51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


Download 1.6 Mb.
bet28/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
47-rasm. Kapalaklar: 1 – poliksina; 2 – maxaon; 3 – sariq kapalak; 4 – do‘lana kapalagi; 5 – no‘xat oq kapalagi; 6 – apollon; 7 – moviy kapalak;8 – zorka; 9 – podalariy; 10 – kulrang satir; 11 – katta sadafdor; 12 – tovusko‘z;13 – qichitqio‘t kapalagi; 14 – tok arvoh kapalagi.
Karam kapalagi o‘simliklar zararkunandasi sifatida ma’lum.Karam kapalagi oq kapalaklar oilasiga mansuv bo‘lib, uning oldingi qanotlari chetida qoramtir va qora dog‘lari bo‘lishi bilan boshqa oq kapalaklardan farq qiladi. Kapalak qurtlari karamdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarga, ayniqsa karamga ko‘proq ziyon yetkazadi. Urg‘ochi kapalak karam bargiga to‘p-to‘p qilib 20 dan 200 gacha tuxum qo‘yadi. Qurtlari dastlab barg plastinkasi yuzasini qirib, keyinroq bargning mag‘zi bilan oziqlanadi. Bargning yirik tomirlari qoladi. Qurtlar o‘sib yog‘ochdevorlar va daraxtlar shoxiga chiqib oladi va ipchasi yordamida vertikal holda osilib, g‘umbakka aylanadi. Bir yilda kapalakning bir necha bo‘g‘ini rivojlanadi. Kapalak qurti karamga juda katta ziyon yetkazadi. O‘rta Osiyoda kapalak tog‘ oldi hududlarida tarqalgan. Ularni bahor va yoz oylarida Toshkent shahridagi xiyobonlarda ham uchratish mumkin.O‘rta Osiyoning tog‘oldi hududlarida yirik va juda chiroyli kunduzgi ka­palaklar sadafdorlar, satirlar va yelkanli kapalaklar uchraydi. Ularning qurti yovvoyi o‘simliklar bilan oziqlanganidan jiddiy zarar keltirmaydi.
Olma mevaxo‘ri kapalagi juda keng tarqalgan tunlamlardan hisobla- nadi. Uning qurtlari olma, olxo‘ri, ba’zan nok, o‘rik mevalariga katta zarar yetkazadi. Olma mevaxo‘ri qurti barglar va yosh mevalarga bit­tadan, 100 ga yaqin tuxum qo‘yadi. Bir hafta ichida tuxumdan juda mayda qurtchalar chiqadi. Bargdagi qurtchalar dastlab bargning yumshoq to‘qimalari, keyinroq yosh mevalar bilan oziqlanadi. Qurtchalar dastlab yosh meva po‘sti ostidagi yumshoq to‘qimani, keyin meva ichiga o‘tib urug‘ini yeb bitiradi. Shundan so‘ng u boshqa mevaga o‘tadi. Qurtlar bir oy o‘sib rivojlangandan so‘ng meva ichidan chiqadi. Daraxt po‘stlog‘i yoki tanasidagi biron kovakka kirib olib, pilla o‘raydi va g‘umbakka aylanadi.(48-rasm)




Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling