51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


Bo‘g‘imoyoqlilar tipining filogeniyasi


Download 1.6 Mb.
bet38/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bo‘g‘imoyoqlilar tipining filogeniyasi. Bo‘g‘imoyoqlilarning ajdodlari sodda tuzilgan halqali chuvalchanglar bo‘lgan. Halqali chuvalchang­larning bo‘g‘imoyoqlilarga aylanishi ular tuzilishining murakkablashuvi orqali borgan. Bu jarayonda chuvalchanglarning yupqa kutikulasi qattiq tana skeletiga, parapodiylari yurish oyoqlariga aylangan. Teri-muskul xaltasi muskullari alohida muskullarga ajralib ketishi bilan aralash tana bo‘shlig‘i-miksosel shakllangan; orqa qon tomirlari kengayib yurakni hosil qilgan. Sefalizatsiya (boshning ajralib chiqishi) natijasida oldingi tana bo‘g‘imlaridan bosh bo‘limi, oldingi parapodiylardan jag‘lar pay­do bo‘lgan. Jabralar ham filogenetik jihatdan parapodiylar bilan bog‘liq.
Bo‘g‘imoyoqlilarning eng tuban tuzilgan vakillari jabra bilan nafas olivchilar hamda trilobitasimonlar orasida uchraydi, lekin ular o‘rtasida muhim tafovut ham bor. Chunki qisqichbaqasimonlar oyoqlari har xil tuzilgan; tuban vakillarida parapodiylarga o‘xshash ikki shoxli; bosh bo‘limi to‘liq ixtisoslashmagan. Trilobitasimonlarning oyoqlari bir xil tuzilgan, bir shoxli; bosh bo‘limi ixtisoslashgan ya’ni tanadan ajralib turadi.
Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling