5—sinf adabiyot 5-sinf. 1-qism adabiyot—SO`z san`ati


Download 223 Kb.
bet4/21
Sana24.12.2022
Hajmi223 Kb.
#1063404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
5-sinf.1-2-qismlar

ERTAKLAR OLAMIDA

  1. Qaysi xalq og`zaki ijodi janri eng qadimiy, ommaviy turlardan biri sanaladi? * ertak

  1. “Uch og`a-ini botirlar” ertagida “podsholik—qonxo`rlik demakdir” kabi fikrni aytadi? J: kenja botir

  2. “Uch og`a-ini botirlar” ertagida “podsho degani it go`shtidan ham qaytmaydi” kabi fikrni kima aytadi? J: o`rtancha botir

  3. “Uch og`a-ini botirlar” ertagida “saralab yemoq faqirning ishi” kabi fikrni kima aytadi? J: o`rtancha botir

  4. “Boyagi-boyagi, boyxo`janing tayog`i” fikri qaysi asardan olingan va kimning tilidan aytilgan? J: eshak, “Susambil”

  5. Oddiy odamlar taqdiriga befarq, bag`ritosh podshoh obrazi qaysi asarda uchraydi? J: Oygul bilan Baxtiyor

  6. “Yo`l azobi—go`r azobi” maqoli qaysi asarda uchraydi? J: Susambil

  7. Ertak deb nimaga aytiladi? J: Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalar ertak deyiladi

  8. Ertakning viloyatlarda yana qanday atamasi uchraydi? J: Surxondaryo, Samarqand, Farg’onada – matal, Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda – ushuk, Xorazmda -- varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida cho’pchak deyiladi.

  9. Ertaklarda nimalar asosiy o’rin egallaydi? J: Xayoliy uydirmalar

  10. Ertaklarning o’ziga xos qurilishini ko’rsating. J: Kirish qismi, voqealar rivoji, tugallanma

  11. “Uch og’a-ini botirlar” ertaklarning qaysi turiga mansub? J: Maishiy ertaklar

  12. “Uch og’a-ini botirlar” ertagidagi o’g’illarning yoshi nechada edi? J: To’ng’ichi yigirma bir, o’rtanchasi o’n sakkiz yoshda, kenjasi o’n olti yoshda

  13. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida ota o’g’illari o’zidan keyin baxtsiz bo’lib qolmasin deya nimalarni amalga oshirgan edi? J: O’g’illarini o’qitadi, yaxshi ot qo’yadi, to’y qilib, voyaga yetkazadi.

  14. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida ota yana o’g’illarini uch narsa bilan tarbiya qilganini aytadi. Shular nimalar edi? J: So’g’lom vujudli qilib o’stiradi – quvvatli bo’lsin deb, yarog’ bilan tanishtiradi – yarog’ ishlatishga usta bo’lishadi, qo’rqitmay o’stiradi – qo’rqoq bo’lmay, botir bo’lishadi

  15. Ota o’g’illariga aytgan so’nggi uchta nasihat nima edi? J: “To’g’ri bo’ling – bexavotir bo’lasiz. Maqtanchoq bo’lmang – xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo’lmaysiz”.

  16. Ota qaysi toylarni tayyorlab, xurjunlarni necha kunlik ovqat bilan to’lg’izadi? J: Qora toyni, saman toyni, ko’k toyni; bir haftalik ovqat bilan

  17. “Dunyoni tanimay dunyo kishisi bo’lmaysiz…” Ushbu fikr “Uch og’a-ini botirlar “ ertagidagi qaysi qahramonga tegishli? J: O’g’illarning otasiga

  18. “Uch og’a-ini botirlar” ertagidagi podshohning asli kasbi kim edi? J: Novvoy

  19. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida podshohning o’z qizini berishi taklifiga qaysi botir quyidagicha javob qaytaradi? “ …Bizlar podshoh bolasi emasmiz. Otamiz boy ham emas. Sizning davlatingiz podshohlik bilan topilgan, biz qo’l kuchi bilan tarbiya topganmiz. Elimiz bir bo’lsa ham, tarbiyamiz boshqa…” J: To’ng’ich botir

  20. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida podshoh Kenja botirdan nega uni o’ldirmoqchi ekanligini so’raganida yigit qanday javob beradi? J: hikoya so`zlab beradi

  21. “Uch og’a-ini botirlar” ertagidgi hikoyada keltilishicha, to’ti asli qayerlik edi? J: Hindistonlik

  22. “ Va’da bergan podshohingda insof bo’lsa, seni uch yil qamoqda saqlab, faqat ikki haftaga javob berarmidi? Seni sevar ekan, seviklisini qamoqda tutmoq yarashadimi? Dunyoga qafasda turmoq uchun keldingmi? Bir kishining xushvaqtligi uchun erkinlikni qo’ldan berma!” Ushbu fikr qaysi asardan va kimning nutqidan? J: “Uch og’a-ini botirlar” ertagidagi hikoyadan, bir to’ti nutqidan

  23. Ertaklar mavzusiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? J: 4 ga: hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklar

  24. Hayvonlar haqidagi ertaklarning o’ziga xos xususiyati nimada? J: Ulardagi asosiy mazmun majoziy tarzda tasvirlanadi , asar qahramonlari hayvonlar bo’lsa-da, voqealar odamlar turmushi kabi kechadi

  25. “Susambil”da xalqimizning qanday orzulari aks etgan? J: Xalqimizning adolat va farovonlik hukm suradigan zamonlar haqidagi umidlari

  26. Saralab yemoq faqirning ishi. Ushbu fikr qaysi asardan olingan, kimga tegishli? * “Uch og`a-ini botirlar” ertagidan, O`rtancha botir

  27. Podshoh degani it go`shtidan ham qaytmaydi. Ushbu fikr qaysi asardan olingan, kimga tegishli? * “Uch og`a-ini botirlar” ertagidan, O`rtancha botir

  28. Podshohlik – qonxo`rlik demakdir. Ushbu fikr qaysi asardan olingan, kimga tegishli? * “Uch og`a-ini botirlar” ertagidan, Kenja botir

  29. “Uch og`a-ini botirlar” ertagida uch kunlik yo`lda botirlarning ko`rgan-kechirganlarini podshohga aytish fikri kimdan chiqadi? * Kenja botirdan

  30. Ikkita xiyonatkor vazir obrazi qaysi asarda uchraydi? * “Uch og`a-ini botirlar” ertagida

  31. Kenja botir nima sababdan zindonga tushdi? * vazirning gijgijlashi sababli

  32. To`ti nima uchun qatl etildi? * vazirning qilgan xiyonati tufayli

  33. Podshohning bog`iga o`g`rilikka tushgan o`g`rini bog`bon nima bilan o`ldiradi? * shashpar to`qmoq bilan

  34. “Susambil” ertagida hayvonlar Susambilga kelib qolishganini qanday bilishadi? * mayin havosidan

  35. “Susambil” ertagida eshak suv va o`t o`rniga nima yer edi? * sharbat va qora mayiz

  36. “Susambil” ertagida eshak nima sababdan uyidan chiqib ketadi? * xo`jayiini kaltaklagani sababli

  37. “Susambil” ertagida eshak Susambil haqida kimdan eshitgan edi? * onasidan

  38. “Susambil” ertagida uyidan chiqib ketgan hayvonlarning eshakka yo`ldosh bo`lib borish tartibini aniqlang? * eshak-xo`roz-ho`kiz-kalamushlar-arilar

  39. “Susambil” ertagida xo`rozni qo`shnisi nima bilan urib haydaydi? * otashkurak

  40. “Susambil” ertagida ho`kiz nima sababdan uydan chiqib ketadi? * tush ko`rayotib bilmasdan xo`jayinni suzib yuboradi, natijada xo`jayini uni kaltaklaydi

  41. “Susambil” ertagida bo`rilar podshohi eshak va ho`kizni qanday nomlaydi? * barra kabob

  42. Ertak aytuvchilarni qanday nomlashgan? * ertakchi, matalchi

  43. “Yo`l azobi – go`r azobi” maqoli qaysi asarda uchraydi? * “Susambil” ertagida

  44. “Susambil” ertagida bo`rilarni kelayotganini ko`rgan qaysi hayvon qochmaslik fikrini aytadi? * eshak

  45. “Susambil” ertagida bo`rilarning kelayotganini birinchi bo`lib qaysi hayvon ko`radi? * ho`kiz

  46. “Susambil” ertagida bu yerga boshqa hayvonlarning kelib qolganini birinchi bo`lib qaysi bo`ri payqaydi? * podshohi

  47. “Susambil” ertagida bo`rilar qaysi hayvonni oldin ko`radi? * eshak va ho`kizni

  48. “Susambil” ertagida hayvonlarni ko`rgan paytda bo`rilar qayerda edishdi? * bo`rilar podshohining bazmida

  49. “Susambil” ertagida yetti raqami bilan bog`liq bo`lgan voqealarni aniqlang? * ho`kiz bo`rini suzganda yetti dumalaydi; kalamushlar “bo`rilarga” 7 tadan go`r qaziydi; bo`rilar 7 tog` nariga qochib ketishadi

  50. “Susambil” ertagidagi hayvonlarga bo`rilar tomondan berilgan nomlarni aniqlang? * ho`kiz – munkarnakir, eshak – eshon; xo`roz – so`fi; kalamushlar – go`rkov; arilar – azroil;


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling