55 jild: 01 nashr: 07 2022 yil mustaqil davlatlar hamdo‘stligida prokuratura organlari hisobdorligining o‘ziga xos tajribasi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1571560
1   2   3   4   5   6
organlari rahbarlari ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladigan tegishli Kengashning 
ochiq yalpi majlisida yiliga kamida ikki marta tegishli ma’muriy-hududiy birlik aholisini o‘z 
faoliyati yakunlarini umumlashtirilgan statistik va tahliliy ma'lumotlarni taqdim etish orqali ushbu 
hudud to‘g‘risida xabardor qiladilar. Prokuratura faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar respublika 
va mahalliy ommaviy axborot vositalarida hamda prokuraturaning rasmiy veb-saytlarida e’lon 
qilinadi”. 
5. 2019-yilning 19-25 sentyabr kunlari BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo„yicha 
Maxsus ma‟ruzachisi Diego Garsiya-Sayan tomonidan BMTning Inson huquqlari bo„yicha 
Kengashi 44-sessiyasida prokuratura organlari mustaqilligini mustahkamlash hamda prokuratura 
karerasi bilan bog„liq barcha masalalar hal etilishini shuningdek, prokuratura organlari mustaqilligi 
hamda shaffofligiga ko„maklashuvchi kollegial organ hisoblangan Prokurorlar kengashi tarzidagi 
organ tuzish tavsiya etilgan. Shu boisdan, aksariyat a‟zolari tarkibiga doimiy ravishda 
o„tkaziladigan konferensiyalarda saylanadigan jamoatchilik vakillari kiruvchi prokurorlarning 
o„zini-o„zi boshqarish organi (organlari)ni shakllantirish. Bunday organ Bosh prokuror, uning 
o„rinbosarlari hamda boshqa prokurorlar lavozimlariga nomzodlarni tanlashda, ular intizomiy 
javobgarligini ko„rib chiqishda va faoliyatlarini baholashda hal qiluvchi rol o„ynaydi hamda Bosh 
prokurordan mustaqil hisoblanadi. MDH tajribasining ko„rsatishicha, prokuratura organlarida 
o„zini o„zi boshqaruvchi kollegial organlar faoliyati qonunchilikda nazarda tutilgan. Jumladan
Moldova, Gruziya va Ukraina qonunchiligida qator kollegial organlar belgilangan. Masalan, 
Moldovaning “Prokuratura to„g„risida”gi Qonunida Prokuratura kollegiyasi, Prokurorlar oliy 
kengashi, Malaka kollegiyasi va Intizomiy kollegiya hamda ularning vazifalari belgilangan. 
Shuningdek, Gruziyaning “Prokuratura to„g„risida”gi organik qonunida Prokurorlar kengashi
Prokurorlar konferensiyasi, Bosh prokuror rahbarligidagi Karera, odob-axloq va rag„batlantirishni 
boshqarish bo„yicha Kengash, Strategik rejalashtirish va jinoiy siyosat bo„yicha Kengashlar 
nazarda tutilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, amaldagi qonunga prokuratura organlarining 
o„zini-o„zi boshqaruvchi organlar haqidagi alohida bob bilan to„ldirish lozim. 
14
Д.В. Иванюшко. Конституционно-правовой статус прокуратурыв странах снг.2-б 


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
63 
6. MDHga a‟zo davlatlar tomonidan Parlamentlararo Assambleyasi tomonidan 2006 yil 16 noyabrda 
qabul qilingan “Prokuratura to„g„risida”
15
gi Namunaviy qonunning 3-moddasidan kelib chiqib, 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat 
qilish prinsipi, shu bilan birga, prokuratura organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
yanada kuchaytirish maqsadida jamoatchilik oldida hisobdorlik prinsipi kiritish lozim. 
15
https://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=63025 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling