5A310902–“Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” mutaxassisiligi magistranti Botirov O’tkir Qo’ldosh o’g’lining
Download 0.88 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Tadqiqot natijasidan manfaatdor tomonlar
- UY – JOY MAJMUASIDA ELEKTR ENERGIYASINI NAZORAT QILISH VA HISOBLASHNING AVTOMATLASHTIRILIGAN TIZIMLARI (ENHAT) TUSHUNCHASI VA
Tadqiqot obyekti va predmeti. energiya ta’minotchilari ham o‘z obyektlarida elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT) tushunchasi va uning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish bо‘yicha meyoriy xujjatlari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT) о‘rganildi va tahlil qilindi. Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT) ni qо‘llashda jarayonlar tadqiq qilindi. Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT) tushunchasi va uning ilmiy-uslubiy asoslari tadqiq qilgan holda joriy etishning afzalliklari, о‘rni va ahamiyati tadqiq qilindi; Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT) tushunchasi va uning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish tavsiya qilindi. Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. О‘zbekiston respublikasi ishlab chiqarishda о‘lchashlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash hamda ishlab chiqarishda qulaylik, aniqlik va tezkorlik uchun amaliy yordam beradi. Tadqiq qilish usullari. elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT) tadqiqot jarayonida qiyosiy taqqoslash, statistik guruhlash, ilmiy umumlashtirish va mantiqiy fikrlash usullardan keng foydalanilgan. Tadqiqot natijasidan manfaatdor tomonlar respublikaning sanoat ishlab chiqarish korxonalari neft-gaz, kimyo, tog‘-kon sanoati ularni eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalar. Ishning sinovdan o’tishi (aprobatsiyasi). Dissertatsiyaning asosiy holatlari quyidagi jurnal va anjumanlarda ma’ruza qilindi hamda qo’llab quvvatlandi: Botirov O’.Q. “Tok transformatorlarining ikkilamchi zanjirlarini mantaj qilish va ishlatishga talablar” Fotoenergetikada nanostrukturali yarimo’tkazgich materiallari. II-Xalqaro ilmiy konferentsiya, Toshkent 19-20 noyabr 2021 yil. Botirov O’.Q. “Uy – joy majmuasida energiya sarfini hisobga olishni avtomatlashtirish” Xalqaro konferensiya. 29-30-oktabr 2022. UY – JOY MAJMUASIDA ELEKTR ENERGIYASINI NAZORAT QILISH VA HISOBLASHNING AVTOMATLASHTIRILIGAN TIZIMLARI (ENHAT) TUSHUNCHASI VA POG’ONALARI 1.1.§.Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish - energiya ishlab chiqarish samaradorligining zaruriy sharti Hozirgi kunda keng tarqalgan ENHAT tushunchasi, turlicha talqin qilinadi. Masalan, “Energiya resurslari iste’molini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi”, “Energiya resurslarini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi”, “Energiyadan foydalanishni nazorat qilish va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi” ma’nolarida ifodalandi. Keltirib o’tilgan tushunchalarning barcha o’xshashliklarida ularga mutlaqo turli “falsafiy” ma’no qo’yilgan. Chunki hisobga olish - bu ko‘proq faqat “qaydnomalarni bosmadan chiqarish” ma’nosida tushuniladi. Shu bilan bir vaqtda “boshqarish” vazifasiga hamda parametrlarni o’lchash, tizimlarning texnik yaroqlililiklarini baholash, ularning ish rejimlarini tahlil qilish va asosiysi energiya ta’minoti va energiyadan foydalanishni optimallashtirish bo’yicha yechimlarni qabul qilish va amal qilish vazifalari kiradi. Bu yerda va keyinchalik ENHAT tushunchasi “elektr energiya iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari” sifatida tushunish kerak. Shunday qilib, ENHAT - bu elektr energiya iste’molini avtomatik nazorat qilish va energiyadan foydalanish jarayonini avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini tashkil etish uchun mo’ljallangan texnik va dasturiy vositalar majmui hisoblanadi. Elektr energiya iste’molini hisobga olishning qo’llanilishi elektr energiya va quvvat sarflari haqida oshkora va tezkor axborotlarni olish imkonini beradi. Bu energiyani tejash texnologiyalarini joriy etish uchun asos hisoblanadi. Bundan tashqari, ENHAT ning mavjud bo’lishi elektr energiyaga bo’lgan to’lovning sifat jihatdan yangi shakllariga o’tish imkonini beradi. Umumiy holda ENHAT tuzilmasini quyidagi to’rtta pog’onaga ajratish mumkin (1.1 -rasm): Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling