5—sinf adabiyot 5-sinf. 1-qism adabiyot—SO`z san`ati


MUHAMMAD AMINXO`JA MUQIMIY (1850—1903)


Download 223 Kb.
bet16/21
Sana24.12.2022
Hajmi223 Kb.
#1063404
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
5-sinf.1-2-qismlar

MUHAMMAD AMINXO`JA MUQIMIY (1850—1903)

  1. Muqumiy qayerda va qanday oilada dunyoga keladi? Qo‘qon shahrida Bekvachcha mahallasida, novvoy oilasida tug‘ildi

  2. Dastlabki ta`limni qayerda oladi? mahallasidagi mulla Abduxalil maktabida

  3. Shoirning badiiy ijodga erta qiziqishida kimning ta’siri kuchli bo‘ldi? Onasi Oyshabibi

  4. Qaysi madrasalarda tahsil oladi? Qo‘qondagi «Hokim oyim»,Buxorodagi «Mehtar anbar»

  5. Muqimiy oilasining buzilishiga olib kelgan sabab? Moddiy muhtojlik

  6. Hazrat madrasasida bir hujrada tang va torlikda bekaslik va g‘ariblik chirog‘ini yoqib» muhtojlikda umr o‘tkazgan ijodkor? Muqimiy

  7. Muqimiyning hattotlik bo`yicha ustozi kim? Muhammad Yusuf

  8. Qaysi soha Muqimiyga asosiy kasb va tirikchilik manbayi bo‘lib xizmat qiladi? Xattotlik

  9. Muqimiy Qo‘qonda qaysi shoirlardan tashkil topgan yirik adabiy guruhga boshchilik qiladi? Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, G‘aribiy, Nasimiy, Mavlaviy va boshqa

  10. Muqimiy lirikaning qaysi janrlarida barakali ijod qiladi 7 ta? g‘azal, muxammas, murabba’, masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard

  11. Muqimiy qaysi janrining asoschisi? sayohatnoma janrining

  12. Bizgacha uning qanday yo‘nalishlar bo‘yicha qilgan sayohatlari taassurotlari yetib kelgan? Qo‘qondan Shohimardonga; Qo‘qondan Farg‘onaga; Qo‘qondan Isfaraga

  13. Shoir sayohatnomalari qanday satrlar bilan boshlangan? muallifning zamondan, turmushdan shikoyat satrlari bilan

  14. Qo`qondan Shohimardaonga yo`nalishida qaysi joylarga sayohat olib boradi? «O‘ltarma», «Do‘rmancha», «Bo‘rbaliq», «Oq yer», «Roshidon», «Zohidon», «Oltiariq», «Chimyon»,«Chimyon»

  15. Qo`qondan Farg`onaga yo`nalishida qaysi joylarga sayohat olib boradi? «Qudash», «Yayfan», «Nursux», «Beshariq», «Rafqon», «Konibodom»

  16. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida qaysi joylarga sayohat olib boradi? «Yakkatut», «Yayfan», «Nursux», «Rafqon», «Raboti», («Tikka Rabot»ga borish armon bo`ladi), «Isfara»,

  17. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida “O`ltarma”ga qilgan sayohatida kim yo`ldosh edi? Chitfuruch

  18. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida qaysi qishloqqa qilgan sayohatida bozor ustidan chiqadi hamda besh yuz xotinning voiz so`zini tinglayotgani guvohi bo`ladi? O`ltarma

  19. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida “O`ltarma”ga qilgan sayohatida qishloq mingboshisi qayerlik edi? Qo`shtegirmonlik

  20. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida Do`rmanchaga qilgan sayohatida qishloq bo`lisi kim edi? G`ozi

  21. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida “O`ltarma”ga qilgan sayohatida Qo`shtegirmonlik mingboshining ismi nima? Xo`ja Iso badkor

  22. Muqimiy Sayohatlaridan qaysi qishloq mingboshisi mag`rur, xasis, qasamxo`r, maxovdan xam tagjoy oluvchi xususiyatlarga ega? Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida “O`ltarma” qishloq mingboshisi

  23. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida qaysi qishloqni qaroqchizor deya ta`riflaydi? Do`rmancha

  24. Qaysi qishloq vakillarining ermaklari ko`knor edi? Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida Do`rmancha qishlog`i

  25. Qaysi qishloq vakillarining echkilari ariq(ozg`in) ekanligini, keksalari esa tariq yeyishini aytadi? Bo`rbaliq

  26. Qaysi qishloq vakillari boylarining uylari oliy(hashamatli) ekanligi, ammo kun, hafta, oylari mehmonsiz o`tishi haqida aytiladi? Oq yer

  27. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida qaysi qishloq Firdavs bog`iga tenglashtiriladi va suvlarining o`ynab oqishi haqida aytiladi? Roshidon

  28. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida qaysi qishloqqa charchab borganligi, o`choq mo`rilarining oqlanganligi mabodo choy so`rasang ishqorday achchiq damlashlari haqida aytiladi? Zohidon

  29. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida qaysi qishloqqa borayotganida selda qolib ketganligi, aytiladi? Oltiariq

  30. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida qaysi qishloq mingboshisini so`finamo, ayyor, xayru saxovat qilishdan yiroq, bir pulni ming yerdan tuguvchi gadoysifat sifatida ta`riflaydi? Oltiariq

  31. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida qaysi qishloqning bog`ini tutzor deya ta`riflaydi? Chimyon

  32. Qo`qondan Shohimardonga yo`nalishida qaysi qishloqning ko`chalarini dilkusho, ko`ngilni quvontiruvchi deya takidlaydi? Vodil

  33. Qo`qondan Farg`onaga yo`nalishida qaysi qishloqning serchashmaligi va changlari kam ekanligi aytib o`tiladi? Qudash

  34. Qo`qondan Farg`onaga yo`nalishida qaysi qishloqni xushhavo lekin odamlari yengilnamo, bir-birlari bilan bo`lar-bo`lmasga jang qilishini aytib o`tadi? Yayfan

  35. Qo`qondan Farg`onaga yo`nalishida qaysi qishloqqa kirmay o`tib ketganligi alam qiladi hamda bog`larida olma, anor o`rniga uzumzor ekanligi aytib o`tiladi? Nursux

  36. Qo`qondan Farg`onaga yo`nalishida qaysi qishloqning bog`larida tariq ekilishi, yetimning haqqi baliq go`shti ekanligi, qilgan ishlari nayrangligi, masjid so`riga lang ekanligi qayq etiladi? Nursux

  37. Qo`qondan Farg`onaga yo`nalishida qaysi qishloqni ko`rganda odamlaarning bir ko`cha ketgan soyni ko`rib hayron qolishi aytib o`tilgan? Rafqon

  38. Qo`qondan Farg`onaga yo`nalishida qaysi qishloqning dukchilaridan attorchilari, choyxo`rlaridan ko`knori va noschilari ko`p edi? Rafqon

  39. Qo`qondan Farg`onaga yo`nalishida qaysi qishloqning ayvonlarini va bozor rastalari katakday torligi, do`konda qo`shiq aytgan ayolning ovozi esa eshakning ovozidan qolishmasligi aytilgan? Rafqon

  40. Qo`qondan Farg`onaga yo`nalishida qaysi qishloq yigitlarining itlariga qo`shilib uyqu bermaganliklari aytilgan? Rafqon

  41. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida sayohatga chiqishida qaysi joy Muqimiyga torlik qilib qoladi? Ho`qand

  42. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida Isfara qishlog`idan kimlaarning ismi tilga olinadi? Hoji Zuhur, Hofiz Umar, Qahhor

  43. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida qaysi qishloqning savdogari shop mo`ylovli o`g`ri kishi ekanligi, qishloq ayollari esa qoq peshinda terlab o`ynashlari aytib o`tiladi? Yakkatut

  44. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida qaysi qishloqning bozori seshanba kuni edi? Yakkatut

  45. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida Yakkatut qishlog`ining bir dirham harajat qilsa uxlayolmaydigan mingboshisi, kim edi? Eshdavlat aka

  46. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida qaysi qishloqning tolzorlarini maqtab, ushbu tollar soyasida jononlari ko`pligi aytiladi? Yayfan

  47. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida qaysi qishloqni maqtab unaqa joy hech qayerda yo`q deb ta`kidlaydi? Nursux

  48. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida qaysi qishloqning bozor joylari tangligi, chaqqon mullalari ko`ylak kiyib xizmat ko`rsatishi aytiladi? Rafqon

  49. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida qaysi qishloqning mullalari gadoga non berishini ming yilda ham gumon deydi? Rafqon

  50. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida qaysi qishloqda odamlardan hech asar yo`qligi, sigir va eshaklarini boqishga esa o`gillari tayyor ekanligini aytadi? Raboti

  51. Raboti qishlog`ida bodomzor koniga kimni so`rab boradi? Mirza Umarni

  52. Raboti qishlog`ida Mirza Umarning ustas kim edi? Burhon

  53. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida Raboti qishlog`ining mingboshisi kim edi? Xol sarkor

  54. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida yozuvchiga qaysi qishloqni ko`rmaganligi armon edi? Tikka rabot

  55. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida Raboti qishlog`idan chiqib qaysi qishloq mayus holda yo`l oladi? Isfara

  56. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida qaysi qishloqning soylaridan suvning o`ynab kelishi, zardoli(o`rik)larining oldida qandu-asal ham bekor ekanligi aytiladi? Isfara

  57. Qo`qondan Isfaraga yo`nalishida Isfara qishlog`ining boyvachchalari kimlar edi? Hofiz Umar, Qahhor

  58. Sayohatnoma deb nimaga aytiladi? O‘zida sayohat xotiralari va ular bilan bog‘liq tafsilotlarni aks ettirgan nasriy va she’riy asarni sayohatnoma deb ataymiz

  59. Muqimiydan so`ng kimlar o`zlarining “Sayohatnoma”larini yaratdi? Zavqiy, Furqat, Tajalliy

  60. Bu davrdagi «Sayohatnoma»lar qanday shaklda yaratilgan? Ko`pincha she`riy usulda

  61. “Sayohatnoma”larining ichki tuzilishi? 1-si Kirish, ya’ni sayohatga chiqish ehtiyoji, sabablari aytiladi, 2-si Yo‘l xotiralari batafsil bayon etiladi, 3-si Sayohatlardan muayyan xulosalar chiqariladi.

  62. Kim o`zining lirik she`rlariga “Hijron” taxallusi bilan ijod qilgan? Avloniy


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling