Poya va barglardagi dog‘lar sporalardagi pigmentlarga bog‘liq
Poya va barglardagi dog‘lar sporalardagi pigmentlarga bog‘liq
bo‘lib, temirdagi zang dog‘ga o‘xshab ketadi. Shuning uchun uni
zang zamburug‘i deb yuritiladi. Zararlangan o‘simlik boshoq hosil
qilmaydi yoki donlari puch bo‘lib qoladi. Parazit zamburug‘lar bilan kurashish ham ancha qiyin, chunki ularning yengil sporalari
shamol yordamida tarqalib katta maydonlarni zararlaydi. Zang
zamburug‘lariga qarshi kurashda eng qulay usul — ushbu zamburug‘larga chidamli yangi bug‘doy navlarini yaratish hisoblanadi.
Vertisill. Oq palak — ushbu zamburug‘ turli o‘simliklarning
Vertisill. Oq palak — ushbu zamburug‘ turli o‘simliklarning
o‘tkazuvchi to‘qimalarida parazit holda hayot kechiradi. Zamburug‘
o‘simliklarni o‘ziga xos “vilt” deb atalgan so‘lish kasalligiga chalintiradi. Kasallikning asosiy belgisi, barg hujayralarida taranglik
holatini yo‘qotishi bo‘lib, ularda dastlab sarg‘ish-jigarrang, so‘ngra
qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, bu uning barglarini erta to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Vilt bilan zararlangan o‘simlik ko‘pincha nobud
bo‘ladi yoki biror organi so‘lib chiriydi. Kasallikka qarshi kurash
choralari xo‘jaliklarda almashlab ekishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, viltga chidamli yangi g‘o‘za navlarini yaratish va boshqalardir.
Zamburug‘larning ahamiyati. Ular tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega bo‘lib, moddalar aylanishida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o‘simlik
Zamburug‘larning ahamiyati. Ular tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega bo‘lib, moddalar aylanishida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o‘simlik
qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zamburug‘lar ishtirokida boradi.
Mikoriza — yuksak o‘simliklar ildizi bilan zamburug‘larning
simbioz hayot kechirishidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |