79-mavzu Parazit va kasallik tarqatuvchi hasharotlar va ularga qarshi kurash. Bo‘g‘imoyoqlilarning kelib chiqishi.
Zararkunanda hasharotlar. Ayrim hasharotlar soni juda ko‘payib ketishi tufayli ekinlarga katta ziyon yetkazadi. Zar ark unanda hasharotlar ro‘yx atiga hasharotlarning 700 dan ortiq turi kiritilgan. Donli ekinlarga osiyo chi-
girtkasi va xasva, sabz avot va poliz ekinlariga shiralar, mevalarga olma qurti g‘o‘zaga g‘o‘za tunlami, kartoshk aga kolorado qo‘ng‘izi katta ziyon keltiradi.Omborlarda saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlariga mita qo‘ng‘izi katta zarar yetkazadi. Mita va uning lichinkasi donlarning ichki qismini yeb bitiradi. Xonadonlarda xona kuyasi kapalagining qurti jun va jundan to‘qilgan kiyim-kechaklarni buzadi.
Yog‘ochdan qurilgan in shootlar, shahar va qishloqlarimizdagi binolarning yog‘ochlik qismlari, shuningdek, tarixiy obidalarga termitlar katta ziyon keltiradi. Termitlar zararlagan binolar zilzila, toshqin kabi tabiiy ofatlarda tez qulab tushadi.Parazit va kasal tarq atuvchi hasharotlar. Bitlar va burgalar (56-rasm) turkumiga mansub barcha hasharotlar, ko‘pchilik chivinlar, ayrim pashshalar, to‘shak qandalalari odam va hayvonlar qonini so‘rib, bezovta qiladi. Qon so‘ruvchi hasharotlar, shuningdek, pashshalar bir qancha kasalliklarni tarqatadi. Bitlar terlama, kalamush burgasi o‘lat, bezgak chivini bezgak kasalligini odamlarga yuqtiradi. Uy pashshalari oziq-ovqat va idish-tovoqlar orqali ichburug‘, sarg‘ayma va sil kabi kasalliklarni tarqatadi.
Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash. Biologik kurash zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foydalanishdan iborat. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda yirtqich xonqizi qo‘ng‘izi, tillako‘z, yaydoqchilardan trixogramma, gabrobrakon, inkarziya, hasharotxo‘r hayvonlar (qushlar, sutemizuvchilar, baqalar)dan foydalaniladi. Buning uchun biologik fabrikalarda yirtqich va parazit hasharotlar sun’iy ko‘paytirilib, dalalarga tarqatiladi.Biologik kurashning yan a bir usuli ekin ekiladigan maydonlarda qulay sharoit yaratish bilan foydali hayvonlarni jalb qilish va ular sonini ko‘paytirishdan iborat. Bu usul zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llashni cheklash, almashlab ekishni joriy etish va foydali hay-
vonlarni himoya qilish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |