51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


-rasm. Olma mevaxo‘rining rivojlanishi


Download 1.6 Mb.
bet29/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
48-rasm. Olma mevaxo‘rining rivojlanishi: 1 – kapalagi; 2 – po‘stloq ostidagi g‘umbagi;3-g‘umbakdan chiqqan kapalak; 4-qurti; 5-g‘umbagi;6 – zararlangan olma
Olma mevaxo‘rining bir mavsumda bir necha bo‘g‘ini rivojlanadi. Bir­inchi bo‘g‘ini bahor oylarida yoki yozning boshida, ikkinchi bo‘g‘ini yozda yetishib chiqadi. Kuzgi qurtlar olma daraxti poyasining pastki qismi yoki tuproq zarralari orasida yashirinib qishlaydi. Qurtlar bahorda g‘umbakka, so‘ngra kapalakka aylanadi. Kapalaklar bahorda olma daraxtlari gullab, meva tuga boshl- agan davrda ucha boshlaydi.Qurt tushgan olmani uning shakli notekisligi qurt chiqindilari bilan to‘la teshikcha bo‘lishidan bilib olish mumkin. Zararlangan olmaning ichidagi qurt yo‘llarida ham chiqindilar bo‘ladi. Qurtlagan olma mevasi tez chiriydi; uni uzoq saqlab bo‘lmaydi.
G‘o‘za tunlami—g‘o‘zaning eng xavfli zararkunandalaridan biri. 200 ga yaqin o‘simliklarni zararlaydi. Kapalagining kattaligi 30—40 mm, sarg‘ish tusli bo‘ladi. Ko‘sak qurti deb ataladigan qurt­lari 40—45 mm ga yetadi; tanasining rangi sarg‘ish-och yashildan to‘q yashilgacha o‘zgarib turadi. Orqa va yon tomonlarida oqish va to‘q qo‘ng‘ir chiziqlari bo‘ladi.G‘o‘za tunlami qurti g‘o‘zaning shona va ko‘saklari bilan oziqlanadi. Bitta qurt rivojlanishi davomida 19—20 tup g‘o‘zaning hosil tuguncha- larini zararlashi mumkin. Zararlangan shonalar va yosh ko‘saklar to‘kilib ketadi. Kechroq zararlangan ko‘saklarning tolasi sifatsiz bo‘ladi.G‘o‘za tunlami kapalagi aprel—may oylarida uchib chiqadi. Urg‘ochi kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi va 300 dan 3000 tagacha tuxum qo‘yadi. Qurtlarning rivojlanishi 12—20 kun davom etadi, kapalaklar juda kam (300 gacha) tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar aso- san yovvoyi o‘simliklarni zararlaydi. Ikkinchi va uchinchi bo‘g‘in kapalaklari g‘o‘zaning shona va ko‘saklarini zararlaydi.G‘o‘za tunlami dukkakdoshlar, pomidor, kanop, makkajo‘xori, tamaki kabi o‘simliklarga ham zarar yetkazadi.Xona kuyasi kapalagi juda mayda sarg‘ish tusda. Kuya kapalaklari qatoriga po‘stin kuyasi, gilam kuyasi, kiyim-bosh va boshqa matolarga zarar yetkazuvchi kuyalar kiradi. Xona kuyasining qurti mayda, oqish bo‘lib, jun, teri hamda ulardan tikilgan kiyim-kechak va boshqa buyumlar bilan oziqlanadi. Qurtlar maxsus qin yasab, uning ichida g‘umbakka aylanadi.Tut ipak qurti xonakilashtirilgan kapalak hisoblanadi. Uning ajdodlari bundan 5000 yil ilgari tabiatda yovvoyi holda uchragan, lekin keyinroq qirilib ketgan. Ipak qurtining vatani Himolay tog‘lari bo‘lgan degan taxmin mavjud. Kapalagining qanotlari oqish, qalin tukchalar bilan qoplangan. Qurtlari ham oqish rangli, qorin qismining orqasida shoxsimon o‘simtasi bo‘ladi. Qurtlar faqat tut daraxti bargi bilan oziqlanadi. Kapalaklarning og‘iz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi.
Ipakchilik.Tut ipak qurti ipak olish maqsadida boqiladi. Ipak to‘qimachilik sanoati uchun qimmatbaho xomashyo. Ipakchilik O‘rta Osiyo respublikalarida xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri hisoblana­di. Bundan 5000 yil ilgari qadimgi odamlar Xitoyda ipak qurti boqish bilan shug‘ullanishgan. Bizning mamlakatimizda esa ipak qurti boqish bundan 1400 yil ilgari boshlangan. Hozir ipakchilik Xitoy, Yaponiya, Koreya, Kichik Osiyo va Janubiy Yevropa mamlakatlarida, O‘rta Osiyo va Kavkazorti respublikalarida rivojlangan.Ipak olish maqsadida tuxumdan chiqqan ipak qurti maxsus qurtxonalardagi so‘kchaklarda boqiladi. Murg‘ak qurtlar mayda qirqilgan yangi barglar bilan oziqlanadi. Ular sal katta bo‘lgach barg qirqilmasdan beriladi. Qurtlar yaxshi rivojlanishi uchun xona harorati 18—260 va namligi 50—60% bo‘lishi zarur. Qurtlarning rivojlanishi 3—4 hafta davometadi. Shu davr ichida ular 4 marta po‘st tashlab, 5 yoshni o‘tadi. Har po‘st tashlashdan oldin qurtlar «uyquga kiradi» (oziqlanishdan to‘xtaydi). Dastlabki uyqusi bir necha soat davom etganidan uncha sezilmaydi.(49-rasm


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling