5—sinf adabiyot 5-sinf. 1-qism adabiyot—SO`z san`ati
HIKMAT DURDONALARI: MAQOLLAR, TOPISHMOQLAR
Download 223 Kb.
|
5-sinf.1-2-qismlar
HIKMAT DURDONALARI: MAQOLLAR, TOPISHMOQLAR
Maqol va topishmoqning farqini aniqlang? J: a) maqolda-ibratli fikr aytiladi; topshmoqda esa ziyraklikka undaydi, b) maqolda hukm bo`ladi, topishmoqda esa aksincha hukm bo`lmaydi, c) maqolda ichki qofiya bo`ladi, topishmoqda ham bo`ladi. Ko`chma ma`noda qo`llanilgan maqollarni aniqlang? J: Qarg`a qarg`aning ko`zini cho`qimaydi. Olmaning tagiga olma tushadi. Qazisan, qartasan-axir aslingga tortasan. “Maqol” so`zi qaysi tildan olingan, qanday ma`noni bildiradi? J: Arabcha, so`z degani, ya`ni otalar so`zi. So`zlarning muqobilini aniqlang? J: Al-qo`l, ochun-dunyo, bitik-kitob. Maqolga xos xususiyatlarni aniqlang? J: Fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo`nda. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida qancha maqoldan foydalanilgan? J: 400 dan ortiq. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida nima tasvirlangan? * yapaloqqush va boyqushning quda-andachilik munosabatlari Maqollar qaysi xususiyatiga ko`ra topishmoqlarga o`xshaydi? * a) ichki qofiyaga egaligi; b) hajmining chegaralanmaganligi; c) yaratilish shakliga ko`ra Oltovlon ola bo`lsa, og`zidagini oldirar, To`rtovlon tugal bo`lsa tepdagini endirar. Maqolda qanday xulosa chqarish mumkin? * birlik, o`zaro ittifoqlik Oltovlon ola bo`lsa, og`zidagini oldirar, To`rtovlon tugal bo`lsa tepdagini endirar. Maqoldagi so`zlarning ma`nosini izohlang? * oltovlon – ko`pchilikni, to`rtovlon – ozchilikni, ola bo`lmoq – noahillikni, tugal bo`lmoq – ahillikni, og`zidagini oldirmoq – bor narsalarini boy bermoq, tepadagini endirmoq – qiyin, murakkab ishlarni ham osongina hal qilmoq. Maqolni davom ettiring. O`g`li borning … bor, Qizi borning … bor. * o`rni, qadri Insoniyatga tengdosh eng qadimgi san’at turi? * xalq og`zaki ijodi Og`zaki so`z san`ati qanday atamalar bilan yuritiladi? * folklor, xalq og`zaki poetik ijodi Badiiy adabiyot yaratilishiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi? * 2 ga: yozma va og`zaki Topishmoqlar qanday nomlar bilan ataladi? J: “Topmacha”, “jumboq”, “matal”, “chiston”. Qaysi atama ham janr, ham badiiy so’z san’ati turiga kiradi? J: Chiston Topishmoqlarda yashirin so’z qanday beriladi? J: Yashirin ma’no ko’pincha ma’joziy shaklda keltiriladi, narsa nomi biror–bir qush, hayvon, buyum, o’simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqni yecha olmagan kishiga qanday chora ko’riladi? J: O’sha kishi “jazolanadi”, topishmoqning javobi uchun “shahar” yoki “qishloq ” beradi. Topishmoqlarning bola tarbiyasidagi ahamiyati nimada? J: Ularni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydi, tasavvuri va tafakkurini o’stiradi, topag’on bo’lishga, hozirjavoblikka o’rgatadi Topishmoqlar qanday shakllarda bo’ladi? J: She’riy va nasriy shaklda qofiyali tarzda yaratiladi Tuzilishiga ko’ra topishmoqlarning turini ko’rsating? J: Bir va bir necha misrali topishmoqlar Mumtoz adabiyotda chistonlar qanday shakllarda yaratilgan? J: fard, bayt, qit`a, ruboiy, g`azal. Maqolni davom ettiring? Aybsiz do`st axtargan …. * do`stsiz qolar Matal atamasi qaysi xalq og`zaki janrlarga nisbatan ishlatilgan? J: topishmoq va Samarqand, Surxondaryo, Farg`onada ertak atamasiga nisbatan. Topishmoqlarning hajmi nimalar vositasida ortib boradi? J: Qochiriqlar, ramziy obrazlar, mubolag’ali so’zlar vositasida Topishmoqlarda qanday tasvir vositalari va usullaridan keng foydalaniladi? J: O’xshatish, sifatlash, mubolag’a, kichraytirish, metafora, jonlantirish kabilardan Topishmoqlar qatnashgan ertaklar necha xil bo’ladi? J: Ikki xil; topishmoqli ertak (topishmoq ertak ichida); ertak-topishmoq (asar voqealari topishmoq asosida qurilgan) Forscha so’zdan olingan bo’lib, topishmoq, jumboq ma’nosini anglatadigan so’zni toping? J: Chiston Topishmoqlar xalq og`zaki ijodining qaysi janrlari tarkibida ham uchraydi? * doston va ertak Topishmoqlar yaratilish davriga ko`ra qanday guruhlanadi? * 2 xil; zamonaviy (yangi) – kundalik turmushimizdagi o`zgarishlar, fan va texnika yutuqlari o`z ifodasini topadi; an`anaviy – xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etadi Adabiyotimiz tarixida kimlar chistonlarning go`zal naminalarini yaratganlar? * Alisher Navoiy, Uvaysiy “Ma`nolar maxzani” kitobining mualliflarini aniqlang? * SH.Shomaqsudov, SH.Shorahmedov O`zbek topishmoqlari to`plamining muallifini aniqlang? * Z.Husainova Download 223 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling