55 jild: 01 nashr: 07 2022 yil mustaqil davlatlar hamdo‘stligida prokuratura organlari hisobdorligining o‘ziga xos tajribasi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI http://t.me/ScienceBox_official 55 JILD:01 NASHR:07 2022 yil MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIDA PROKURATURA ORGANLARI HISOBDORLIGINING O‘ZIGA XOS TAJRIBASI Shomurotov Ma’ruf Abdusamat o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada Mustaqil davlatlar hamdo„stligi davlatlarining prokuratura organlarining tuzilishi va ularning faoliyatining huquqiy asoslari shuningdek, prokuratura organlarining hisobdorligi tashkiliy huquqiy asoslari, prokuratura organlarining ustidan kollegial organlarning mavjudligi ilmiy jihatdan tadqiq etildi. Mustaqil davlatlar hamdo„stligi davlatlarining prokuratura organlariilmiy tahlil qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: prokuratura organlari, kollegial organlar, hisobdorlik, prokurorlar Kengashi, prokuratura hay‟ati, prokuratura organlari tashkiliy asoslari. Kirish. Mustaqil davlatlar Hamdo„stligi 1991-yil dekabr oyida tashkil etilgan. Bugungi kunda quyidagi davlatlar birlashgan: Armaniston Respublikasi, O„zbekiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog„iston Respublikasi, Qirg„iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Ukraina Respublikasi. 2005-avgustdan boshlab, Turkmaniston MDHning haqiqiy a‟zolaridan chiqib, kuzatuvchi a‟zo maqomiga ega. 2009- avgust oyida ittifoqni tark etgan Gruziya MDH a'zosi emas 1 . MDH davlatlari mustaqillikka erishgandan so„ng rivojlanishni tanlagan yo„liga qarab bugungi kundagi demokratik institutlarni shakllanishi, fuqarolik jamiyatining qaror topdirish yo„lida qonunchiliklarni doimiy tarzda o„zagartirib xalqaro tajribalar bilan boyitib bormoqda. Shu munosabat bilan huquqni himoya qiluvchi organlar birinchi navbatda prokuratura organlarining huquqiy asoslarini yaratish va faoliyatining tashkiliy huquqiy masalalariga qaratgan desak xató bo„lmaydi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling