51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


Download 1.6 Mb.
bet34/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bo‘xcha qo‘ng‘iz—yirik go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlardan, tanasi 30—40 mm keladi. O‘rta Osiyo cho‘llarida ko‘p uchraydi. Bu qo‘ng‘iz odatda bahor oylarida harakatchan bo‘ladi. Ot, tuya, qo‘y va boshqa yirik hayvonlar­ning go‘ngidan shar yasab, dumalatib ketadi. Tuproqda in qazib uning ichiga shari bilan tushib oladi. Bir necha kun davomida qo‘ng‘iz sharni yeb bitiradi. Bo‘xcha qo‘ng‘izlar qurtlari uchun qora mollar go‘ngidan shar yasashadi, sharni tuproqqa olib kirgandan so‘ng unga noksimon shakl beradi. Uning ingichka tomoniga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi go‘ngning ichki tomonidan oziqlanib voyaga yetadi.Go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar tabiiy sanitarlar hisoblanadi. Ular yordamida hayvonlar go‘ngi parchalanib, tuproqqa aralashadi. Avstraliya qit’asida go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar kam bo‘lganligi sababli qo‘ylarning tezagi o‘tloqlarni ifloslantirib yuborgan, u yerda Afrika va Janubiy Amerikadan go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar keltirilgandan keyin o‘tloqlar tezakdan tozalandi.
78-mavzu Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati.Hasharotlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati. Hasharotlarning hasharotxo‘r hayvonlar ozig‘i, o‘simliklarni changlantiruvchi va tabiiy sanitarlar sifatida ahamiyati. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunanda hasharotlari va ularga qarshi kurash tadbirlari.


Hasharotlarning tabiatda moddalar almashinuvidagi ahamiyati. Ko‘pchilik hasharotlar tirik o‘simlik to‘qimalari bilan oziqlanadi. Lekin ularning hammasini zararkunanda deb bo‘lmaydi. Aksincha, ular tabi­atda moddalar aylanishining eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Bu jihatdan ularni o‘txo‘r umurtqali hayvonlarga o‘xshatish mumkin. O‘z navbatida, hasharotlarning o‘zi ham boshqa hayvonlar (masalan, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, hasharotxo‘r sut emizuvchilar, yirtqich hasharotlar) uchun oziq hisoblanadi.Umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ko‘pchiligi hasharotlarsiz yo‘qbo‘lib ketgan bo‘lardi.Hayvonlar murdasi va tezagi, o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi­gan hasharotlar tabiiy sanitarlar hisoblanadi. Tuproqda yashovchi hasharotlar va ularning qurtlari tuproqni organik moddalar bilan boyitadi; uni yumshatib, suv va havo kirishini yaxshilaydi; tuproq unumdorligini oshiradi.O‘simliklarni changlatuvchi hasharotlar. O‘simliklarning changlanishida gul nektari bilan oziqlanuvchi hasharotlar katta ahamiyatga ega. Bir qancha o‘simliklar (grechixa, kungaboqar, beda, sebarga, qoqio‘t, anjir, olma, qovun, tarvuz, qovoq, no‘xat, mosh, loviya, bangidevona va boshqalar) asosan hasharotlar yordamida changlanadi. Boshqa ko‘pchilik gulli o‘simliklar ham hasharotlar bilan changlanganda mo‘l hosil beradi. Beda faqat yakka yashaydigan arilar yordamida changlanadi. Paxmoq arilar sebarganing asosiy changlatuvchisi hisoblanadi.O‘tgan asrda Yevropadan Yangi Zelandiyaga yem-xashak uchun sebarga keltirib ekilgan. Lekin yangi sharoitda sebargani changlatuvchi hasharot­larning yo‘qligi sababli urug‘ olib bo‘lmasligi ma’lum bo‘lgach, bu yerga Yevropadan paxmoq arilar ham olib kelingan. Changlatuvchi hasharot­lar orasida asalarilar eng muhim o‘rin tutadi. Ularni boshqa joylarga ko‘chirib borish qulay. Asalarilar juda ko‘p o‘simliklarning asosiy changlatuvchisi hisoblanadi.O‘simliklarni changlatishda gullardan oziqlanuvchi hasharotlar, jumladan ikkiqanotlilar va kapalaklar ham ishtirok etadi. Changlatuvchi hasharotlar bo‘lmaganida juda ko‘p o‘simliklar guli urug‘lanmay yo‘qolib ketgan bo‘lar edi. Tabiatda ko‘pchilik qo‘ng‘izlar va ikki qanotlilar qurtlari hayvonlarning tezagi bilan oziqlanadi.Parazit va kasallik tarqatuvchi hasharotlar. Burgalar, chivinlar, iskabtoparlar, ayrim pashshalar va qandalalar odam va hayvonlar qonini so‘radi. Bo‘kalar qoramollar, qo‘ylar va yilqilar terisi ostida, burun bo‘shlig‘i va oshqozonida parazitlik qiladi. Hasharotlar kasallik tarqatuv­chi sifatida ham katta ahamiyatga ega. Bezgak chivini bezgak parazitini, iskabtoparlar leyshmaniyani, bitlar terlamani, burgalar o‘lat kasalligi qo‘zg‘atuvchisini odamga yuqtiradi. Uy pashshalari turli xil bakteriyalar va gelmintlarni tarqatadi (53-rasm).


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling