51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


-rasm. Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar


Download 1.6 Mb.
bet35/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
53-rasm. Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar: A – burga: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – g‘umbagi; 3 – qurti; B – bit: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – sirkasi; D – oddiy chivin; E – bezgak chivini
Zararkunanda hasharotlar. Qishloq xo‘jaligi zararkunandalari orasi­da hasharotlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ekinlar zararkunandalari qatoriga hasharotlarning 700 dan ortiq turi kiritilgan. Ular orasida Osiyo chigirtkasi, xasva, shira, kolorado qo‘ng‘izi, kuzgi tunlam, oq qanot g‘alla, g‘o‘za, sabzavot va poliz ekinlarida; olma mevaxo‘ri, oq kapalak, shiralar mevali daraxtlarda; mita, tunlam kapalaklar omborlardagi oziq-ovqatlarga, kuya mo‘yna va jun mahsulotlariga ziyon keltiradi.Zararkunanda hasharotlar tabiatda ko‘p uchramasligi tufayli katta zi­yon keltirmaydi. Ularning tez ko‘payib, zararkunandaga aylanishiga odamlar sababchi bo‘ladi, chunki odam ko‘proq mahsulot olish uchun har yili bir xil ekinni ekaversa o‘sha ekin bilan oziqlanadigan tur uchun qulay sharoit tug‘iladi va uning soni keskin oshib zararkunandaga aylanadi.Ayrim zararkunandalar boshqa joydan tasodifan kelib qolishi, yangi sharoitda ularning kushandalari bo‘lmaganligi sababli juda tez ko‘payib ketishi mumkin. Bunga Shimoliy Amerikadan Yevropa va Osiyoga kelib qolgan kolorado qo‘ng‘izini, Yevropadan Shimoliy Amerikaga borib qolgan tengsiz ipak qurti va makkajoxori tunlamini misol qilib ko‘rsatish mumkin.(54-rasm)
Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash. Zarakunandalarga qarshi biologik kurash usuli tirik organizmlar yoki ular ishlab chiqargan mahsulotlardan foydalanishga asoslangan. Bu maqsadda zararkunanlarning kushandasi hisoblangan yirtqich va parazit hayvonlardan kasallik tug‘diruvchi bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslardan foydalaniladi. Keyingi yillarda biologik kurashda sun’iy sintezlangan gormonlardan ham foydalanilmoqda. Bu gormonlarning oz miqdori ham zararkunandalarning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni nobudqiladi.Zararkunandatunlamlargaqarshikurashdasun’iysintez qilingan hidlimoddalar-feromonlarayniqsayaxshisamarabermoqda. Feromon urg‘ochi hasharot hid bezi moddasi bo‘lib, erkak hasharotni uzoqdan jalb qilish xususiyatiga ega (yunonchaferoh—uzoqdan, mons—jalb qilish). Bu usul erkak hasharotni qirib tashlab, urg‘ochi hasharotlarni pushtsiz qoldirishdan iborat. Hozir feromonli tuzoqlar g‘o‘za tunlami, karadrina, olma qurti, tengsiz ipak qurtiga qarshi foydalanilmoqda. Har qaysi feromonlar faqat bir tur hasharotni jalb qiladi, boshqasi uchun zararsiz hisoblanadi.






Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling