5—sinf adabiyot 5-sinf. 1-qism adabiyot—SO`z san`ati


Download 223 Kb.
bet13/21
Sana24.12.2022
Hajmi223 Kb.
#1063404
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
5-sinf.1-2-qismlar

OTKIR HOSHIMOV(1941-2013)

  1. O‘.Hoshimovning dastlabki qissasi? «Cho‘l havosi»

  2. O`zining dastlabki “Cho`l havosi” qissasi bilan kimning nazariga tushadi? Abdulla Qahhorning

  3. Toshkentning Do‘mbirobod mahallasida tug‘ilgan. 5-sinfda o‘qib yurgan vaqtidayoq, she’r mashq qila boshlagan ijodkorni aniqlang? O.Hoshimov

  4. Dastlabki kitobi qachon nashr etiladi? Talabalik yillarida

  5. Adibning hayot yo‘liga diqqat qiladigan bo‘lsak u qaysi sohalarda faoliyat olib boradi? xat tashuvchi, musahhih, muxbir, gazetada bo‘lim mudiri, nashriyotda va jurnalda bosh muharrir. Keyingi yillarda bir necha marta xalq deputatligiga saylangan adib Oliy Majlisda qo‘mita raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

  6. Adibning hikoyalari? «Urushning so‘nggi qurboni», «Muhabbat»

  7. Adibning romanlari? «Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar»

  8. Adibning qissalari? «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «Ikki karra ikki besh», «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari»

  9. Adibning dramalari? «Qatag‘on», «Inson sadoqati», «To‘ylar muborak»

  10. «Dunyoning ishlari» asaridagi qaysi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi? «Gilam paypoq», «Oq-oydin kechalar», «Tush», «Alla», «Oltin baldoq», «O‘ris bolaning oyisi», «Iltijo»

  11. «Dunyoning ishlari» qissasini «...dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz...» deya ta`rif bergan ijodkor? Said Ahmad

  12. S.Ahmad qanaqa davlat unvonlari bilan taqdirlangan? O‘zbekiston Qahramoni

  13. “«Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam o‘lib qoladi!» degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uyiga yugurish” voqeasi qaysi hikoyada keltiriladi? Gilam paypoq

  14. Qissaning qaysi bobida “Insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to‘lab bo‘lmas qarz ekanligi” nihoyatda ta’sirchan ifodalanadi? Iltijo

  15. «Qarz» hikoyasida qissaning bosh qahramoni? Hakima aya

  16. «Qarz» hikoyasidagi Hakima aya qo‘shnilarining farzandlariga nimalar sovg`a qiladi? Tufli, uch oyoqli velosiped, ko‘ylak

  17. “Alla” hikoyasida uch-to`rt qalamkashlar tog` sayriga borib manzilga yetmasdan qorong`u tushganligi sabab qayerda tunab qolishadi? Qirg`iz o`tovida

  18. Qirg`iz ayolidan eshitgan allasini yana uch-to`rt yil o`tgach qayerda eshitadi? Kislovodskka

  19. Aka-uka Ilhaq va Is`hoq hikoyasi asarning qaysi bobida berilgan? Haqqush

  20. Qarz hikoyasidagi yeti yashar qizchaning ismi? Nilufar

  21. “Gilam paypoq” hikoyasida o`g`il Kavkaz tomonlarga borganda onasiga gilam paypoq keltirib beradi. U(gilam paypoq) yana qanday nomlar bilan yuritiladi? Jaba, Jurabi

  22. “Gilam paypoq” hikoyasida ko`p kasal bo`lishini eslab qaysi kasalliklarni boshdan kechirganini aytib o`tadi? qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak

  23. “Gilam paypoq” hikoyasida “Bolaligimda ko‘p kasal bo‘lardim: qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak... Shuning uchun oshxonadagi mixda… “oshxonadagi mixda nimalar osig`lig` turgan? ko‘k qarg‘aning patidan tortib, gultojixo‘rozgacha ilig‘liq turgan

  24. “Gilam paypoq” hikoyasida bolasini tabib xolaga etishdan oldin ona nima choralar ko`radi? tomog‘ini achchiqtosh bilan chayadi, turshak qaynatib suvini ichiradi

  25. “Gilam paypoq” hikoyasida bolasini tabib xolaga yalang oyoq ko`tarib Ikkala oyog‘i qip-qizil go‘sht bo‘lib ketgan onaga tabib qanday maslahat beradi? Qarg‘aning miyasini chaqib surtishni

  26. “Oq marmar, qora marmar” hikoyasida aytilishicha bahor qayerdan boshlanadi? Go`ristondan(qabristondan)


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling