58 –2 guruh talabasi Nabijonov Javlonbek Qabul qildi: dots v. b. Sh. Fozilchayev Toshkent 2023 y. Mavzu: Tijorat banklarining aktivlarini ko’paytirish masalalari


Download 0.67 Mb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1577571
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“Moliya ” fanidan


Kurs ishi


Mavzu: Tijorat banklari aktivlarini ko’paytirish masalalari
Bajardi: MM-58 –2 guruh talabasi
Nabijonov Javlonbek
Qabul qildi: dots. v.b. Sh. Fozilchayev

Toshkent 2023 y.


Mavzu: Tijorat banklarining aktivlarini ko’paytirish masalalari


Reja:
Kirish

1. Tijorat banklarining aktivlarini ko’paytirish ahamiyati

2. Tijorat banklarining aktivlarini ko’paytirishning huquqiy iqtisodiy asoslari


3. Tijorat banklarining aktivlarini ko’paytirish tahlili.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan 2018-yil ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili‖ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22- dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va tkliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir.
Tadbirkorlik subyektlari bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ularga zarur qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, o‘zaro sifatli elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘ttizga yaqin dastur amaliyotga tatbiq etila boshlandi hamda soliq to‘lovchilarga o‘ndan ortiq interaktiv, ya’ni qog‘ozsiz, masofadan turib xizmatlar ko‘rsatilayotir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo'lib, u o'z ichigaiqtisodiy o'sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchichiziq bo'yicha ro'y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o'z ichiga yuksalish va inqirozdavrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o'zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarniolib notekis boradi.Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadiganjarayon bo'lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo'lgan iqtisodiy o'sish ko'proqtahlil qilinadi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo'lib, o'zifodasini real YalM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko'payishidatopadi.Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va birtekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish vahatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa,jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning hartomonlama taraqqiyot manzarasi hosil boMadi. Shu bilan birga iqtisodiy o'sishnafaqat miqdor, balki muayyan sifat o'zgarishlari shaklida ham namoyon boMadi.Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlab o'tganlaridek: “ Iqtisodiy rivojlanish sur’atlarihaqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko'rsatkichlariga ko‘proqe'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘sishlar iqtisodiyotimizda yuzberayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi,xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‘z bilan aytganda, amaliyhayotimizniYaxshilashga olib kelishi lozim”1. Shunday ekan,iqtisodiyo‘sishbevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloqva aholi jon boshiga hamdaiqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga
Ushbu davr mobaynida mamlakatda massiv iqtisodiy islohotlar va dinamik o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston o‘ziga xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan Forbes, The Wall Street Journal, Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy axborot vositalar e’tiborini qarata boshladi. Endilikda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar jarayoni va natijalari xalqaro media platformalar diqqat markazida bo‘lmoqda va Toshkent Markaziy Osiyoda asosiy yangilik va xabarlar beruvchi shaharga aylandi.
Shu bilan birga O‘zbek jamiyatining mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabati ancha o‘zgardi, xalqning islohotlarga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi har doimgidan ko‘ra ahamiyatli. Bundan tashqari butun mamlakatni qamrab olayotgan siyosat va jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni televideniedagi har kungi ijtimoiy muhokamalari g‘oyalar generatori bo‘lib davlatning rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Sh.Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlari iqtisodiy sohada ham boshlandi. Mamklakat Senati raisning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga ko‘ra, yuqori iqtisodiy o‘sish va O‘zbek iqtisodining o‘sib borayotgan raqobatbardoshligini ta’minlash milliy rahbariyat uchun birinchi darajali masalaga aylandi. Prezidentlikning birinchi kunlaridan boshlab Shavkat Mirziyoev davlatning investitsion iqlimini rivojlantirish va milliy iqtisodning chet el investorlari uchun yanada ko‘rkamligini ta’minlash yo‘lida siyosat olib bordi. O‘zbek hukumatining moliya, savdo, soliq va investitsiya sohalarida olib borayotgan siyosat orqali boshlab yuborgan iqtisodiy liberalizatsiyasi Jaxon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, YeTTB, OTB kabi xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ma’qullandi. Sentabr oyidagi milliy valyutaning to‘liq konvertatsiyasi shu sohada qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Iqtisodiy liberalizatsiya va jamiyat modernizatsiyasi O‘zbekistonning yangi realligiga aylandi. Ushbu islohotlarni xalqaro ekspertlar “Toshkent butun e’tiborini o‘ziga qaratgan izolyatsion holatga tushib qolgan edi, endilikda esa u qo‘shnilar va dunyo uchun ochilmoqda”, deya baholashmoqda.
Bugungi kunda O‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni tatbiq etish yo‘lida chet el konsalting kompaniyalari, investitsion banklar va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlamoqda.


  1. Download 0.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling