49-rasm. Tut iрak qurti: 1-tuxum qo‘yayotgan urg‘ochi kapalak; 2 – tut bargi ustidagi qurt; 3 – pilla va uning ichidagi g‘umbak
Oxirgi uyqusi bir necha kun davom etadi. 5 yoshga to‘lgan qurtlar pilla o‘rashga kirishadi. Ularning maxsus ipak bezlaridan ajralib chiqqan suyu- qlik havoda qotib ipakka aylanadi. Pilla o‘rash 3 kun davom etadi. Qurt pilla ichida po‘st tashlab, g‘umbakka aylanadi. G‘umbaklik davri 2—3 hafta davom etadi. Har qaysi qurt hayoti davomida 20—25 g (shundan 75—80 %i 5 yoshida) barg yeydi. Yig‘ib olingan pillaning bir qismi tuxum ochirish zavodlariga yuboriladi. Erta bahorda ulardan yana qurt ochiriladi va xo‘jaliklarga tarqatiladi.Pillaning ikkinchi qismi qayta ishlash korxonalariga topshiriladi. U yerda issiq suv yoki issiq havo ta’sir ettirib ichidagi g‘umbaklar nobud qilinadi va quritiladi. Shundan so‘ng ipak yigiruv fabrikalariga yuboriladi va ulardan ipak yigiriladi.
1. Kapalaklar qanday tuzilgan?
2. Kapalaklar qurti qanday tuzilgan?
3. Karam kapalagi qanday rivojlanadi?
4. Tut iрak qurti qanday tuzilgan?
5. Tut iрak qurti qanday boqiladi?
6. Ipak qurti qanday qilib pilla o‘raydi?
75-mavzu Pardaqanotlilar turkumi. Ikki qanotlilar turkumi.
Pardaqanotlilar turkumi. Asalarilar oilasi, ishchi arilar ona ari va erkak arilarning tuzilishi. Asalarilar oilasining hayoti, asalarilar tili. Asalarilarning ahamiyati, asalarichilik. Pardaqanotlilarning xilma-xilligi va tabiatdagi ahamiyati.
Pardaqanotlilar (Hymenoptera) turkumi -pardaqanotlilar hasharotlarning eng yirik turkumlaridan biri; ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 150-300 mingga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular orasida har xil ekinlar va o‘rmon zararkunandalari hamda juda foydali turlari bor. Bu hasharotlarning ikkala juft qanoti ham shaffof bo‘lib, pardasimon to‘rlangan, ya’ni uzunasiga va ko‘ndalangiga joylashgan tomirlari bir qancha katakchalarni hosil qiladi. Oldingi qanotlari orqa qanotlaridan ancha yirikroq. Ayrim pardaqanotlilarning voyaga yetgan davrida qanotlari bo‘lmaydi. Pardaqanotlilar har xil kattalikda; og‘iz organlari kemiruvchi-so‘ruvchi yoki kemiruvchi; ko‘zlari yirik, murakkab tuzilgan. Urg‘ochi hasharotlar qorni uchida tuxum qo‘ygichi bor; zaharli pardaqanotlilarda bu organ sanchuvchi nayzaga aylangan. Nayza zahar ishlab chiqaruvchi bezlar bilan bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |