+55 kkal/mol
Sirka kislotasini atsetilen ishtirokida gomogen-katalitik vinillash
Download 180.89 Kb.
|
104-17 KT[1]
Sirka kislotasini atsetilen ishtirokida gomogen-katalitik vinillash
Keyingi yillarda faol vodorod tutgan birikmalarni kuchli asosli muhitda, hamda aproton erituvchilar eritmasida qiyin sintez qilinadigan birikmalarni vinillash jarayonlarini muqobil sharoitlai o‘rganilmoqda. Xuddi shuningdek, to‘liq o‘rganilmagan ishqor – DMSO sistemasida vinillash reaksiyalari ketish sharoitlari va qonuniyatlari aniqlandi. Bu yuqorida keltirilgan jarayonlardan biri sirka kislotasini vinillash reaksiyasini KOH ishtirokida turli erituvchilar (DMSO, DMFA) bilan hosil qilgan yuqori asosli sistema KOН – DMSO va KOН – DMFA muhitida olib borildi, hamda erituvchisiz vinillash jarayoni bilan taqqoslandi. Vinillash reaksiyasida asosiy vazifani bajaruvchi yuqori asosli sistema DMSO va KOH o‘zaro ta’sirlashishi natijasida birinchi navbatda ion juftlarning quyidagi tartibda taqsimlanishi va yuqori asosli ion hosil bo‘ladi: Bunday sistemani hosil bo‘lishi atsetilen ishtirokida vinillash jarayonlariga faol ta’sir qiladi. Sirka kislotasini vinillash reaksiyasini unumiga erituvchilar tabiati va katalizator ta’siri o‘rganildi. Bu reaksiya davomiyligi 2 soat bo‘lganda quyidagi natijalar olindi. Olingan natijalar 4- jadvalda keltirilgan. 4-jadval Sirka kislotasini vinillash jarayoniga etituvchi ta’siri
Keltirilgan natijalardan ko‘rinib turibdiki, sirka kislotasini vinillash reaksiyasida, erituvchisiz sharoitda olib borilganda vinilasetat hosil bo‘lishi eng kam, ya’ni 29,1 % , xuddi shu sharoitda DMSO eritmasida reaksiya mahsulot unumi 62,4 % hosil bo‘lishi kuzatildi. Vinillash jarayoniga erituvchi tabiatini o‘rganish maqsadida reaksiyani DMFA erituvchisida 60 – 650S haroratda 10 % li KOH katalizatori ishtirokida amalga oshirildi. Bunda vinilasetat hosil bo‘lish unumi 34,2 % ni tashkil qildi. Adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib katalizator tarkibiga 3 % rux oksidi qo‘shilganda hosil bo‘ladigan mahsulot unumi bir oz (53,1%) miqdorda ortishi aniqlandi [43]. Demak, sirka kislotasini vinillash reaksiyasi 10 % KOH va 3 % ZnO katalizatori ishtirokida, DMFA erituvchisida olib borilganda, qo‘shilgan ZnO hisobiga yuqori asosli sistema faolligi oshadi va vinil birikmani hosil bo‘lish olingan erituvchilar orasida DMSO erituvchisi birmuncha faol sistema hosil qilishi, hamda vinillash jarayoni yaxshi ketishi kuzatildi. Buning sababi yuqorida keltirilgan bu aproton erituvchi bilan KOH katalizatori yuqori asosli sistema hosil qilib, KOH ni asosli xossasini oshirishi va atsetilenga sirka kislotasini nukleofil birikish jarayoni quyidagi sxema bo‘yicha ketadi: Bu jarayonda hosil bo‘lgan vinilasetatni va katalizator tarkibini o‘rganish maqsadida gaz – suyuq xromatogrammasi o‘tkazildi. Download 180.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling