган объектлари тўғрисидаги маълумотлар базасини шакллантиради, уларнинг сақланиши ва фойдаланилиши учун шарт-шароитларни таъминлайди; Давлат патент фондини жамлаш ишларини ташкил етади ва амалга оширади, ундан иқтисодиётнинг реал секторидаги хўжалик юритувчи 4 субйектлар, илмий ташкилотлар, олимлар ва мутахассислар томонидан самарали фойдаланиш учун унинг сақланиши ва қулайлигини таъминлайди; Агентликнинг бюллетенларини ва бошқа расмий нашрларини, шунингдек интеллектуал мулк объектларини ҳуқуқий муҳофаза ва ҳимоя қилиш масалалари бўйича бошқа маълумотлар ва материалларни чоп етишни ташкил қилади ҳамда амалга оширади; патент вакилларини аттестациядан ва рўйхатдан ўтказади, патент вакилларининг давлат рейестрини юритади; аудиовизуал асарлар, фонограммалар ва ЕҲМ учун яратилган дастурларни такрорлаш ва фонограммаларни тайёрлашга лицензиялар беради, шунингдек лицензиатлар томонидан лицензия талаб ва шартларига риоя етилиши юзасидан назоратни амалга оширади; 64) Xirsh indeksi nima? U qanday hisoblangan? h-indeksi - bu muallifning nashrlaridagi samaradorlik va sitatalarni o'lchashga qaratilgan mualliflik o’lchov darajasi hisoblanadi. h-indeks, olimning eng ko'p sitata olgan to'plamiga va boshqa adabiyotlarda olgan sitatalari soniga asoslanadi. Indeks shuningdek, ilmiy jurnalning bir guruh olimlar jamoasining samaradorligi va ta'siriga, qolaversa, kafedra, universitet yoki mamlakat kabilarga ham qo'llanilishi mumkin. Indeks 2005 yilda San Diegolik fizik Jorj Hirch tomonidan nazariy fiziklar nisbiy sifatini aniqlash vositasi sifatida ishlatish maqsadida tavsiya etilgan bo’lib, u ba'zida Hirsch indeksi yoki Hirsch raqami deb ham ataladi. h-indeks h ning maksimal qiymati sifatida belgilanadi. Buning uchun h marta nashr etilgan jurnal yoki muallif kamida h marta boshqa jurnallarda sitata olgan bo'lishi lozim. Indeks umumiy sitatalar yoki maqolalarni oddiy hisoblashni yaxshilash maqsadida dizayn qilingan. Indeks faqatgina bir xil sohada ishlovchi olimlarni solishtirish uchungina to'g'ri ishlay oladi. Sitatalarning konvension farqlari turli sohalarda katta bo'ladi. Download 51.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling