55 jild: 01 nashr: 07 2022 yil mustaqil davlatlar hamdo‘stligida prokuratura organlari hisobdorligining o‘ziga xos tajribasi


Ozarbayjon Respublikasi prokuraturasi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1571560
1   2   3   4   5   6
Ozarbayjon Respublikasi prokuraturasi 1999-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura 
to„g„risida” gi qonun va Ozarbayjon Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Ozarbayjon Respublikasi 
“Prokuratura to„g„risida” gi qonunda 8-bobda alohida “prokuratura ustidan nazorat” deb nomlangan 
bo„lib, unga ko„ra uch turdagi nazorat mavjud: 
1) Parlament nazorati : Bosh prokuror o„z faoliyati haqida Ozarbayjon Respublikasi Oliy Majlisi 
oldida doimiy hisobot berib borishi belgilangan. Biroq , tergov qilinayotgan jinoiy ishlar bundan 
mustasno. 
2) Davlat nazorati : Ozarbayjon Respublikasining bosh prokurori Respublika prokuraturasi faoliyati 
to'g'risida Ozarbayjon davlati rahbari-Ozarbayjon Prezidentiga muntazam ravishda axborot beradi. 
3) Sud nazorati : Ozarbayjon Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan inson va fuqaroning 
huquq va erkinliklarini cheklashda faqat sud qarori asosida cheklash mumkin bo„lgan prokuratura 
organlarining protsessual harakatlarni amalga oshirishga ruxsat beriladigan hujjatlar yuzasidan 
nazorat.
Xulosa qilib aytganda, ko„pchilik MDH davlatlari Sobiq Sovet tizimida uzoq vaqt bo„lganliklari 
sababli milliy qonunchilikda bo„lganligi kabi prokuratura sohasida ham o„xshashlik va farqlar mavjud. 
Shuning uchun ham, prokuratura organlarining hisobdorligi MDH davlarlarida turlicha hisoblanadi. 
Shu boisdan ham, MDH davlatlaridagi prokuror hisobdorligini har bir davlat misolida ko„rib chiqdik. 
Fikrimizcha, MDH mamlakatlarida prokuratura organlarining uchta modelga bo„lish mumkin.
Birinchi model-Ozarbayjon, Armaniston, Qozog„iston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi kabi kabi 
davlatlardir. Bu davlatlarda prokuratura konstitutsiyaning sud tizimiga bag„ishlangan boblarni o„z 
ichiga oladi va ularda prokuraturaning konstitutsiyaviy huquqiy maqomini belgilovchi alohida 
moddalar mavjud. Ushbu modelda prokuratura respublika prezidentiga hisobdor va ko„p funksiyali 
organ bo„lib, davlatdagi barcha qonun va davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari ustidan nazorat 
qiluvchi yagona markazlashgan tizimdir. Prokuratura organlarining hisobdorligi faqatgina Prezident va 
Parlament oldida. Shuningdek, mazkur modelda prokuratura organlari hisobdorligi boshqa organlar 
yoki mahalliy Kengashlar oldida emas, balki prokuratura Kengashlari yoki hay‟atlari tomonidan 
prokuratura organlari ustidan nazorat shakllantirilgan. 
Ikkinchi model -Belorus, O„zbekiston, Ukraina va Turkmaniston kabi davlatlar tashkil etadi. Ularda 
prokuraturaning Konstitutsiyaviy huquqiy maqomi konstitutsiyalarining prokuraturaga bag„ishlangan 
maxsus boblarida mustahkamlab qo„yilgan. Prokuraturaning ushbu modelining o„ziga xos xususiyati 
uning mustaqil konstitutsiyaviy huquqiy maqomga ega bo„lishi va prokuraturaning hokimiyatning 
hech bir tarmog„iga kirmasligidir. Mazkur model davlatlarida prokuratura organlarining hisobdorligi 
faqatgina Prezident va Parlament oldida emas, balki keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari 
orqali prokuratura organlari o„z faoliyati to„g„risida ommani xabardor qiladi. Shuningdek, mazkur 
model davlatlarida prokuratura organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi yuzasidan “Prokuratura 
to„g„risida” qonunda alohida moddalarda ham keltirib o„tilgan. 


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
62 
Prokuraturaning uchunchi modeli faqatgina Qirg„iziston Respublikasi Respublikasi konstitutsiyasida 
o„z aksini topgan. Buda prokuratura faoliyati “Ijro hokimiyati” tarkibiga kiritilgan. Shunga 
qaramasdan, Qirg„iziston Respublikasi prokuraturasi qonunlarni bir xilda va aniq bajarilishi ustidan 
qiladi. Prokuratura ijro hokimiyatiga tegishli ekanligini anglatmaydi. Hisobdorlik faqat prezident 
oldida hisoblanadi. Shuningdek, faqatgina Tojikistonda prokuratura to„g„risidagi qonun 
konstitutsiyaviy qonun deb ataladi
14
. Bu prokuraturaning konstitutsiyaviy huquqiy maqomga ega 
bo„lgan yagona nazorat qiluvchi davlat organi sifatida nufuzi, shuningdek, prokuratura organlari 
faoliyatida hisobdorlikni taminlash nuqta‟i nazardan muhimdir. 
Qolaversa, MDH davlatlari prokuratura organlarini qiyosiy huquqiy tahlil qilib, undagi ijobiy tajriba 
sifatida mamlakatimizda foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: 
1. Oliy Majlis tomonidan Bosh prokuror prokuratura organlari faoliyati yuzasidan har yilgi 
hisobotlarni eshitish natijalariga ko„ra Bosh prokurorga nisbatan inshonchsizlik votumini 
berishning huquqiy asoslarini yaratish (Ukraina tajribasi); 
2. Bosh prokurorning Oliy Majlis Senatiga prokuratura organlarining o„z faoliyati yuzasidan har yilgi 
hisobotlarni taqdim etishning aniq kunini qonun hujjatlariga belgilash; (Moldova , Ukraina tajribasi 

3. Prokuratura organlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar yoki jamoatchilik nazorati 
tartibini mexnizmini yaratish; (Ozarbayjon tajribasi) 
4. Hududiy prokuratura organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi prokuratura hay‟atini mahalliy 
Kengashlar bilan hamkorligini ta‟minlash ( Belorus, Qozog„iston tajribasi umumlashtirgan holda) 
va Ukraina prokuraturasi tajribasida ko„chilgandek, amaldagi “Prokuratura to„g„risida” gi 
qonuning 5-moddasi quyidagi qoidalar bilan to„ldirish lozim: “Viloyat va hududiy prokuratura 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling